Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QUMQO‘RG‘ON TUMANI ETNOTOPONIMLARI
QUMQO‘RG‘ON TUMANI ETNOTOPONIMLARI · Qulto‘rayeva Sarvinoz Bahodir qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan etnotoponimlar tahlil qilingan. Toponimlarning, xususan, etnotoponimlarning xalq tarixini o‘rganishdagi muhim o‘rni haqida to‘xtalinib, fikr va mulohazalar bildirilgan. Bir nechta etnotoponimlar etimologiyasi keltirilgan. Kalit so‘zlar: onomastika, toponimika, etnotoponim, Do‘rmontepa, Qo‘ng‘irot, qoraqasmoq, Qorabura, Qiyg‘ochli, Achamayli, Ko‘rto‘g‘ay, Jaloyir. Biz mustaqillikka erishgach, o‘tmishimizga nazar tashlash baxtiga muyassar bo‘ldik. Erkin xalqgina uzoq o‘tmishini, ibratli tarixini o‘rganish va kelasi avlodlarning ma’naviy mulkiga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qumqo‘rg‘on tumani hududida ko‘plab obyektlarning nomi urug‘ va urug‘ guruhlari asosida paydo bo‘ladi. Qadimiy madaniyatga, tarixiy o‘tmishiga, an’analar, udumlar, urf-odatlar, joy nomlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish faqatgina ziyolilar orasidagina emas, balki o‘quvchilar, talabalar, ishchi-xizmatchilar, dehqonlar orasida ham uchraydi1. Bu borada joy nomlarini o‘rganish mavzusi e’tiborlidir. Ma’lumki, tilshunoslikning joy nomlarini o‘rganuvchi maxsus sohasi toponimikadir. O‘zbek onomastikasining tarkibiy qismi bo‘lgan mazkur soha keyingi yillarda tilshunoslik fanining alohida sohasi sifatida yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Ushbu sohaning o‘z tadqiqotchilari yetishib chiqdi. Toponimikaning nazariy masalalariga, geografik obyektlar nomlarini hududiy va etimologik jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlangan tarix, lingvistika, etimologiya kabi sohalarda monografik tadqiqotlar, doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi va davom etmoqda2. Bizning mazkur maqoladagi tahlillarimiz ham shu sohadagi kichik izlanish bo‘lib, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan etnotoponimlar tahliliga bag‘ishlanadi. Ma’lumki, o‘zbek millati uzoq va murakkab tarixiy jarayonlarda turli xalqlarga mansub bo‘lgan qabila va urug‘larning o‘zaro aralashib, qo‘shilib ketishi natijasida shakllangan. O‘zbek xalqining millat bo‘lib birlashishida bir qancha etnik guruhlarning o‘z o‘rni bor. O‘z o‘rnida bu guruhlarning nomlari, ularning madaniyati va tili xalqimiz o‘tmishini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu etnik guruhlar va shu asosda yuzaga kelgan joy nomlarini tadqiq 1 Турабов А.М. Самарқанд вилояти этноним ва этноойконимларининг таҳлили. Фил.фан.номз.дисс. – Тошкент, 1999. – B:13. 2 Турсунов С. Сурхондарё вилояти топонимлари. Т., 2008. Турсунов С. Қобилов Э. Пардаев Т. Муртозаев Б. Сурхондарё тарихи. Т., 2001. Сафаров Ш. Умаров И. Айрим топонимлар тарихи. Қарши. 2005. Дўсимов З, Эгамов Х. Жой номларининг қисқача изоҳли луғати. – Т: Ўқитувчи, 1977. Эназаров Т. “Топонимларнинг этимологик таҳлилида обеъктивлик муаммоси” (Термиз топоними мисолида) // Тилшуносликнинг долзарб масалалари ва нутқ маданияти муаммолари (Республика Конференцияси материлллари ) . Термиз, 2004. 92 qilish bilan etnotoponimika shug‘ullanadi. Quyida Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan bir nechta etnotoponimlarni tahli qilamiz. Do‘rmontepа – Qumqo‘rg‘on tumanidagi tepa, qo‘rg‘on. Do‘rmon – qadimgi turkiy qabila nomi. “Mo‘g‘ullarning yashirin tarixi” da yozilishicha, do‘rmon urug‘ining asoschisi Duva Soxor bo‘lib, to‘rtta o‘g‘li bo‘lgan. Аna shu to‘rt o‘g‘ildan do‘rmon (mo‘g‘ulcha durbed: dur – “to‘rt”, bed (bod, bodun) – “odam, urug‘, qabila”) urug‘i tashkil topgan. Lubsan Danzanning “Аltin tobchi” asarida Duva Soxor o‘g‘illarining ismi keltiriladi. Bular: Donoy, Dokshin, Emneg va Erkegdir. Do‘rmon – “to‘rt kishi”, “to‘rt odamning urug‘i” dir. Qo‘ng‘irot – Qumqo‘rg‘on tumanidagi qishloq nomi. Qo‘ng‘irot – etnonim. O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq xalqlari tarkibidagi qabila. Mo‘g‘ulcha xongirat. Qo‘ng‘ir so‘zining rang bildiruvchi “qo‘ng‘ir” so‘ziga aloqasi yo‘q. Qo‘ng‘ir mo‘g‘ulcha xun kerey (“qora qarg‘a”, “qarg‘a kishi”) so‘zlaridan tashkil topgan. So‘z oxiridagi -t affiksi kishilar jamligini, jamoani bildirgan: xun+kerey+t>xunkereyt>xunkirat>qo‘ngirat>qo‘ng‘irat. Kerey/qarg‘a – qadimgi turkiy va mo‘g ‘ul xalqlarida totem, muqaddas jonzot sanalgan. Shu tariqa urug‘, qabila nomi yuzaga kelgan. Qorаqаsmoq – Qoraqasmoq – etnonim. Qashqa-Surxon qo‘ng‘irotlari voxtamg‘ali bo‘limidagi 16 urug‘ning biri – qrag‘asmoq – qoraqasmoq. Аholining urug‘iga nisbat etilib qishloq nom olgan. Qorаburа – Qumqo‘rg‘on tumanidagi qishloq nomi. Qorabura – urug‘ nomi, Surxondaryo qo‘ng‘irotlari qanjig‘ali bo‘limining urug‘i. Qadimgi turkiy tilda bug‘ra – erkak tuya. Bug‘raxon – XI asr turk hoqonlaridan biri. Bug‘ra Qarahaqan – Xoqoniya shoxlaridan birining ismi. Bug‘ra~buvra~bura – totem, muqaddas sanalgan hayvon. Totem urug‘ nomiga, urug‘ nomi esa oykonimga aylangan. Etnonimiyada qora – ulug‘, buyuk; qudratli; kuchli; katta. Qiyg‘ochli – Qumqo‘rg‘onidagi qadimiy qishloq nomi. Qiyg‘ochli – urug‘ nomi. Qo‘ng‘irotlarning vaxtamg‘ali bo‘limi tarkibidagi 16 urug‘ning biri. Baʼzi qipchoq shevalarida qaldirg‘ochning bir turi – qiyg‘och. Urug‘ nomiga totem – sig‘iniladigan parranda asos bo‘lgan. Urug‘iga qarab qishloq noml
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan etnotoponimlar tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan etnotoponimlar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- toponimika, Jaloyir., onomastika, etnotoponim, Do‘rmontepa, Qo‘ng‘irot, Ko‘rto‘g‘ay, Achamayli, qoraqasmoq, Qorabura, Qiyg‘ochli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025