К содержанию
РецензированоRU2026

Новые заводские типы и их правовая охрана в каракулеводстве

FRAZEOLOGIZMLARNING PRAGMATIK TAHLILI · Qurbonova Aziza · Sharof Rashidov nomidagi

Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности · 2026

Аннотация

This article comprehensively studies the history, origin, and linguistic significance of somatic phraseologisms in the Uzbek and Kyrgyz languages, and analyzes the phraseological units present in the two sister languages from a pragmatic perspective. Kalit so‘zlar: somatik frazeologizmlar, o‘zbek tili, qirg‘iz tili, tilshunoslik, pragmatik tahlil. Ключевые слова: соматические фразеологизмы, узбекский язык, кыргызский язык, лингвистика, прагматический анализ. Keywords: somatic phraseologisms, Uzbek language, Kyrgyz language, linguistics, pragmatic analysis. Til jamiyat hayotining ajralmas qismi, millatlar va elatlarning madaniy, ma’naviy aloqa almashinuvi vositasi hamdir. Til unda so‘zlashuvchilarning tarixiy ko‘zgusi, ajdodlardan avlodlarga ilmiy va adabiy boyliklarni yetkazib beruvchi muhim axborot vositasidir. Til zamonlar osha o‘zgaradi, sayqallanadi, yangi ma’lumot va o‘zga, qardosh tillardan so‘z o‘zlashishi natijasida boyib boradi. “Biz davlat tili taraqqiyotini jahondagi yetakchi xorijiy tillar va mamlakatimizdagi turli millat vakillarining tili va madaniyatini rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Bugungi kunda yurtimizda ta’lim 7 tilda olib borilmoqda. Respublikamizdagi mavjud 1453 ta ommaviy axborot 194 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference vositasi hamda yuzlab veb-saytlar orqali qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, koreys, turk, arab, ingliz, nemis va boshqa tillarda ham materiallar e’lon qilinmoqda. Biz O‘zbekistonni tenglik, do‘stlik va bag‘rikenglik diyoriga aylantirish maqsadida turli millatga mansub fuqarolarimizning til sohasidagi huquqlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz”, — deya ta’kidlaydi muhtaram Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich o‘zining nutqida.1 Har bir millat o‘z tilini mukammal darajada bilishi, uni tadqiq qilishi ayniqsa, qardosh tillar bilan qiyoslab tahlil qilishi muhimdir. Qardosh tillar hisoblangan, tarixiy ildizi bir oilaga mansub bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari grammatik, fonetik jihatdan farq qilsada, leksik jihatdan o‘zaro yaqin hisoblanadi. Ikki tilda ham affiksatsiya usuli orqali so‘z yasash keng tarqalgan. So‘z boyligining ildizi turkiy tillarga borib taqaladi. Frazeologiya – (yunoncha phrasis – ibora, logos – tushuncha, taʼlimot) tilshunoslikning frazeologik birliklarni o‘rganuvchi bo‘limi. Frazeologizmlarning tushunchasi berilganda bir xil olimlar barcha differentsial belgilarni berishga harakat qiladilar, boshqalar esa ushbu meʼzonlardan bir xilini oldinga surib, unga urg‘u bermoqdalar. Frazeologizm deganda frazeologik birlik tushuniladi.2 Tillardagi somatik frazeologizmlar til birligi sifatida nutqni ixchamlashtirish, rang-barangligini oshirish bilan bir qatorda o‘sha millatning madaniyati, ma’naviyati, etnik kelib chiqishi, o‘y-kechinmalarini, ruhiyati, mentaliteti va dunyoqarashini o‘zida aks ettiradi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib ushbu maqolada ildizi bir oilaga borib taqaluvchi ikki qardosh tillar bo‘lmish o‘zbek va qirg‘iz tillarida mavjud somatik frazeologizmlarning tahlilini ko‘rib chiqamiz. Ikki qardosh til ham somatik frazeologik birliklarga boy bo‘lib, somatik iboralar til sathida keng tarqalgan. Somatik iboralar inson tana a’zolari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar bo‘lib, somatik frazeologizmlarda bosh, ko‘z, yurak, qo‘l va oyoq komponentli iboralar boshqalariga nisbatan ko‘proq uchraydi. O‘zbek va qirg‘iz tillarida ham somatik iboralarning barchasi ko‘chma ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. 1 https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/uzbek-language/ 2 Хожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси 1985. – Б. 125. 195 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘zbek tilidagi boralar Iboralarning ma’nosi Ko‘zi ochildi Biror narsani tushundi, anglab yetdi Yuragi orqaga tortdi Hurmat ko‘rsatdi yoki bo‘ysundi Boshini egdi Hurmat ko‘rsatdi yoki bo‘ysundi O‘ta hayajonlandi, hayratdan so‘z Tili kalimaga kelmadi topolmadi Qo‘li ochiq Saxiy, mehribon Qirg‘iz tilidagi iboralar Iboralarning ma’nosi Көзү ачылды Бир нерсени түшүнүп калды Жүрөгү түшүп калды Коркуп кетти Башын ийди Таазим кылды, баш ийди Тилсиз калды, айтчу сөз таппай Тили байланды калды Колу ачык Колу ачык, берешен киши O‘zbek va qirg‘iz tillarida mavjud somatik iboralarni ma’nosi jihatidan o‘zaro qiyoslaymiz. O‘zbekcha ibora Qirg‘izcha muqobili Ma’nosi Ko‘zi ochildi Көзү ачылды Tushundi, angladi Yuragi tushib ketdi Жүрөгү түшүп Qo‘rqdi калды Boshini egdi Башын ийди Hurmat ko‘rsatdi, bo‘ysundi Tili kalimaga kelmadi Тили байланды Hayajon yoki qo‘rquvdan so‘z topolmadi Qo‘li ochiq Колу ачык Saxiy, yordam berishga tayyor Somatik frazeologik birliklar xalqning ruhiyati, hissiy kechinmalarini o‘zida ifodalashi hamda ikki tilning tarixiy ildizi bir oilaga borib taqalishi tufayli semantik jihatdan o‘zaro o‘xshash. Leksik shakli va fonetik jihatdan esa farqli jihatlarini kuzatish mumkin. 196 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN S

Доказательный фрагмент

«This article comprehensively studies the history, origin, and linguistic significance of somatic phraseologisms in the Uzbek and Kyrgyz languages, and analyzes the phraseological units present in the two sister langua…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article comprehensively studies the history, origin, and linguistic significance of somatic phraseologisms in the Uzbek and Kyrgyz languages, and analyzes the phraseological units present in the two sister langua… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
somatic phraseologisms, Uzbek language, Kyrgyz language, селекционные достижения, фойдаланиш, protection, patent, practical use, использование, қоракўл мўйнаси, селекция ютуқлари, патенты, каракуль, ҳимоя, selection, охрана, karakul, патентлар
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники