К содержанию
РецензированоUZ2023

MINTAQADA TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR

OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR · Nargiza Eshqobilova

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari hamda istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hamda yuklarni tashishda yuzaga keladigan, ortib-tushurish, hujjatlarni rasmiylashtirish, eng qulay va mos harakatlanish yo’nalishini tanlash, yuk turiga asosan mos transport turini aniqlab olish zarurati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: transport-logistika, yuklar, samaradorlik, ortib-tushurish, samaradorlik, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, mintaqa. O‘zbekiston dunyodagi rivojlanaytogan davlatlar kabi yer yuzida sodir bo’layotgan turli ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarda sezilarli darajada ishtirok etayotganligi transport-logistika xizmatlarida ham qator o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Aynan tashqi savdo munosabatlari, chegaradosh davlatlar bilan aloqalarning mustahkamlanishi, tranzit yo’llardagi yangi yo‘nalishlarning ochilishi, bojxona tizimidagi yengilliklar, dunyo okeaniga chiqish yo‘lidagi sa’y-harakatlari sohaga oid ma’muriy va iqtisodiy bazaning yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Jumladan, 765 kilometr uzunlikdagi “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li va 2023- yil 14-sentyabrda imzolangan 454 kilometrlik “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li qurilish loyihalari xalqaro yuk tashish sohasida istiqbolli rejalar qilayotganligining ko‘rsatadi. Mahalliy, mintaqaviy hamda xalqaro yuk tashuvlar uchun kerakli infratuzilma yaratish, imtiyozlarning berilishi va boshqa davlatlar bilan shartnoma va bitimlar tuzib transport- logistikaning rivojlanishiga e’tibor qaratib bormoqda. Endi asosiy e’tibor mazkur sohaning samardorligi, unga ta’sir etuvchi omillar va soha samaradorligini oshirishdagi muammolarni hal qilishga qaratish lozim. O‘zbekistonda transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llarining nazariy-uslubiy masalalari R.G. Samatov[8], Yusufxonov[9], D.T. Axmedov[10] kabi tadqiqotchilarning ishlari transport-logistika obyektlari va ularni boshqarish bo‘yicha fikr va tavsiyalar berilgan. Yuqorida keltirilgan olimlarning ilmiy izlanishlarida transport-logistik tizimi samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari chuqur tadqiq etilmagan. O‘zbekistonda transport-logistika markazlari faoliyati va ular samaradorligini oshirish yo‘llari yetarlicha o‘rganilmagan. Shuningdek, transport-logistika tizimi samaradorligi va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri masalalarini tizimli va majmuali tadqiq qilish zarurati mavjud. Tadqiqot jarayonida mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari qiyosiy fikrlash, induksiya va deduksiya hamda abstraksiya usullaridan keng foydalanilgan Mavjud imkoniyatlarga qaramay sohada qator kamchiliklar mavjud. Bu kamchiliklarni aniqlash maqsadida transport logistika xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda 97 ta respondent qatnashib, ulardan 22 tasi logistik markazlar qolganlari turli 135 mulkchilik shaklidagi korxonalar. So‘rovnomada qatnashgan logistik markaz va yuk tashuvchilarning 43,8% davlat mulki, 37,5 % xususiy va 18,8% aralash mulkchilik shakliga ega. Asosan 5 yildan ko‘p vaqt faoliyat yuritayotgan korxonalar qatnashgan. Ishlaydigan xodimlar soni 1-15 tani tashkil qiladiganlari 81,3% ni tashkil qiladi. Ko‘p sonli ishchi kuchi talab etmaydigan xizmat turi. Korxonaar asosan 3 PL provayderlari hisoblanadi. 5PLning ulushi juda kam. 19,9 % respondent qaysi prvayderga mansubligini , bu haqida ma’lumotga ega emasligi tufayli belgilamagan. Ishtirokchilarning 81 % mamlakatda korxonalar va hududlarni transport logistik samaradorligini aniqlovchi ko‘rsatkich zarur deb javob bergan. Bu bizning yondashuvimizning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Milliy katalog tuzilishini ham 62,5 % qo‘llab quvvatlagan. Sohadagi kadrlar talabga qisman javob berishi, ta’limda bu sohaga yanada e’tibor qaratish zarurligini bildiradi. Yashil iqtisodiyotga o‘tishda asosan davlat ko‘magini ma’qullagan. Soliqlar borasida imtiyozlar berilishini xohlovchilarning ko‘pligiga sabab, ularning 46,7 % faoliyatidagi asosiy xarajatlar soliqlar ekanini aytgan. So‘rovnoma natijasiga ko‘ra aniqlangan muammolar quyidagilar. 1. Samaradorlikni aniqlashda xususiy ko‘rsatkichlar tizimi shakllanmagan. 2. Raqamlashtirish va avtomatizatsiya darajasi past 3. Investitsiyani jalb qilish darajasi past 4. Yo‘l infratuzilmasining to‘liq mamlakat bo‘ylab talab darjasida emasligi. 5. Rasmiylashtirish jarayonlari uzoq vaqt oladi. Masalan, DOZVOL ruxsatnomasini olish aynan Vazirlik tomonidan inson ishtirokida beriladi, raqamlashtirilmagan. 6. Bojxonadan o‘tish vaqti uzoq. 7. Raqobat darajasi past 8. Transport vositalari harakatlanish muddati va hududi bilan bog‘liq cheklovlar. 9. Subyektlarni qo‘llab-quvvatlovchi markaz faoligining pastligi. Bu muammolarning qay darajada asosli ekanligini bilish uchun ularga to‘xtalib o‘tamiz. Jumladan bojxonadan o‘tis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari hamda istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexani…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari hamda istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexani… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transport-logistika, yuklar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, ortib-tushurish, samaradorlik, mintaqa.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники