Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INTERNETDAN FOYDALANISH HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQIY ASOSLARI
Qudratillayev Jaxongir Zokirjon o‘g‘li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqola internetdan foydalanish huquqining konstitutsiyaviy huquqiy asoslarining huquqiy tahliliga bag‘ishlangan. Zamonaviy dunyoda Internetning tutgan o‘rni va Internetga kirish erkinligi turli davlatlarda ta’minlanish darajasi o‘zaro taqqoslanib tahlil qilingan. Internetga kirish erkinligi alohida shaxsiy huquq sifatida konstitutsiya darajasida yoki qonun darajasida tartibga solinishi kerakligini o‘zaro xos tomonlari o‘rganib chiqilgan. Internet bilan bo‘g‘liq munosabatlarni tartibga solishni zamonnning o‘zi talab qilayotgani va keyingi aksariyat ijtimoiy munosabatlar aynan Internetda bo‘lishi asoslab tushuntirib berilgan. Bundan tashqari Internet erkinligi nima ekanligi va Internetga erkin kirish huquqi olimlar fikri asosida tahlil qilinib tushuntirilgan. Ya’ni har kimning Internet jahon axborot tarmog‘iga kirishi va undan cheklovlarsiz foydalanishi uchun davlat tomonidan qanday shart- sharoitlar yaratilishi asoslantirib o‘tilgan. Zamonaviy dunyoni noyob kommunikativlik va axborot olish imkoniyatlariga ega bo‘lgan internetsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu yil butun dunyo bo‘ylab Internet foydalanuvchilari soni 5 milliardga yaqinlashdi. Shu bilan birga, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar yoki sanoatlashgan va qishloq hududlari o‘rtasida sezilarli “raqamli” tafovut mavjud. Internetga kirish universal telekommunikatsiya xizmati bo‘lib, uni ta‘minlash majburiyati davlat tomonidan amalga oshiriladi. Internetdan foydalanish fuqarolarga ijtimoiy hayotda ishtirok etish va o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirish imkonini beradi. Internetga kirishni cheklash bunday imkoniyatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. “Haqiqiy” dunyoda inson huquqlarining “raqamli aksi” mavjud bo‘lib, u “virtual dunyo” orqali amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqadiki, insonning “onlayn” huquqlari va erkinliklari hech bo‘lmaganda “oflayn”dagi huquqlari va erkinliklari amalga oshirish imkoniyati darajasida bo‘lishi lozim. Muammo shundaki, inson huquqlari sohasidagi fundamental xalqaro huquqiy hujjatlar va ularda etirof etilgan huquq va erkinliklar mazkur huquq va erkinliklardan onlayn foydalanish imkoniyati paydo bo‘lishidan ancha oldin qabul qilingan. Internetga kirish huquqi inson huquqlarining yangi “raqamli” avlodi sifatida qaralishi mumkin. Bu xalqaro huquqshunoslar, ham nazariyotchilar, ham amaliyotchilar tomonidan o‘z maqolalarida etirof etilgan. Internet bu – hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop axborot izlash, olish va tarqatish vositasi hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga mavhum bo‘lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot beruvchi axborot manbaidir. Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu manbaga bo‘lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. 152 XXI asrda axborotni izlash, olish va tarqatish manbalari orasida Internet jahon axborot tarmog‘i(www)ning davri kelgani, uning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotganini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 5 milliarddan oshiqroq internet foydalanuvchilari mavjud bo‘lib, dunyo aholisini 63% tashkil qiladi. Bu raqamlar nafaqat yildan-yilga balki, kundan- kunga ortib bormoqda. Sababi internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlangan hududlar sarhadi kengaymoqda. Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanmayotgan shaxslarning aksariyat qismi ham internet bilan ta’minlanmagan hududlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Birgina “Google” qidiruv tizimi statistikasini ko‘rib chiqsak. “Google” kompaniyasi Internet jahon axborot tarmog‘ida yetakchi qidiruv tizimi hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab tarmoq foydalanuvchilarning o‘ntadan yettitasi u yoki bu ma‘lumotlarni topish ilinjida aynan mana shu saytga murojaat qilishadi. Tizim har kuni 3.9 milliard, har soatda 228 million, har minutda 3.8 millonga yaqin so‘rovlarni qabul qiladi. Butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida keng ommalashgan mazkur qidiruv tizimi 1998 - yil sentabrda ishga tushgan. Yuqoridagi faktlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi rivojlanayotgan dunyoda va globallashuv sharoitida axborotni izlash, olish va uni tarqatishning asosiy vositasi Internet jahon axborot tarmog‘i hisoblanadi va buni inkor etib bo‘lmaydi. Internet jahon axborot tarmog‘i nafaqat axborotni izlash, olish va uni tarqatish vositasi, balki axborotni izlash, olish va uni tarqatish natijasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar maydoni ham hisoblanadi. Internet jahon axborot tarmog‘i foydalanuvchilari dunyo aholisini 63% ni tashkil etar ekan, demak asosiy ijtimoiy munosabatlar vujudga keladigan maydon ham internet hisoblanadi. Chunki shaxslar bevosita internet orqali ijtimoiy aloqaga kirishmoqdalar. Demak bugungi kunning o‘zi oldimizga yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ya’ni keyingi yillarda asosiy ijtimoiy munosabatlar vujudga keladigan maydon – internet bilan bog‘liq asosiy huquq, erkinlik va majburiyatlarni hozirdan tartibga solish lozim. Bunda asosiy e’tibor kelajak maqsad, rivojlanishni ko‘zlash prinsipiga qaratilishi kerak. Internetdan foydalanish huquqi va Inte
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola internetdan foydalanish huquqining konstitutsiyaviy huquqiy asoslarining huquqiy tahliliga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola internetdan foydalanish huquqining konstitutsiyaviy huquqiy asoslarining huquqiy tahliliga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- internet jahon, jahon axborot, axborot tarmog, izlash olish, internetga kirish, ijtimoiy munosabatlar, axborotni izlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025