К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA HIKOYA JANRI USTIDA ISHLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

XOS XUSUSIYATLARI · Ergasheva Shoxida Nurmuxammadovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

This article discusses the role of reading classes in primary school literary education, the specific features of teaching the story genre in reading classes, and the aspects that should be paid attention to when introducing children to stories. is conducted. Key words: story, plot, portrait, events, questions, analysis, content of the story. Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limi o‘qish darslarida badiiy asarlar janriy xususiyatlariga ko‘ra o‘rganish ilmiy-nazariy jihatdan bo‘lmasa-da, amaliy tomondan turli asarlar misolida amalga oshiriladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan o‘qish darslari yuqori sinflarda o‘tiladigan adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘qish darslarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuni, o‘quvchilarni to‘g‘ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o‘qishga o‘rganishi, bolaning ona Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g‘oyalarini ular ongiga singdirilishi kabi bilimlarini boyitish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. O‘qish darslarini Davlat standarti talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog‘lab o‘tilishi uning ta’sirchanligi hamda ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. Unda o‘qish va nutq o‘stirishning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish mazmunini o‘qish ko‘nikmalarining og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan. O‘qish savodxonligi darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o‘qish malakalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lsin. Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni ham reja asosida olib borish va unda badiiy asarlar tahlilini qilish ham ko‘p foyda beradi. Hozirda bolalar uchun qiziq bo‘lgan rasmli, qiziqarli kitoblar nashr etilmoqda, o‘qituvchi bola yoshidan kelib chiqib uyda qo‘shimcha o‘qish uchun topshiriqlar berishi ham katta samara beradi. 158 Hikoya janri ham boshlang‘ich adabiy ta’limda ta’sir jihatidan alohida o‘ringa ega janr hisoblanadi. Ayniqsa, kichik hajmli hikoyalarning berilishi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlarini umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoya – bu to‘liq ma’noli va hikoya xarakteriga ega bo‘lgan kichik nasriy asar. Hikoya qandaydir voqeani qisqa vaqt ichida sodir bo‘ladigan voqealarga asoslangan bo‘ladi. Hikoya muallifi avvalo uning syujetini tuzadi, faqat muhim nuqtalarni tanlaydi. Keyin uni o‘quvchini qiziqtiradigan tarzda rivojlantiradi, oxirida xulosa qilinadi. Hikoya mazmunan boshlang‘ich o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Hikoyalar biror davr bilan bog‘liq holda bo‘ladi. O‘quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari tufayli hayotning turli oq va qora tomonlari xususida muayyan tushunchalarga ega bo‘ladi. Ularda yaxshilikka nisbatan muhabbat, yomonliklarga nisbatan nafrat tuyg‘usi shakllanadi. Bolalarni hikoya bilan tanishtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak. Hikoya mazmuni syujet asosida ochib borilib, odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea- hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o‘qishda uning mazmuniga diqqat qaratish dolzarb sanalib, shu mazmunni boshlang‘ich sinf o‘quvchisi idrok etsa, ya’ni tasavvurida voqealar ketma-ketligini shakllantira olsa, asarni to‘liq anglagan bo‘ladi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishiga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Savollarni asosan o‘qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o‘quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga yoqadi va ishni jonlantiradi:  Asar mazmunini yaxshi tushunish;  O‘z fikrini izchil bayon qilish;  Mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq esda saqlash;  Asar qahramonlari haqida fikr bildirish. Shundan keyingina, hikoya syujeti, voqeaning yo‘nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga

Доказательный фрагмент

«This article discusses the role of reading classes in primary school literary education, the specific features of teaching the story genre in reading classes, and the aspects that should be paid attention to when intr…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the role of reading classes in primary school literary education, the specific features of teaching the story genre in reading classes, and the aspects that should be paid attention to when intr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
story, plot, portrait, events, questions, analysis, content of the story, syujet, вопросы, портрет, hikoya mazmuni., voqea-hodisalar, сюжет, рассказ, portret tasviri, анализ, savollar, tahlil qilish, события, content of the story., содержание рассказа., hikoya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники