К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILIDAGI SHAXS MA’NAVIYATINI IFODALOVCHI VOSITALARNING MAXSUS LUG‘ATLARDA BERILISHI

MAXSUS LUG‘ATLARDA BERILISHI · Ibodova Malika Gulmurodovna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada oʻzbek tilidagi shaxs maʼnaviyatini ifodalovchi vositalarning maxsus lugʻatlarda berilishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kalit soʻzlar: ma’naviy, ma’naviyat, ma’naviy-ijtimoiy, ma’naviy-siyosiy, ma’nan, ma’no, ma’nisiz, ma’nosiz,e’tiqod, adolat, odillik. Ko‘p tilli lug‘atlarni yozish bilan bog‘liq muammolar, qoida tariqasida, leksikografiya muammolariga bag‘ishlangan to‘plamlardagi maqolalarda yoki lug‘atlarga kirish maqolalarida ko‘rib chiqilmoqda. Aynan shunday lug‘atlarda “ma’naviyat” leksik kategoriyasiga oid leksemalarning tarjimalarini qiyoslash muhim. Ulardagi ma’nolar qanchalik mos kelishini tekshirish zarur. Xususan, «Spirituality» termini tafakkur va xulq yetukligini anglatishdan ko‘ra ko‘proq diniy e’tiqod, e’tiqod mustahkamligi kabi tushunchalarga yaqin turadi. Darhaqiqat, ingliz tilining Vebster izohli lug‘atida «spirituality» so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: «of the spirit or the soul as distinguished from the body or material matters»(p.1373) Ya’ni tana yoki moddiy narsalardan ajratilgan ruh yoki qalbga oid; shuningdek, ushbu leksemadan so‘ng lug‘atda «spiritual character, quality, or nature» (p.1373) (ma’naviy xususiyat, sifat yoki tabiat) degan tushunchalar keltiriladi. «Ruhiyat» atamasi ijobiy sifatlanishga ehtiyojmand; ya’ni «spirituality» istilohi «high spirituality» deya sifatlanganda, «yuksak ruhiyat» ma’nosini ifodalaydi va shu shaklda «ma’naviyat» so‘zining aynan muqobili. Kishi nutqda «din» (relıgıon) so‘zini «e’tiqod» (faith) istilohi o‘rnida ishlatishi, boshqa hollarda esa «ma’naviyat» (spirituality) so‘zi «din» (religion) atamasi o‘rnida qo‘llanishi mumkin. Qo‘llanish o‘rni va vaziyatga ko‘ra, bu so‘zlardan biri o‘rnida boshqasi ishlatilishi mumkin. Ularning tavsifi, talaffuzi, ma’nosi va faoliyati, sinonimlari, etimologiyasi yoki, hech bo‘lmaganda, ularning bir qismi haqida ma’lumot berish uchun foydalanish qulayligi, so‘zlar ma’lum bir tartibda joylashtirilgan, endi ko‘pchilik tillarda alifbo tartibida, katta hajmdagi lug‘atlarda ma’lumotlar badiiy asarlardan iqtiboslar bilan tasvirlangan. Amaliy leksikografiya ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi, ona va o‘rgatishni ta’minlaydi, leksemalarni tavsiflash va normallashtirish, tillararo muloqot, til lug‘atini ilmiy o‘rganishni anglatadi. Ma’naviyatga oid leksemalar har ikki tilning lug‘atida milliy qarashlariga asoslanib izohlanadi, shaklida ham farq seziladi. “Sen shohsanu, ammo nafsingga mag‘lub va xorsan, u gado bo‘lsa ham, nafsini o‘ziga asir etgan. To tirik ekansiz, har ikkingizning holingiz shunday kechadi. U gado va sen shohning yashash tarzingiz shundaydir. O‘lganingizdan keyin esa u – shoh, sen esa – gado bo‘lasan. Chunki sen mast eding, u esa to‘g‘ri yo‘ldan boruvchidir”. “You are the king in your country, but a slave for your cupidity within your soul. And my friend is a slave and a beggar who doesn’t have a penny, but he is the King for cupidity and never obeys it. Your ways of life are quite different from each other. You’re the King today, when you’re alive, but you will be a slave when you die. He is a slave for God’s will today, when he is alive but will be the king when he 4 dies hope to God. Because you’re bilious and dishonestand he is honest enough, I think”. Bu parchada keltirilgan «nafs» so‘zi ma’naviyat umumiy semali atov birliklarining markaziy konseptlaridan biridir. Tushuncha zamirida nisbatan salbiy ma’no anglashiladi. Akademik A.Rustamov «So‘z xususida so‘z» kitobida nafsning quyidagi xususiyatlarini tavsiflaydi: «Nutqda nafs so‘zi hayvonlarga, asosan, insonga nisbatan ishlatilib, kishining o‘z jismoniy ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishini anglatadi. Bu odamda me’yordan ortiq yoki axloq doirasidan tashqari bo‘lsa, unday kishini «nafsi yomon» yoki «badnafs», yoxud «nafsini tiyolmagan» kishi deb ataydilar. Agar nafsi me’yor va axloq doirasida bo‘lsa, bunday odamlarni «nafsi yaxshi» yoki «neknafs» deyish mumkin. Agar nafsoniy talabi me’yoridan kam bo‘lsa, bunday kishi «nafsi o‘lik» yoki «nafsini tiygan kishi» deyiladi. Insonda aql bo‘lgani uchun nafsini boshqara oladi. Nafsini tiya olgan shaxsning insonligi, nafsini tiyolmaganning hayvonligi ortiq bo‘ladi». “Ma’naviyat” umumiy semali atov birliklar mumtoz lug‘atlarda ham o‘ziga xos yoritilgan. Mumtoz asarlarimiz so‘zlarini tushunishga qaratilgan lug‘atlarda, xususan, “Navoiy asarlari lug‘ati”da “ma’naviyat” leksemasi lug‘at so‘zlik shaklida uchramaydi. Biroq “ma’rifat” leksemasiga “bilish, tanish, bilim” izohi berilgan. Albatta, bu izohlar zamirida cheksiz ma’no bor, ba’zan buni o‘quvchi tushunmasligi mumkin. “O‘zbek tilining izohli lug ati‘”da bu leksemaga aniq va to‘liq ta’rif berilganligi mumtoz lug‘atlar ta’riflari va ularning izohlariga ham qayta nazar solishni, o‘quvchilar uchun oson, qulay, sodda usulda ta’riflash zarurligini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, ma’rifat so‘zi bugungi kunda nutqiy faol bo‘lgani bois ma’nosini anglash bizga qiyinchilik tug‘dirmaydi, ammo “ahsan” leksemasi borki, “O‘zbek tilining izohli lu

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada oʻzbek tilidagi shaxs maʼnaviyatini ifodalovchi vositalarning maxsus lugʻatlarda berilishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada oʻzbek tilidagi shaxs maʼnaviyatini ifodalovchi vositalarning maxsus lugʻatlarda berilishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’naviy-ijtimoiy, ma’nan, ma’naviy, ma’nosiz, ma’naviyat, ma’nisiz, e’tiqod, adolat, ma’no, ma’naviy-siyosiy, odillik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3