The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH - DOLZARB VAZIFA
Adilov Baxrambek Kaxramonovich · Адилов Бахрамбек Кахрамонович
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
The article examines the concepts of public safety, public order, objects of security provision, and the social significance of public order and public safety assurance. Furthermore, it presents scholarly insights on the work being conducted in the republic to ensure public safety and prevent offenses, as well as on an effective system for the timely identification and elimination of conditions that contribute to the commission of offenses. Keywords: constitution, law, public safety, public order, public place, offense, crime, authority 16 Yangi O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yaxlit tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidan respublika darajasigacha samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ish uslublarini joriy etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash tub islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirzieyov ushbu masalalarga alohida to‘xtalib, “Biz “Adolat – qonun ustuvorligida” degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz. Bu borada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun avvalo, mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi va ma’suliyatini oshirish, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini ko‘rishimiz darkor” [1] deb takidlab o‘tdi. Ma’lumki, jamoat xavfsizligi bu — jamiyatning qonunga xilof tajovuzlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib, u jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi hamda insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi [2]. O‘z navbatida, jamoat xavfsizligini ta’minlash barcha davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolar bilan samarali hamkorligi asosida kechadigan jarayon hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash tizimida keng ko‘lamli demokratik islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida, “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi [3] ” qabul qilindi. Uning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi (mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish)da, “Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish” deb nomlangan 16-maqsadida, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha patrullik xizmati faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga tekshirish uchun olib borish amaliyotidan voz kechish hamda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash kabi muhim chora- tadbirlar belgilangan. Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish, inson huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. 17 Mamlakatda va uning ma’muriy-hududiy birliklarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash tizimi hamda ichki ishlar organlarining ushbu tizimdagi o‘rni va ular faoliyatini boshqarishning dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi: – jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlovchi davlat organlari, xususan, ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquq va erkinlari, qonun ustuvorligi, ochiqligi va shaffofligini ta’minlash samaradorligini oshirish; – ichki ishlar organlari tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish va yanada chuqurlashtirish; – tarkibiy tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish; – xizmatlarning fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sherikligini yanada rivojlantirish, ayni paytda ushbu yo‘nalishdagi sohavi
Доказательный фрагмент
«The article examines the concepts of public safety, public order, objects of security provision, and the social significance of public order and public safety assurance.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines the concepts of public safety, public order, objects of security provision, and the social significance of public order and public safety assurance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- constitution, law, public safety, public order, public place, offense, crime, jinoyat, конституция, qonun, jamoat joyi, jamoat xavfsizligi, орган., правонарушение, huquqbuzarlik, organ, jamoat tartibi, общественное место, konstitutsiya, закон, общественный порядок, преступление, общественная безопасность, authority
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019