The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
AFRIG‘IYLAR VA FARIG‘UNIYLAR ASLIDA BIR SULOLAMI?
Rajapov Mardonbek Qosimboy o‘g‘li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 756-758 · 2026
Аннотация
O‘rta asrlar Turon tarixining eng murakkab va bahsli sahifalaridan biri Afrig‘iylar va Farig‘uniylar sulolalari bilan bog‘liq. Ular haqidagi ma’lumotlarning turli manbalarda turlicha yoritilishi, bir-biriga zid fikrlarning mavjudligi tadqiqotchilar orasida ko‘plab savollarni uyg‘otadi. Ayniqsa, ushbu ikki sulolaning aslida bir sulolaning turli nomlarimi yoki ular mutlaqo boshqa-boshqa sulolalarmi, degan savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Ba’zi tarixchilar Afrig‘iylar va Farig‘uniylar o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va etnik bog‘liqlikni ta’kidlab, ularni bir sulola deb hisoblashadi. Boshqa tadqiqotchilar esa, bu qarashlarga qarshi fikr bildirib, ushbu ikki sulola o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatishga urinadilar. Sulolalarning tarixiy ildizlari. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Afrig‘iylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi shunday izohlanadi : “...Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlagandan tarix ola boshladilar, bu Iskandargan 980 yil ilgari bo‘lgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmda podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko‘chib, turk podshohlari [ustidan] hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashgandan 92 yil keyin bo‘ldi. So‘ngra ular tarix olishda eronliklarga ergashib, Kayxusravning [Xorazm] shohlari deb ataluvchi naslidan bo‘lgan har bir [podshoh davrining boshlanishidan] tarix oldilar. Nihoyat Kayxusrav davridan Ofrig‘ podshohligi boshlandi. .......Ofrig‘dan keyin uning o‘g‘li podshoh bo‘ldi. [Ofrig‘] Iskandar tarixining 616-yilida al-Fir ustiga o‘z qasrni qurdirdi. Keyin xorazmliklar Ofrig‘ va uning avlodlari podshohligidan tarix oldilar...”[8]. Muallifi noma’lum “Hudud ul-olam” asarida Farig‘uniylar Eronning afsonaviy shohi Afridun/Faridun avlodidan bo‘lganligi keltirilgan[6]. Bu o‘rinda shuni aytish mumkinki, o‘rta asrlarda legitimatsiya uchun ba’zi hukmdorlar o‘zlarini tarixda o‘tgan mashhur sulolalarga bog‘laganliklarini ham e’tiborga olish kerak. Masalan, G‘aznaviylar Tohiriylar, Safforiylar kabi Afrig‘iylar va Farig‘uniylar sulolalari ham o‘z nasl-nasablarini qadimgi Eron qahramonlari va hukmdorlariga bog‘lash orqali o‘zlarining siyosiy mavqeini mustahkamlashga intilishgan. Beruniy talqinida Afrig‘iylar Kayxusrav avlodlariga, “Hudud ul- olam”da esa Farig‘uniylarni Faridun avlodlariga taqalgani ham ularning hukmronligini qonuniylashtirish va xalq orasida obro‘-e’tibor qozonishga qaratilgan siyosiy harakat sifatida baholash mumkin. 22 Hududiy va xronologik tafovutlar. Farig‘uniylar shimoliy-g‘arbiy Afg‘onistonda IX-XI asrlar oralig‘ida mavjud bo‘lgan va Xurosondagi Juzjondan tortib, Toxariston, G‘archiston, G‘ur, Marv hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hukm surishgan. Sulola Maymana shahrini markaz qilib olgan[2]. Afrig‘iylar sulolasi 305-995-yillar orasida mavjud bo‘lib, Amudaryoning o‘ng va chap qirg‘oqidagi yerlarni boshqarib, davlat hududi g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilgan va poytaxti Kat shahri bo‘lgan[7]. Sulolalar hukmdorlari. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari Afrig‘iylar sulolasi hukmdorlarining nomlarini o‘zida mujassam etgan yagona manba bo‘lib, unda 22 ta hukmdorning ismi qayd etilgan. Boshqa tarixiy manbalarda bunday to‘liq ro‘yxat uchramasligi Beruniy asarining tarixiy ahamiyatini yanada oshiradi. Manbalarda Afrig‘iylar Xorazmshoh, Xorazm Xusravi va Xorazm Maliki nomlari bilan qayd etilgan. Bular: 1) Afrig‘; 2) Bug‘ro ; 3) Saxxasak ; 4) Askajamuk I ; 5) Askajuvar I; 6) Sahr I ; 7) Shaush ; 8) Xamgar (Xangari yoki Xangiri) ; 9) Bo‘zgar ; 10) Arsamux (Artamux) ; 11) Sahr II ; 12) Sabri ; 13) Askajuvar II ; 14) Askajamuk II ; 15) Shaushafar ; 16) Turksabasa ; 17) Abdulloh ; 18) Mansur ; 19) Iroq ; 20) Muhammad ; 21) Ahmad ; 22) Abu Abdulloh Muhammad[8]. Farig‘uniylar haqida uzuq-yuluq ma’lumotlar muallifi noma’lum “Hudud ul-olam” , Muqaddasiy va Utbiy asarlarida keltirilgan va sulola hukmdorlari amir sifatida qayd etilgan. Bular: 1) Ahmad ibn Farig‘un; 2) Abul Xarat Muhammad ; 3) Abul Xarat Ahmad ; 4) Abul-Nasr Muhammad[3;9]. Tadqiqotlar tahlili. Y. Markvart Farig‘un nomini IV asrdan X asrgacha Xorazmda hukmronlik qilgan Afrig‘iylar sulolasi bilan bog‘laydi. Uning fikricha, bu nom Oks daryosi havzasidagi shimoli-sharqiy eroncha nom bo‘lib, bu asosda Farig‘uniylarning eroncha kelib chiqishini taxmin qiladi. Ingliz tadqiqotchisi K.E.Bosvort esa “Hudud ul-olam” asarida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, Farig‘uniylarni Eronning afsonaviy shohi Afridun/Faridun avlodidan kelib chiqqan deb hisoblaydi. U ba’zi manbalarda Afrig‘iylarni “Katning al- Farig‘unlari” deb atalishini dalil sifatida keltiradi[1]. Biroq, K.E. Bosvortning umumiy yondashuvida noma’lum kelib chiqishli Markaziy Osiyo sulolalarini eroniy deb atash tendensiyasi kuzatiladi. Tadqiqotchi R. Haug ham yuqoridagi tadqiqotchilar singari Farig‘uniylarni Afrig‘iylar bilan bog‘liqligini qayd etgan. Tadqiqotchi bunga dalil sifatida 23 Muqaddasiy o‘z asarida Juzjonda
Доказательный фрагмент
«O‘rta asrlar Turon tarixining eng murakkab va bahsli sahifalaridan biri Afrig‘iylar va Farig‘uniylar sulolalari bilan bog‘liq.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘rta asrlar Turon tarixining eng murakkab va bahsli sahifalaridan biri Afrig‘iylar va Farig‘uniylar sulolalari bilan bog‘liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- afrig iylar, farig uniylar, iylar farig, tarix oldilar, noma lum, hudud ul-olam, farig uniylarni
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021