К содержанию
РецензированоUZ2026

CHET TIL O’QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV

Farrux Ziyotov

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article discusses about teaching based on an integrative approach is more effective than other approaches as it covers all skills of language acquisition (reading, listening, speaking, writing). Key words: integration, integrative approach, foreign language teaching, knowledge, skills, competence, English language lessons, interactive methods Hozirgi kunda mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga va o’rgatishga bo’lgan e’tibor sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu esa chet tili darslarini, xususan ingliz tili fanini qiziqarli va zamonaviy metodikalardan foydalanib o’tishni taqozo etmoqda, Bugungi kunda taʼlim oluvchilarning nafaqat chuqur bilimga ega boʼlishlari, balki koʼnikma-malakalarni puxta egallash orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishlari davr talabiga aylandi. Oʼquv faoliyatini samarali tashkil qilish, dars jarayonida turli xil metod, usul, vositalardan oʼz oʼrnida toʼgʼri foydalanish, ularni uzviy bogʼliq holda qoʼllay olish taʼlim samaradorligining muhim omillaridan biridir. Bu esa integratsiyalashgan taʼlim orqali amalga oshiriladi. Oʼzbekiston milliy ensiklopediyasida “Integratsiya (lot. Integration - tiklash, toʼldirish, integer-butun soʼzidan), fanlarning yaqinlashishi va oʼzaro aloqa jarayoni, differentsiatsiya bilan birga kechadi” [1; 492 bet]. Macmillan English Dictionary for Advanced Learners lugʼatida esa quyidagicha izohni uchratish mumkin: Integratsiyalash (Integrate) - 1. Ikki yoki undan oshiq narsalarni toʼliq tizim yoki boʼlak boʼlishi uchun birlashtirish. Integratsiya (Integration) - narsalarni, odamlarni yoki turli xil fikrlarni bitta qilib jamlash, jamlab olmoq. Ma’lumki, integrativ yondashuv turli fanlardan olingan bilimlar, koʼnikma, malaka hamda tajribani hisobga olish, ularga tayanish yaʼni chet tilda kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni integratsiyalash, barobar takomillashtirishni nazarda tutadi. Ushbu yondashuv o’quvchilarda mustaqil muloqotga kirishishni rivojlantirishga qaratilgan yangi innovatsion texnologiyalarni qoʼllash, talabalarda mustaqil va guruh boʼlib ishlash koʼnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratadi. Mazkur yondashuv taʼlim sifatining sezilarli ravishda ijobiy tomonga oʼzgarishiga va o’quvchilarning til oʼrganishga boʼlgan motivatsiyalari kuchayishiga olib keldi. Olima Laylo Аxmedova fikricha, integratsiyalashgan dars bu darsning muayyan va oʼziga xos shakli boʼlib, u nafaqat turli fanlardan olingan maʼlumotlarni birlashtiradi, balki vaqtni ham tejaydi. [2; 159- b.]. Shuni ta’kidlash joizki, integratsiyalashgan mashgʼulot toʼgʼri rejalashtirilgan va aniq maqsadga yoʼnaltirilgan boʼlsagina muayyan bir natijaga erishish mumkin. Xulosa qilib aytish kerakki, integrativ yondashuv yordamida olib boriladigan xorijiy 26 til darslari til o’rganuvchilarga o’zini anglash va o’zini o’zi rivojlantirish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Bu yondashuv orqali dunyo su’rati talabalar ongida to’liq shakllanadi, ularning dunyoqarashi va tili o’rganilayotgan mamlakat haqidagi ekstralingvistik bilimlari ham ortib boradi. Albatta, bu kabi imkoniyatlarni yaratib beruvchi yondashuv hozirgi zamon jamiyat talabiga javob berishi shubxasiz. Integrativ yondashuv asosida o'qitish til egallashning barcha ko'nikmalarini (o'qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish) qamrab olishi bilan ham boshqa yondashuvlarga nisbatan samaraliroq. Richards va Rogers (2014) til ko'nikmalarini o'qitishning integrallashgan yondashuvi bu - o'qish, yozish, tinglash til ko'nikmalarini o'rgatish va bir- biri bilan birgalikda gapirish, chunki dars tinglash va o'qish va yozish orqali gaplashish bilan bog'liq faoliyatni o'z ichiga oladi deb ta’riflaydi. Ma’lumki, chet til o’qitish metodikasida olib borilgan tadqiqotlarda interfaol metodlar an’anaviy metodlarga nisbatan samaradorlik darajasi ko’proq ekanligi isbotlangan. Ko`pgina metodik adabiyotlarda hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlar sifatida “aqliy hujum”, “klaster”, “rolli o’yinlar”, “keys-stadi”, “rotastiya”, muzokalar kani metodlar qayd etiladi. Misol uchun, aqliy hujum interfaol metodidan foydalanganimizda o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini ta’minlaymiz, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi. Aqliy hujum metodining asosiy sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o‘qituvchining til bilish ko’nikmalari va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi. Integrativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslarda o’quvchi ongida ijodkorlik tamoyiliga, shaxsiy rivojlani

Доказательный фрагмент

«This article discusses about teaching based on an integrative approach is more effective than other approaches as it covers all skills of language acquisition (reading, listening, speaking, writing).»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses about teaching based on an integrative approach is more effective than other approaches as it covers all skills of language acquisition (reading, listening, speaking, writing). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
integration, integrative approach, foreign language teaching, knowledge, ingliz tili darslari, integrativ yondashuv, bilim, interaktiv metodlar, malaka, chet til o’qitish, koʼnikma, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники