РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
XITOYNING ZAMONAVIY GEOSIYOSAT MAKTABI VA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Abdullayeva Ozoda Farmon qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 23 · 133-140 · 2026
Аннотация
This article examines the modern geopolitical school of China, focusing on its foundational principles and main areas of influence. The analysis delves into China’s strategic approach to global power dynamics, which is characterized by a blend of ancient philosophies and contemporary statecraft. Central to this school are key areas such as the Belt and Road Initiative (BRI), maritime strategy in the South China Sea, and China’s role in multilateral organizations like the Shanghai Cooperation Organization (SCO) and BRICS. Additionally, the article explores China’s emphasis on economic diplomacy, soft power expansion, and technological innovation as tools to enhance its global standing. The study aims to provide a comprehensive understanding of how China’s modern geopolitical strategy shapes its interactions on the world stage and its vision for future global leadership. Key words: China’s modern geopolicy, BRICS, Shanghai Cooperation Organization, developing country, rising power, global power, super-power. Hozirgi global geosiyosiy vaziyat jahon siyosatida “Xitoy” omilining sezilarli darajada ortib borishi bilan ajralib turadi, u hozirgi vaqtda quyidagi xususiyatlarga ega: XXI asrda ShHT, BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, XXR, JAR), G-20 talik guruhi kabi tashkilotlarning paydo bo‘lishi bilan yaqqol namoyon bo‘lgan xalqaro tuzilmadagi o‘zgarishlarning yuqori dinamikasi bo‘lib, bunda Xitoy ushbu tizimni tuzuvchi davlat sifatida namoyon bo‘ldi va unda yetakchi o‘rinni egalladi; Jahon iqtisodiyoti va jahon moliyasidagi beqarorlik sharoitida, Xitoy o‘zining yillik barqaror o‘sish bilan mavqeyi nafaqat yanada oshmoqda, balki dominantga aylanib bormoqda va agar bunga Xitoyning XVF (Xalqaro valyuta fondi) dagi ulushining oshishini qo‘shsak, Xitoy, 8 umuman olganda yagona benefitsiar1 davlat bo‘lib chiqadi; Yaqin Sharqda (Suriya, Eron, Isroil-Falastin) va hozirda Janubiy Xitoyda (XXR - Filippin, Vetnam) va Sharqiy Xitoy dengizlarida (XXR - Yaponiya) mintaqaviy mojarolarning yakuniy xavfi va bu esa birinchi marta, Xitoyni zaif holatga solib qo‘ydi. Keyingi o‘n yillikdagi jahon siyosatining asosiy mazmuni Xitoy va Amerika o‘rtasidagi global geosiyosiy qarama-qarshiligi bo‘lib qoldi. Bunday sharoitda Xitoyning roli (mojaro ishtirokchisi yoki tartibga soluvchisi sifatida) va uning dunyo ishlarida “qattiq” kuchini loyihalash qobiliyati ortib bormoqda. Xitoyning zamonaviy geosiyosat maktabining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan Ye Szichen, Chjan Shipin, Shen Veyle, Li Ixu, Sun Syandun, U Syaodi, Chjan Venmu va boshqa ko‘plab olimlarning fundamental tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin. Shuningdek, zamonaviy siyosat faylasufi Chjao Tinyanning tadqiqotlari — “Tyansya tizimi”, “Yomon dunyo” va “Dunyoga qarashli bo‘lmagan dunyo”2, Xon Bing va Yan Syuetunning - Xitoyning milliy manfaatlariga bag‘ishlangan ikkita monografiya, Yan Syuetunning “Xalqaro munosabatlar tahlili” va Yang Yuan, Chjan Shipinning “Xitoyning dengiz kuchi”, Ye Szichenning “Xitoy geosiyosati va diplomatiyasi” va boshqalar shular jumlasidandir3. Ye Szichenning 2003-yildagi “Xitoyning Buyuk strategiyasi” 2011-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan Xitoyning yagona strategiyasi haqidagi asar edi4. Geopolitikaga oid ilk nashrlardan xitoylik olimlar G‘arb va Xitoy geosiyosatining nazariyasi va amaliyotidagi sezilarli farqlarga e’tibor qaratgan. Ular Xitoyning geosiyosiy nazariyalari faqat milliy ildizlarga asoslanganligini va o‘zlarining geosiyosiy nazariyalari G‘arb geosiyosiy nazariyalarining davomi yoki rivojlanishi emasligini ta’kidlaydilar. Xitoy amaliy geopolitikasi, ularning fikricha, har doim tinch tabiatga ega bo‘lib, boshqa odamlarning yashash joylarini egallashni maqsad qilmagan. Xitoy imperatorlarining qo‘shinlari hech qachon ular uchun an’anaviy bo‘lgan siyosiy hukmronligining ko‘rsatilgan mintaqasidan tashqariga chiqmagan. Ushbu tafovutlarni bayon qilish ohangini Ye Szichen ( 叶自成 ) (Pekin universitetining xalqaro munosabatlar instituti professori), (Xitoyning quruqlik hokimiyatini ustuvor rivojlantirishning izchil tarafdori, uchinchi quruqlik hokimiyati kontseptsiyasi muallifi) belgilab berdi, u o‘zining “Xitoy geosiyosat va diplomatiyasi” asari muqaddimasida Xitoy geosiyosatidagi quyidagi farqlarga e'tibor qaratdi: Xitoy geosiyosati o‘zining ilmiy yo‘nalishi va o‘z maktabi sifatida shakllangan. Xitoyda geosiyosiy g‘oyalarni antik davrda ham, hozir ham siyosatchilar, G‘arbda esa olimlar ilgari surgan. Xitoyda geosiyosat siyosiy amaliyot asosida shakllantirilgan va bevosita davlatning siyosiy ehtiyojlariga xizmat qilgan. G‘arb geosiyosati boshidanoq o‘zining ilmiy va tadqiqot xarakterida geografik omillarga e’tibor qaratgan holda ancha kuchli edi. Xitoy geosiyosati 1 Benefitsiar (ing. beneficiary imtiyozlardan foydalanadigan) — bankga pul qoʻygan omonat egasi yoki uning merosxoʻri, depozit yoki omonat (jamg’arma) sertifikati egasi. 2 没有世界观的世界/赵汀阳 著。-北京:中国人民大学出版社,2005 年第 67 叶 - Чжао Тинян. Мир без мирового взгляда. -Пекин: Издате
Доказательный фрагмент
«This article examines the modern geopolitical school of China, focusing on its foundational principles and main areas of influence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the modern geopolitical school of China, focusing on its foundational principles and main areas of influence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- China’s modern geopolicy, BRICS, Shanghai Cooperation Organization, BRIKS, rivojlanayotgan davlat, global kuch, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, super kuch., yuksalayotgan kuch, Xitoyning zamonaviy geosiyosati
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019