Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
BEDIL FALSAFASIDA BARKAMOL YOSHLAR TARBIYASI HAQIDA
SHALOLA SATTOROVA ((Buxoro davlat pedagogika instituti))
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Muallif ushbu maqolasida Mirzo Bedil ijodini falsafiy tahlil qilgan. Oʻzbek xalqining vatandosh siymosi, Sharq madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan, oʻz zamondoshlari va ilm axllari tomonidan taqdirlanib, Abulma’oni laqabi bilan shuhrat qozongan Mirzo Abdulkodir Bedil - qiyosi yoʻq shoir, mutafakkir va jamiyatshunos olim, oʻziga хos faylasufona qarashlar sohibi boʻlgan insondir. Kalit so’zlar: jamiyatshunos olim, dunyoqrash, tarixiy va falsafiy ildizlari, falsafiy ta’limotlar, zamondosh. Mirzo Abdulqodir Bedil, ijtimoiy tenglikni mehnat, ilm-fan va sanʼatga bo‘lgan hurmat bilan ko‘rib, qalloblik, tekinxo‘rlikni tanqid qiladi. Mirzo Abdulqodir Bedilning jamiyat haqidagi taʼlimoti adolatli hukmdor va jamiyatni to‘g‘ri tashkil qilish g‘oyasiga asoslanadi. Agar biz bugun ilmga yo‘naltirilgan, donolikka asoslangan jamiyat haqida gapiradigan bo‘lsak, shuni bilishimiz kerakki, bundan asrlar avval ham olam uchun shunday idealni tasvirlagan Bedil bo‘lib, urushning oldini olish uchun doimo ta’kidlaydi. urush umumbashariy vayronagarchilik va odamlar oldida, va u har doim urushdan qochadi. “Dunyo, Bedil nuqtai nazaridan aqlli dunyo, inson esa kosmik borliqdir”, agar biz dunyoni urush orqali vayron qilsak, bu yer bizga qarshi ko'tarilguncha kutishimiz kerak. Mirzo Abdulqodir Bedir fikricha, adolatli davlat sharoitidagina yuksak axloqiy tamoyillar, inson erkinligi amalga oshishi mumkin. “Kishi tabiatin fosh etsa idrok, Faqat yaxshilikka etar ishtirok. Ilmdan bebaxra qoladi taʼbi Badfelidan kechib bo‘lolmasa pok” . Faylasuf Bedilning qimmatli asarlarida insonlarni zo‘ravonlikdan saqlanishga chaqiruvchi, insoniylik, qadr-qimmat, tinchlik yo‘liga chorlovchi Bedilni ko‘ramiz. Bu asarlar zulmga xizmat qiladigan, adolatni amalga oshirmaydigan hukumat, shubhasiz, xalq tinchligi va osoyishtaligining sharti emasligini ko‘rsatadi. Bedil ijodining qadri shundaki, inson abadiy tinchlikka, bag‘rikenglikka, zo‘ravonlikni inkor etishga bog‘lanadi. L.Klimovichning yozishicha, “Mirzo Abdulqodir Bedil tili va uslubining o‘ziga xos mohiyati shundaki, u anʼanaviy ramziylikka qarshi isyonni aks ettiradi. Bu “Sabki Hindiy” – hind uslubi nomi bilan ustuvor bo‘lgan uslub Hindistonda va boshqa joylarda yashagan shoirlarga ko‘chib o‘tgan” . Mirzo Abdulqodir Bedil insonparvarlikni targ‘ib etadi, insoniy fazilatlarni ulug‘laydi, shu bilan birga yomon hislatlar va nuqsonlarni tanqid etadi. U kishilarni turli millat va din vakillari emas, umuminsoniy insonlar, deb ulug‘laydi, shuning uchun ham ularni eng yuksak hurmat va e’zozga loyiq ko‘radi. Mirzo Abdulqodir Bedilning falsafiy dunyoqarashi buyuk faylasuf, ilohiyot va tasavvuf shayx Muxtuddinomibn Arabiy asos solgan “Vahtad-ul-vujud” falsafasiga asoslanganligi 13 yuqorida aytib o‘tilgan edi . Jumladan, Mirzo Abdulqodir Bedilo Ibnal-Arabiyning mashhur “Fususul-hikam” asari ta’sirida yozilgan “Muhiti A’zam” asarida Oliy Haqiqatni bor narsaning manbai, deb ta’riflaydi . Mirzo Bedil eng nozik va pokiza tuyg‘ularni, insoniyatga muhabbatni ifodalaydi. Shunday qilib, u o'z vatanini, vatanparvarligini ulug'laydi. “Neki go‘zallikka egadir jahon Hindiston diyori bariga makon. Qoracha jononlar bari marg‘ubmas Lek Laylo vatani shaksiz Hindiston” . Umuman olganda, Mirzo Abdulqodir Bedil jamiyat, davlat ularning mohiyatiga alohida eʼtibor qaratar ekan ijtimoiy taraqqiyotda iqtisodiy omil ustunligini taʼkidlaydi. Dehqonning mehnati tufayli aholining soni tez surʼatda o‘sib boradi, hunarlar, ilm – fan, savdo – sotiq, tijorat yuzaga keladi va rivoj topadi, qo‘l xizmatini til orqali, til xizmatini qo‘l vositasida amalga oshirib bo‘lmasligini bayon etadi. Mirzo Abdulqodir Bedilning ijtimoiy falsafiy ayniqsa jamiyat to‘g‘risidagi g‘oyalari Zebuniso, Anbar Otin, Dilshod otin, Muqimiy, Furqat, Ahmad Donish , S.Ayniy ijodi va dunyoqarashining shakllanishiga samarali taʼsir ko‘rsatgan . Shoir Mirzo Abdulqodir Bedil o‘zining oliyjanob fikr va g‘oyalarini, oddiy insonlarga bo‘lgan mehr-shavqatini va ayni paytda qabohatning jirkanchligini, o‘zi esa erkin orzu va xayollar oshig‘i ekanligini “Komde va Modan” dostonida mahorat bilan tasvirlab beradi. Asardagi raqqosa Komdening go‘zalligini va unga oshiq bo‘lib qolgan qo‘chiqchi va cholg‘uchi yosh Modan sevgi muhabbatini butun sehru jozibasi bilan tarannum etgan. Doston haqiqiy sevgi, inson qadri, isteʼdodning mislsiz qudrati haqidagi go‘zal asar bo‘lib, u har bir avlodni shunday yuksak tuyg‘ular va ishqqa sadoqat va go‘zallikka tan berish sari ilhomlantirayveradi . Shuningdek, dostonda do‘stlik, muhabbat, vafodorlik, adolat, ilm-maʼrifat masalalari ham aks etgan. Mirzo Abdulqodir Bedilning ijtimoiy masalalarga oid qarashlarida maʼrifatparvarlik, muruvvat va odamiylik asosiy o‘rinni egallaydi. Shunday qilib, Mirzo Bedil ham o‘tmishning ko‘plab mutafakkirlari singari o‘z mamlakatini ma’rifatli va adolatli hukmdor boshqarib borishini doimo orzu qilgan. Bugungi kunda angi O’zbekistonda yangi siyosiy tafakkurni shakllantirishda insonparvarlik mazmuniga ega bo‘lgan o‘tmish me
Доказательный фрагмент
«Muallif ushbu maqolasida Mirzo Bedil ijodini falsafiy tahlil qilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMuallif ushbu maqolasida Mirzo Bedil ijodini falsafiy tahlil qilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zamondosh., jamiyatshunos olim, dunyoqrash, tarixiy va falsafiy ildizlari, falsafiy ta’limotlar
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026