Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
KONFLIKTLI MATNLARNI LINGVISTIK EKSPERTIZA QILISHNING YURIDIK ASPEKTI
Musulmonova Kamola Xusniddin qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
In linguistic expertise, the main focus is on finding answers to the questions put before the expert. Usually the legal aspect of the matter is not focused on. The legal aspect of the text is ignored by the expert. However, in some cases, legal and linguistic aspects are not distinguished in the formation of expert opinions. The article focuses on the main legal aspect of linguistic expertise, the uniqueness of the expert's approach. Key words: linguistic expertise, linguistic analysis, discursive analysis, linguopoetic analysis, linguistic analysis, discrimination, provocation, insult, fine. Qonunchilikda haqorat, obro‘sizlantirish, sha’niga putur yetkazish kabi holat-larga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanadi. “Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llanadi.”1 Ma’muriy huquqbuzarlikning(xususan, haqorat, obro‘sizlantirish kabi) turli ko‘rinishlarida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanishi mumkin: 1) jarima; 2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; 1O ‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. 22.09.1994. https://lex.uz/ru/docs/-97664 6 3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; 4) muayyan shaxsni muayyan huquqdan mahrum etish; 5) ma’muriy qamoqqa olish2. Ammo shuni unutmaslik kerakki, jazo har doim ham muammoning to‘la bartaraf etilishi omili bo‘lib xizmat qilmaydi. Ayniqsa, haqorat darajasini belgilash, uni qonuniy asoslash masalasi turgan bir vaqtda, bunday holatga qat’iy jazo tartibini sud hukmi orqaligina belgilash o‘rinsiz. Sababi huquqiy matnlar ham xuddi badiiy asarlarda bo‘lgani kabi o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘ladi va u alohida qismlarga ajraladi. Bunday matnlar nutq muallifining ruhiyati, maqsadi, estetik qarashini umumlashtirgan holda mutlaqo pragmatik dasturini aks ettiradi3. Matnni lingvistik ekspertiza qilish jarayonida ana shunday tarkibiy qismlarga ajratish ham yetakchi omillardan biri, bunda unsurlarning aniq muvofiqlashtirilishi, rasmiy-ishbilarmonlik uslubi talablariga mos keladigan kombinatsiyasi, sterotip va sxematikligi hujjatdagi noaniqlik, nomuvofiqlikdan qochishga imkon beradi. K.I.Brinev fikriga ko‘ra, sud-lingvistik ekspertizasida ekspertga qo‘yilgan savollardan kelib chiqadigan holda haqiqat/yolg‘onlikning imkoniyat/mavjud emaslik kabi jihatlari tekshiriladi4. A.N.Baranovga ko‘ra esa haqorat qilishning jinoiy javobgarlik ekanligi shubha ostiga qo‘yiladi5. Bizningcha, haqorat qilish, tuhmat qilish, obro‘sizlantirish kabi holatlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra jinoyat yoki huquqbuzarlik sifatida baholash uchun asos zarur. Umumiy nuqtayi nazardan olib qaraganda, haqorat –ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori/o‘rta darajada bo‘luvchi huquqbuzarlik. Bunda ma’naviy zarar yetkazish omillari yuqori ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda haqorat bilan bog‘liq holatlar fuqarolik sudida ko‘rib chiqilishi va jazo chorasi tayinlanishi mumkin. Ushbu mulohazalar orqali lingvistik ekspertizaning maqsadi masalasi biroz oydinlashadi. Yuqorida ta’kidlangan fikrlardan xulosa chiqarish orqali lingvistik ekspertizaning maqsadi nimadan iborat degan savolga javob topish mumkin. Sud-lingvistik ekspertizasining maqsadi maxsus filologik bilimlarga asoslanib, muayyan bir vaziyatda isbotlanadigan holatlarni aniqlashdan iborat. Bunda lingvistik ekspertologiya oldida turgan amaliy muammolarni hal qilishda ekspert uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlarni chuqurlashtirish ko‘zda tutiladi. Lingvistik ekspertologiyada o‘zbek tilidagi yozma matnlar, ziddiyatli nutq vaziyatlari, qonuniy matnlar, til va qonun birlashmasidagi boshqa hodisalar hamda ularning amalda bajarilishini aniqlashtirish va oydinlik kiritish maqsad qilib qo‘yiladi. O‘zbek tilshunosligida yozma, og‘zaki nutqning sotsiolingvistik, pragmatik va pragmalingvistik, psixolingvistik xususiyatlariga doir tadqiqotlar yaratilgan. Bu esa, o‘z navbatida, o‘zbek yozma matnlarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazishning o‘ziga xos 2O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. 22.09.1994. https://lex.uz/ru/docs/-97664 3Бондаренко Е.Н. Роль композиционного анализа документов в лингвистической экспертизе // Материалы международной научно-практической конференции Восток-Запад: партнёрство в судебной экспертизе. Актуальные вопросы теории и практики судебной экспертизы (г. Алматы, 6 ноября 2014 г.). Астана, 2014. — С.62-64. 4 БриневК.И. Проблема тождества языковых единиц, задачи лингвистической экспертизы и пределы компетенции лингвиста-эксперта // Мир науки, кулътуры, оброзования. - 2009. - № 6 (18). - Б. 66-69. 5 Баранов
Доказательный фрагмент
«In linguistic expertise, the main focus is on finding answers to the questions put before the expert.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn linguistic expertise, the main focus is on finding answers to the questions put before the expert. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linguistic expertise, linguistic analysis, discursive analysis, linguopoetic analysis, jarima., lisoniy tahlil, diskriminatsiya, lingvistik tahlil, provokatsiya, haqorat, lingvistik ekspertiza, lingvopoetik tahlil, diskursiv tahlil
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021