К содержанию
РецензированоUZ2026

AYBGA IQRORLIK TO‘G‘RISIDA KELISHUVNI TUZISHDA PROKUROR VA HIMOYACHINING ISHTIROKI: NAZARIYA VA AMALIYOT

Suyunov Shaxzod Shovkatovich · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Ibragimov Xojiakbar Bahodir o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqola aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv, uning ahamiyati, bu institutni qo‘llashdagi protsessual qonunchilikda belgilangan tartiblar, shartlar, huquqni qo‘llash amaliyotida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv institutini tuzishda prokuror va himoyachining ishtirokidagi ayrim jihatlar, muammolar, xorijiy davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarga bag‘ishlanadi. Kalit so‘zlar: ayb, iqrorlik, kelishuv, prokuror, himoyachi, protsess ishtirokchilari, surishtiruvchi, tergovchi, institut. Yurtimizda olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar natijasida protsessual qonunchiligimizda bir qator yangi institutlar vujudga keldi. Xususan, amaldagi JPKning 621- bobi shunday institutlardan biri hisoblanmish “Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv”ga bag‘ishlangan. Avvalo ushbu institut qachon va kimlarga nisbatan qo‘llaniladi?-degan savol kishini o‘ylantiradi. Jinoyat-protsessual kodeksimizning 5861-moddasida “Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuv” ekanligi belgilab berilgan. Demak, bundan ko‘rinadiki shaxs ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, va og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etgan taqdirda o‘z roziligi bilan jinoyatni ochishga faol yordamlashgan taqdirda va keltirilgan zararni bartaraf etgan taqdirda iltimosnoma asosida nazorat qiluvchi prokuror bilan birgalikda kelishuvga erishishi mumkin ekan. Shu o‘rinda, ushbu institutni qo‘llashda prokurorning ishtiroki qanday bo‘lishi kerakligiga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Birinchidan, nazorat qiluvchi prokuror aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzish jarayonini boshqaruvchi va qonuniylikni ta’minlovchi markaziy ishtirokchidir; Ikkinchidan, prokuror gumon qilinuvchi, ayblanuvchi o‘z harakatlarining mohiyatini, shuningdek o‘zi bergan iltimosnomaning oqibatini anglab yetganligini o‘rganishi kerakligi; Uchinchidan, iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan keyin berilganligiga ishonch hosil qilish kerakligi; To‘rtinchidan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organi tomonidan qo‘yilgan gumonni yoxud ayblovni, ish bo‘yicha mavjud bo‘lgan dalillarni, shuningdek yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini inkor etmaganligi hamda uni bartaraf etganligini tekshiradi. Agar aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tuzish jarayonida quyidagi holatlar aniqlansa, kelishuv tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi: 36 - ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lsa; - shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ulardan loaqal bittasi ushbu moddada belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 5863-moddasiga ko‘ra: “Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi. Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani olgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi. Prokuror kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida ko‘rib chiqadi va ushbu Kodeksning 5861- moddasida ko‘rsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy da’vogarni ham kelishuv tuzish masalasini ko‘rib chiqish uchun jalb qiladi”. Bundan tashqari, prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqayotganda: - jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qo‘shimcha materiallarni o‘rganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi; - gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani ixtiyoriy ravishda va o‘z xohishi bilan, shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan bermaganligini, unga nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov o‘tkazilgan-o‘tkazilmaganligini, tuzilayotgan kelishuvning mohiyatini tushungan tushunmaganligini aniqlaydi. Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni qasddan yashirganligi, kelish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv, uning ahamiyati, bu institutni qo‘llashdagi protsessual qonunchilikda belgilangan tartiblar, shartlar, huquqni qo‘llash amaliyotida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv, uning ahamiyati, bu institutni qo‘llashdagi protsessual qonunchilikda belgilangan tartiblar, shartlar, huquqni qo‘llash amaliyotida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
surishtiruvchi, prokuror, institut., ayb, kelishuv, himoyachi, protsess ishtirokchilari, tergovchi, iqrorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3