К содержанию
РецензированоUZ2026

ISLOM DININING PAYDO BO‘LISHI VA UNING HUKMRON MAVQEGA AYLANISHI

Salimjon S.EVATOV

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Islom ilmiy uyg‘onish davrini turli tushunchalar bilan izohlanadi va bu tushunchalar g‘arblik va sharq olimlar o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bu yangi madaniyatning ilohiyot, falsafa, adabiyot, arxitektura kabi sohalarida islomning mafkura sifatida va arab tilining fan tili sifatida taʼsiri kuchli bo‘lgan. Kalit so‘zlar: islom, uyg‘onish davri, din, lohiyot, falsafa, adabiyot. Islom dinining paydo bo‘lishi va uning hukmron mavqega aylanishi bilan islomga asoslangan yangi madaniyat taraqqiy eta boshladi va uning aqidalariga to‘g‘ri keladigan eʼtiqodlar, taʼlimotlar va axloqiy normalar arablar tomonidan butunlay yo‘q qilindi. Islom teologiyasining shakllanishi uzoq muddat davom etdi va bu jarayon turli millatlar va ularning o‘ziga xos madaniyatlaridan tarkib topgan musulmon madaniyati, musulmon sivilizatsiyasining taraqqiy etishi bilan birga kechdi. Turli madaniyatlarning yaxshi tomonlarini o‘zlashtirgan va ularning maʼrifiy asoslari bilan oziqlangan tamaddun yaraldi. “Islom diyorlari tarixiga nazar solgan har bir kishi tarix va undagi hodisalar, harakatlar boshida ulamolar turganini darhol sezadi. Albatta, bu islom dini xususiyatlaridan kelib chiquvchi tabiiy bir holatdir. Islom haqiqatlarini to‘g‘ri tushunib yetgan ulamolar doimo o‘z xalqi bilan birga bo‘ladi, uning dard-alamlarini birga tortadi. Zotan, haqiqiy ulamolar faoliyatining o‘zi shuni taqozo qiladi. Islom taʼlimotlari bilan qurollangan ulamolar o‘z xalqi dardiga malham bo‘lishga harakat qiladilar”[1]. Bunday sadoqatli ulamolarning yetishib chiqishi ortidan islom fikriy va aqidaviy rivoji muttasil davom etgan. “Bundan maʼlum bo‘ladiki, islom dini qotib qolgan va hech qanday o‘zgarishni qabul qilmaydigan din emas. Aksincha, u insonlar ehtiyojini har doim hisobga olgan. Din ko‘rsatmalarini tatbiq qilishda voqelikni inobatga olmaslik, haddan oshish katta xatolarga olib kelishi va jamiyatda turli ixtiloflar avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada shariatning maqsadiga olib boradigan yo‘llar berkilib, xalq mashaqqatga duchor bo‘ladi. Shu bois yangi muammolarni hal qilishda voqelikni chuqur o‘rganish hamda shariat ko‘rsatmalarini shunga muvofiq ravishda tatbiq etish lozim”[2]. Buning uchun esa islomdan chuqur habardorlik, islom teologiyasini bilish va mohiyatini anglash talab etiladi. Shuning uchun ham, islom falsafasining o‘rganilmagan jihatlarini yoritish, keng ommaga falsafa tarixi nuqtai nazaridan tushuntirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Vaqt o‘tishi bilan islom dini tarqalgan hududlarning jadal kengayishi, musulmonlarning boshqa din va madaniyatlar bilan yuzlashishi natijasida yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Yangi sharoitlarda yuzaga kelgan masalalar yechimi uchun Qurʼon va hadislardagi dalillar bilan bir qatorda aqliy dalillarga oldingidan ham ko‘proq ehtiyoj sezila boshladi[3]. Natijada islom dunyosida islom va uning aqidalarini himoyalashga qaratilgan ratsional fikrlash va dalillarga asoslangan islom teologiyasi anʼanalari shakllana boshladi. “Islom ensiklopediya”sida islom dinining asosiy jihatlaridan biri – unga sig‘inuvchi xalqlar 96 uchun islom aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganligi bayon qilinadi. Shuningdek, ensiklopediyaga ko‘ra, islom o‘zining uch davrga bo‘lingan rivojlanish bosqichiga ega. Birinchi davrni istisno holatida Qurʼon davri deb aytish o‘rinlidir.Ikkinchi rivojlanish bosqichini islom dinidagi yo‘nalishlar, mazhablar va firqalarning vujudga kelishi bilan bog‘lab tushuntirish lozimdir. X-XI asrlarda sunniylar va shialar, muʼtaziliylar hamda ashʼariylar o‘rtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketganligini manbalar tahlili ko‘rsatadi. Uchinchi rivojlanish bosqichi sifatida musulmon dunyosida “chekka” hududlar va o‘lkalarining o‘rni va roli ortgani bilan izohlash mumkin. Batamom o‘zga madaniy anʼanalarga ega bo‘lgan xalqlar musulmon dunyosining maʼnaviy hayotiga qo‘shilgach, islomga o‘z diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy meʼyorlari va odatlarini olib kirdilar”[4]. Demak, islomning uch taraqqiyot bosqichida uning aqidaviy, axloqiy, fiqhiy va ratsional asoslari sayqallanib bordi va o‘zining yuksak nuqtasiga ko‘tarildi. Natija islom ilohiyoti ham o‘zining yuksak cho‘qqisiga chiqdi va bu orqali jamiyatga islom aqidasining mustahkam o‘rin egallashiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Islom teologiyasi rivojining ilk davrlarida barcha muammo va masalalarni hal etishda vahiy va payg‘ambar Muhammad tushuntirishlari, keyinchalik Qurʼon, hadislar hamda sahoba va tobeʼinlar obro‘siga tayanish qabul qilingan edi. Shuning uchun ilk musulmonchilikda anʼanaga, yaʼni Qurʼon, Sunna, taqlidga tayanish ustunlik qilgan. Shu bilan birga bu davrda avvalo shariat rivojlanadi. Shariat maʼnosi – to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilikni anglatadi. “Islom paydo bo‘lganidan keyin, oradan 60 yil o‘tmay, Islom davlatining tili, madaniyati va meʼmorchiligi Fors yeridan to Shimoliy Afrikagacha bo‘lgan ulkan hududga tarqaldi. Endi umaviylar sulolasining

Доказательный фрагмент

«Islom ilmiy uyg‘onish davrini turli tushunchalar bilan izohlanadi va bu tushunchalar g‘arblik va sharq olimlar o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Islom ilmiy uyg‘onish davrini turli tushunchalar bilan izohlanadi va bu tushunchalar g‘arblik va sharq olimlar o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
islom, uyg‘onish davri, din, lohiyot, falsafa, adabiyot.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники