Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
POLVONNING METIN BARDOSHI MILLIYLIKNING RAMZIDIR MUROD MUHAMMAD DO‘STNING “DASH-U DALALARDA” HIKOYASI TAHLILI
Ruzmurodova Rayhona
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Maqolada dunyo adabiyotida mavjud an’ana va adabiy usullarni milliy nasrimizga mohirlik bilan payvand qilishga erishgan ijodkorlardan biri Murod Muhammad do ‘stning “ Dasht- u dalalarda” hikoyasida Polvonning metin irodasi, o ‘zbek oilasiga xos bo ‘lgan ichki milliylik tuyg ‘usi va voqealar tizimi haqida atroflicha fikir yuritilgan. Kalit so ‘zlar: obraz, sujet, konflikt, kompozitsiya,badiiy asar tili, badiiy tasvir va ifoda vositalari. Hikoyadagi Polvon va Xadicha obrazi o ‘zining samimiy va betakrorligi bilan kitobxon qalbidan joy olib ulgurgan. Polvon qiyofasida”jonli, otash qalb” nafasi bor hech kimga o‘xshamagan xarakter egasi gavdalanadi. U Xadichaga nisbatan sevgisini hech bir o ‘rinda oshkor qilmaydi, ich-ichidan ayolini yaxshi ko ‘radi. Nima bo ‘lgan taqdirda ham undan ajralgisi kelmaydi. Palvon o ‘zi gapiradi, o‘zi sevadi, o‘zi kuyinadi, hammmasi tabiiy va ishonarli, hech qanday yasamalik, soxtalik sizilmaydi. Oʻquvchi kitobxon goʻyoki oʻz qalbidan polvon tuygan his-tuyg ‘ularni kechiradi. Polvonning Xadichani Xatcha deyishi bo ‘yoqdorlik jozibani kuchaytirgan obrazga “ hayot manbai” singari jon bag ‘ishlaydi. Yozuvchi Nazar Eshonqul shunday deb yozgan edi: “ Mendan bitta asar bilan yozuvchi adabiyotda qolishi mumkinmi deb so ‘rashsa , “Ha! Bu Murod Muhammad Do ‘st va uning “ Dasht-u dalalarda” hikoyasi “, deb javob qaytarardim... Hikoya xalq og ‘zaki ijodi va XX asrdagi nasrning eng so ‘nggi yutuqlarini yelkasida ko ‘tarib turibdi”[1]. Topib aytilgan e’tirofda (Nazar Eshonqul soʻzi nazarda tutilmoqda) hikoyada ikki asos: folklor va dunyo adabiyotining poetik an’analarini o‘zlashtirganligi ta’kidlanadi. Yozuvchi Murod muhammad Do‘stning hikoyalari o‘ziga xos uslubga ega. Hikoyalarini o ‘qigan kitobxon, albatta o‘ziga tegishli xulosani oladi. Adabiyot ayvonida qolishi bashorat qilingan ( Nazar Eshonqul tomonidan berilgan ta’rif nazarda tutilmoqda) hikoya yozuvchining butun ijodiga tenglashtirilarkan, bunga asos yetarlimikin, degan ishtiboh ko ‘ngildan kechadi. Shu bois muallifning ulkan hayayot haqiqatidan xabar beruvchi “Dasht-u dalalar” asarini tahlil etishga, tagmatnidagi ma’nolarni anglashga harakat qilamiz. Hikoya shunday jumla bilan boshlanadi “ Xadicha ketdiyu ko ‘ngildan halovat ham ketdi. Uy bamisoli o ‘lik chiqqanday huvillaydi...”[2]. Demak, voqea favqulotda yuz bergan hodisa tugun bilan boshlanadi. Polvonning halovati shunchaki buzilmagandek ayol ham shunchaki ketib qolmagan. Polvon uchun Xadichaning borligi nafaqat ko ‘ngil halovati, balki tirikligi bilan teng. Xadicha ketganidan so’ng Polvon ham uyiga kelmay qo ‘yadi. Uy uni o ‘z domiga tortadiganday bo ‘ladi. Yolg’izlik tushkinlikka tushish, bu hissiyotlari barchasi qahramon his –tug ‘ularini tabiiy ifoda etadi. Polvonning yuragi “siqildi” odamlar malomat qilsada bog ‘dagi bobosidan qolgan yerto ‘lada yashashni afzal bildi. O‘zi bilan iti Qoratoyni ham yer to ‘laga olib kiradi. Polvon o ‘zidan o ‘tganini o’ zi biladi chiday olmagani uchun dardini iti Qoratoy bilan bo ‘lishadi. Hikoyada voqealar ketma –ketligi qahramon harakatlarini ifodalab beradi. Muallif Adol obrazi talqinida folklor ohanglaridan unumli foydalangan. U qahramonni ruhiy ma’naviy yangilanish sari undovchi kuch sifatida gavdalantiriladi, ismida ham aytilmagan gaplarga ishora bor. Adolat akasiga “Bu kuningizdan o ‘lganingiz yaxshiroq edi” deya ta’na qilib 10 ogʻrinadi. Adolat o ‘z vazifasini bajargach, voqealar markazidan chekinadi. U akasini oldinga intilishiga ko ‘maklashdi desak mubolag ‘a bo’ lmaydi. Polvon qirq kundan beri arazlab uyiga ketgan xotinini xayolidan chiqara olmaydi. Ba’zan turmush oʻrtogʻining “siyogʻi ham esidan chiqqanday” boʻlib uni eslaydi. Darrov shamollab qoladigan ayolining ivirsirab yurishini koʻngli tusay boshlaydi. Aslida turmush oʻrtogʻi oʻzi hoxlab ketgani yoʻq, toʻgʻrirogʻi haydaldi. Erining qayt deyishini intiqlik bilan kutdi, qayta –qayta kutdi. Ammo, Polvon shashtidan tushmadi. Kamiga uydan qizini sudrab chiqishi Xatchaga og’ir botdi, xo’rligi keldi. “Musht yeganda yigʻlamagan ayol, buni eshitib yomon bo’shashdi, ko ‘ziga yosh oldi” O ‘zbek xalqi oila muqaddas “qoʻrgʻon “ ekanligi, shu “qoʻrgʻon “ning shoh va malikasi farzand boʻlishini juda qadrlaydilar. Oradan qirq kun oʻtsada ajrashib ketmasligi azob –uqubatlarga chidamli bo’lish ham bir millatga xos bo’lgan o’zgacha bir g’urur o’zgacha bir iftihordir. Hikoyada e’tibor qaratilgan juda muhim nuqta bor – xalq donishmandligi masalasi. Muallif aynan shu nuqtadan turtki vazifasida unumli foydalangan Polvon hayotini hal qiluvchi kutilmagan ravishda Adol yondira olmagan oʻtni alangaga aylantirish vazifasi Nazar Maxsum zimmasiga tushadi. Polvon nima qilishni bilmay oʻylay boshlaganida Nazar Maxsum olovga moy sepadi. Polvon Konflik ichki ( pixologik) duch keladi. Konflikt (lotincha – toʻqnashuv) deganda badiiy asar personajlarining oʻzaro kurashlari qahramonning oʻz muhiti bilan ziddiyatlari, shuningdek uning ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshiliklar tushiniladi.[4] Nazar Maxsum Polvonni avray
Доказательный фрагмент
«Maqolada dunyo adabiyotida mavjud an’ana va adabiy usullarni milliy nasrimizga mohirlik bilan payvand qilishga erishgan ijodkorlardan biri Murod Muhammad do ‘stning “ Dasht- u dalalarda” hikoyasida Polvonning metin ir…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada dunyo adabiyotida mavjud an’ana va adabiy usullarni milliy nasrimizga mohirlik bilan payvand qilishga erishgan ijodkorlardan biri Murod Muhammad do ‘stning “ Dasht- u dalalarda” hikoyasida Polvonning metin ir… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konflikt, badiiy tasvir va ifoda vositalari., sujet, kompozitsiya, badiiy asar tili, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025