К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR XAYOLINING O’ZIGA XOSLIGI

Yunusova Go‘zal Sultonovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 56-78 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixik jarayonlaridan biri bo’lgan xayol haqida yozilgan bo’lib, unda bolalar psixik rivojlanishida xayolning o’ziga xosligi, ahmiyati, rivojlanishi to’g’risidagi psixolog olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlari hamda ilmiy qarashlari taxlil qilingan. Kalit so’zlar: maktabgacha yosh, xayol, psixik jarayonlar, psixologlar, bolalar, rivojlanish, omillar, ixtiyorsiz xayol, tasavvur, o’yinlar. Maktabgacha yosh - bu psixik jarayonlarini rivojlantirish uchun eng qulay davrdir. Maktabgacha yosh davr bolaning o‘sish, rivojlanish, o‘zini namoyon etishga intilish, o‘rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan davridir. Ushbu davrda bolaning psixik jarayonlari asosan o‘yin faoliyatida rivojlanadi. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Xayolotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi boshqa bilim jarayonlari, birinchi navbatda fikrlashning shakllanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Erta bolalik davrida xayol dam olish xususiyatiga ega va qabul qilingan taassurotlar obrazlari shaklida beixtiyor paydo bo‘ladi: hikoyalar, ertaklar, she’rlar tinglash, film tomosha qilish. Xayolning rivojlanishi uchun bolaga turmush tajribasi, tasavvurlar zahirasi hamda juda ko‘p bilimlar kerak bo‘ladi. Tajriba esa bolaning tashqi olamdagi narsa va hodisalarni o‘zi ko‘rsatishi, voqelik hamda turli sohalarga doir tasavvur hosil qilishi, katta odamlar bilan keng munosabatda bo‘lishi natijasida ortib boradi. Shunday qilib xayol maktabgacha yoshdagi bolalarning taraqqiy etishlarida katta o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi davrda bolaning xayoli yetarli o‘sgan bo‘lishi kerak, chunki maktabdagi o‘qishning birinchi kundan boshlab bolalardan xayol qilish qobiliyatining, xususan, tiklovchi xayol yaxshi o‘sgan bo‘lishini talab qiladi. Xayol faqat bolada kuchli hissiy taassurot qoldirgan, u uchun ayniqsa qiziq bo‘lgan narsani aks ettiradi. Obyektlarni idrok etish va ular bilan o‘yin harakatlarini bajarish bilan tasavvurni ajratib bo‘lmaydi. Maktabgacha yoshidagi bolalarning xayoli, asosan, ularning turli tuman o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar maktabgacha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning xayoli ham xilma-xil bo‘lmas edi. Maktabgacha yoshidagi bolalarning xayollari turli xil mashg‘ulotlarda ham o‘sadi. Masalan, maktabgacha yoshidagi bolalar loy o‘ynashni, ya’ni loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli narsalar ko‘rib o‘ynashni va rasm solishni yaxshi ko‘radilar. Ana shunday mashg‘ulotlar bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiladi. Maktabgacha yosh tasavvurni rivojlantirish uchun sezgir. Aynan shu davrda bolaning tasavvurini boshqarish mumkin bo‘ladi. 5-6 yoshida bolalar asta-sekin beixtiyor yodlash va takrorlashdan, ixtiyoriy yodlashga o‘tishadi. Bu ijodiy tasavvurni rivojlantirish uchun zamin yaratadi, bu esa yangi obraz yaratish imkoniyatini beradi. Tasavvur amaliy vazifalardan oldin boshlanadi, bilim vazifalarini hal qilishda fikrlash bilan birlashadi. Xayol qayta tiklanadi, reproduktiv, u oldindan kutib turadi. Bola rasmda yoki uning ongida nafaqat harakatning yakuniy natijasini, balki uning oraliq bosqichlarini ham tasavvur qila oladi. 38 Maktabgacha yoshdagi bolalarda xayol bir xilda rivojlanmaydi. Agar kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida asosan tiklovchi xayol o‘sgan bo‘lsa, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida xayolning ijodiy turi ham o‘sa boshlagan bo‘ladi. Bolaning bog‘cha yoshida harakat doirasining kengayishi, bilimlarining ortishi, turli xil yangi ehtiyoj va qiziqishlarning paydo bo‘lishi unda xayol jarayoni birmuncha tez sur’at bilan rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalarning xayol qilish qobiliyatlari bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar xayolidan har tomonlama ustun turadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan ixtiyorsiz va tiklovchi xayol bo‘lib, ularning turli-tuman faoliyatlarida o‘sib boradi. Biroq shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning o‘yinlari ham xilma- xil bo‘lmas edi. Demak, bolalarning xayol qilish qobiliyatlari ularni turli xil o‘yinlar o‘ynashga undasa, o‘z navbatida o‘yin ularning xayolini o‘stiradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli mashg‘ulotlarda ham o‘sib boradi. Masalan, bolalar loy o‘ynashni, ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shu jumladan, plastilindan ham), qumdan turli narsalar qurishni, rasm chizishni yaxshi ko‘radilar. Bu mashg‘ulotlar, ayniqsa, rasm chizish mashg‘uloti bolalar xayolini o‘stirishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali ijodiy xayolning yo‘qligi ularning rasm chizishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining chizgan rasmlari hamma vaqt ro‘zg‘or mavzularidan nariga o‘tmaydi. Chunki, bu yoshdagi bolalar har kuni ko‘rib turadigan narsalari haqidagina xayol qila oladilar. O‘rta va, xususan, katta guruh

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixik jarayonlaridan biri bo’lgan xayol haqida yozilgan bo’lib, unda bolalar psixik rivojlanishida xayolning o’ziga xosligi, ahmiyati, rivojlanishi to’g’risidagi psixolog…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixik jarayonlaridan biri bo’lgan xayol haqida yozilgan bo’lib, unda bolalar psixik rivojlanishida xayolning o’ziga xosligi, ahmiyati, rivojlanishi to’g’risidagi psixolog… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivojlanish, o’yinlar., tasavvur, psixik jarayonlar, psixologlar, xayol, maktabgacha yosh, ixtiyorsiz xayol, bolalar, omillar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники