К содержанию
РецензированоUZ2026

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIMOTIDA IJTIMOIY KOMPETENTLIK MASALALARI

Yulbarsova Xurshida Abdullajonovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ijtimoiy kompetentlikning bo‘lajak sotsiolog shaxsining muhim sharti ekanligi sharq mutafakkirlarining ta’limotlari orqali tahlil qilingan. Bo‘lajak mutaxassis, albatta, hayotining tashqi va ichki sotsiumida malakali bo‘lishi kerakligi talab qilinadi. Shu ma’noda u bilim va ko‘nikmalarni nafaqat o‘zining eng yaqin muloqot aloqalari doirasida - ishda, do‘stlar, tanishlar orasida, oilada, balki butun jamiyat orasida ham shakllantiradi. Ularning zamonaviy jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy munosabatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhimdir. Shu sababli ijtimoiy kompetensiya ko‘pincha zarur ijtimoiy texnologiyalardan foydalanish qobiliyati bilan qo‘llab-quvvatlanadigan insonning ijtimoiy etukligining maxsus shakli sifatida qabul qilinadi. Bu jihatdan bo‘lajak sotsiolog ucnun jamiyatdagi, mintaqadagi va davlat xizmati amalga oshiriladigan muayyan shahar yoki hududdagi ijtimoiy tabaqalanish tuzilishini bilishi alohida ahamiyatga ega. Uning kasbiy faoliyati va jamiyat va davlatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosib javob bera olishi ko‘p jihatdan bunga bog‘liq. Bu haqda Sharqning buyuk mutafakkirlari Аbu Rayhon Beruniy, Ibn Holdun, Аbu Nasr Forobiy, Abu Mansur al Moturudiy va boshqa ko‘plab olimlar jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar, ijtimoiy munosabatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilgan. Xususan, Moturidiya maktabining asosochisi Abu Mansur al Moturidiy o‘z asarlarida din, jamiyat, jamoa, ijtimoiy munosabatlar va shaxs haqida ta’limotlar yaratib, ijtimoiy kompetentlikning inson shaxsi va mavqei masalasi, uni turli ijtimoiy siyosiy, diniy tazyiqlardan himoya qiluvchi “murosaviy muvozanat konsepsiyasi” ga asos soladi. U jamiyat va jamoani mohiyatan asoslab berishga harakat qiladi. “Al Moturidiy axloqiy tanlov, ixtiyor erkinligi haqida fikr yuritib, ularni jamoaga, guruhga qarshi bo‘lmasligi va shaxs davlatning va aksincha shaxs oldidagi mas’uliyatni alohida e’tirof etadi. U sotsiologik bilimlarning muhim komponenti hisoblangan jamoatchilik fikri yuzasidan fikr bildirib, islomiy e’tiqodi ham, hayotiy axloqiy sohalarda ham, mafkuraviy siyosatda ham insonlarning yakdillikka erishlarida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi” [4, 35-b.]. Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy o‘zining ko‘plab ijtimoiy fikrlari bilan sotsiologik bilimlar rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning «Fozil odamlar shahri», «Siyosat al- Madaniya» kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o‘z fikr- mulohazalarini bayon qilib, sotsiologiyaga doir quyidagi ijtimoiy kompetentlik xususiyatlarini yozib qoldirgan: 1) “Turli masalalar xususida fikr yuritish, ularning tarkibi, farqi, ehtimolli va mutloq mulohazalarni tiniq, puxta tahlil etish. 2) Keskin va mutlaq (ya’ni e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan) mulohaza xususida fikr yuritish. 3) Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan va bo‘lmagan farqli mulohazalar xususida fikrlash ularning qanday holatlarda qarama-qarshi kuchga aylanib qolishini o‘rganish. 4) Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikrlar, mulohazalarning qanday ko‘rinishlarga ega ekanligini qayd etish. 59 5) Haqiqiy mezon asosida har bir mulohazaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirib ko‘rish va ularning qanday ahvoldaligini o‘ylab ko‘rish. 6) O‘zgaruvchan, o‘zgarmas va o‘zgaruvchi mulohozalarning o‘zgarish ma’no va sabablarini bilib olish. 7) Ma’lum bo‘lgan umumiy fikrdan kelib chiqmaydigan mulohaza ko‘rinishlari xususida fikrga ega bo‘lish. 8) Fikr-qarashlar ta’rifi, ularning nimalar asosida turishi, tarkib topganligini, ehtimolli va mutlaq fikr-qarashlar haqida ilmiy tasavvurlarga ega bo‘lish lozim” [2]. Demak, har qanday sotsiolog o‘z ijtimoiy faoliyatida ijtimoiy fikr va har bir individ fikrini tahlil va sintezdan o‘tkazishi kerakligi haqida xulosa qilishimiz mumkin. Unda mish-mishlar emas aniq va konkret dalillarga tayanga faktlar muhimligini bilishi lozim. Abu Rayhon Beruniy Markaziy Osiyodagina emas, balki umuman Sharqda, jahon fani va madaniyati tarixida ham eng ulug‘ va buyuk mutafakkirlardan hisoblanadi. U o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Minerologiya», «Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan. Beruniy ijtimoiy taraqqiyotga olib boruvchi kuch sotsial barqarorlik va konsensus ekanligiga urg‘u berib, “qarama-qarshiligi ravshan ayon bo‘lgan narsaga qanday ishonib bo‘ladi?”[1, 44-b.], deb mutafakkir qarama-qarshiliklardan holi bo‘lgan jarayonlarda ijtimoiy taraqqiyot ehtiyoji ortib borishiga ishora qiladi. Beruniy tabiat, unda cheksiz ravishda ro‘y berib turadigan tabiiy hodisalar, jarayonlar xususida muhim ilmiy-falsafiy g‘oyalarni ilgari suradi va isbotlab berdi. Olamda bo‘lib turadigan o‘zgarishlar, ya’ni tuzilish va buzilishlarning paydo bo‘lish va yo‘qolishlarning o‘ziga xos sabablari borligi haqida tabiiy-ilmiy va sotsiologik mulohazalarini o‘rtaga tashlaydi. Sharqning yetuk sotsiologi bo‘lgan Ibn Xaldun «Muqaddima» (1381) asarining «Kirish» qismidagi dastlabki bo‘limi «Kishilarning umumiy ijtimoiy hayoti to‘

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ijtimoiy kompetentlikning bo‘lajak sotsiolog shaxsining muhim sharti ekanligi sharq mutafakkirlarining ta’limotlari orqali tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ijtimoiy kompetentlikning bo‘lajak sotsiolog shaxsining muhim sharti ekanligi sharq mutafakkirlarining ta’limotlari orqali tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ega lish, ijtimoiy kompetentlikning, lajak sotsiolog, munosabatlar haqida, rayhon beruniy, nasr forobiy, abu mansur
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники