Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARDA POZITIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH ORQALI IJTIMOIY MOSLASHUV MUAMMOLARINING O‘RGANILISH AHAMIYATI
Sh.E. Yakubova
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В данной статье освещены идеи изучения социальных проблем формирования позитивного мировоззрения у студентов с помощью педагогических учений восточных ученых, а также идеи интеграции студентов в общество путем формирования концепции адаптации в образовательном процессе. Ключевые слова: позитив, социальный, адаптация, глобализация, ценность, справедливость, мировоззрение, оптимизм, добро, личность, социализация. Annotation This article highlights the ideas of studying social problems of forming a positive worldview in students with the help of pedagogical teachings of Eastern scholars, as well as the ideas of integrating students into society by forming the concept of adaptation in the educational process. Key words: positive, social, adaptation, globalization, value, justice, peace, optimism, good, happiness, socialization. Kirish. Jahonda yuz berayotgan globallashuv sharoitida umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash, mavjud qadriyat va qonun-qoidalarga, tevarak atrofdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy voqea hodisalarga nisbatan yoshlarda munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda, munosabatlarda ijobiylik ruhida bo‘lishga chaqirish, yoshlar jamiyatdagi belgilangan axloqiy, madaniy-ma’rifiy, ma’naviy jarayonlarda va bu jarayonlarning ishtirokchisi sifatida qatnashish chog‘ida ijobiy psixologik – pedagogik dunyoqarashda va munosabatda bo‘lish yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda talaba yoshlarning ruhiyatida tetiklik, ijtimoiy faoliyatida mazmunlilik, kelajakka intilish, shaxslararo munosabatlarda dilkashlik va muloqotchanlik, jamoada tashabbuskor, lider, bilim o‘rganishga intilish, tinglashda sabr-toqatlilik kabi sifatlarning shakllangan bo‘lishi va shu asosda talaba- yoshlar jamiyatga mostlashib qadam qo‘yishi, o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishi, shuningdek, yuqorida aytilgan sifat va fazilatlarga egalik qilishi albatda ta’lim va tarbiyaga borib taqaladi. Ta’lim va tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila hisoblansada, lekin bu sifatlarning barchasini shakllantirishda oila doimo ustuvorlik qilishi qiyin. Asosiy qism. Talaba – yoshlar o‘z individual hususiyatlaridan kelib chiqib, ya’ni temperament, xarakter, qobiliyatlarining belgilari talabada pozitivlikning shakllanishida yuqori yoki past darajani ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham bugungi kunda talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirish pedagogik muammo hisoblanadi. Uning individualligiga ta’sir qilishni boshqarish esa ta’lim jarayoniga borib taqaladi. Negaki biz talabalikka kelgunga qadar yoshlar egallagan yaxshi sifatlarini boyitish, salbiy illatlarini yo‘qatish orqali pozitivlik 18 dunyoqarashini uning ruhiyatiga ta’lim-tarbiya orqali singdirish va bunda asosan Sharq allomalarimizning ta’limotlariga tayangan holda tashkil qilish samarali va natijali deb bildik. Shundan kelib chiqqan holda Sharq allomalarining ta’limotlarini, ularning g‘oya va fikrlarini, qarashlarini vosita qilib talabalarda butun hayotida davomida ijobiy fikrlilik, hurramlik, hushkayfiyatlilik, intizomlilik, talabchanlik, kuzatuvchanlik, faollik asosida tevarak-atrofdagilarga nisbatan saxiy, mehribon, hilimli, kechirimli, mas’uliyatli, vadasiga vafodor, samimiy, oliyhimmatli, muhabbatli, irodali bo‘lish kabi pozitiv dunyoqarashini shakllantirish lozimligini muammo sifatida yoritdik. Kelajak avlodda pozitiv dunyoqarashni shakllantirish har bir davrning olimlari tomonidan pedagogik muammo sifatida o‘ziga hos tarzda o‘rganilgan bo‘lib, Sharq allomalarining ta’limotlari vositasida talaba-yoshlarda nekbinlik tuyg‘ularini shakllantirish, ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish masalalari tadqiqot obyekti sifatida keng talqin qilinmagan va bu bugungi kunda atroflicha o‘rganishni ilmiy tadqiqot ishlarini chuqur tahlil qilgan holda olib borishni taqozo qiladi. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik ma‘naviy-madaniy bоyliklаri insoniyаtni ezgulikkа yetаklаshgа xizmаt qilmоqdа. Chunki ulаr nekbinlik fаlsаfаsigа аsоslаngаn bо‘lib, hаr bir shаxsni yаxshi, el- yurt uchun fоydаli bо‘lgаn аmаllаrni bаjаrishgа dа’vаt etаdi. Ulardа аjdоdlаrimizning ijоbiy xulq- аtvоr tаjribаsi о‘z ifоdаsini tоpgаn. Ijоbiy xulq-аtvоr esа pоzitiv dunuyоqаrаshgа аsоslаngаn bо‘lib, аtrоfdаgilаrni mа’nаviy yetuklik sаri undаshdа kаttа аhаmiyаt kаsb etаdi. Mutаfаkkir аjdоdlаrimizning merоsi аvlоdlаrning dunyоqаrаshini bоyitib, ezgulik sаri hаrаkаt qilishgа undаb kelmоqdа. Nаtijаdа kо‘p аsrlаr mоbаynidа yоsh аvlоd dunyоqаrаshidа butun оlаmgа аtrоfdаgilаrgа yаxshilik qilish kаyfiyаti ustuvоr bо‘lmоqdа. Ijobiy fikrlashning mohiyati talaba hayotining istalgan daqiqasida quvonch uchun sabab topa olish va muvaffaqiyatsizliklarni oqilona idrok etish, sabablarni tahlil qilish va ularni qimmatli tajriba sifatida qabul qilish qobiliyatini tarkib toptirishdir. “Pоzitiv dunyоqаrаsh” fenomeni - insоning оdаm vа оlаm, ulаrning xаtti-hаrаkаtlаri, аtrоf- muhit hаqidаgi ijоbiy qаrаshlаr mаjmuini kiritishimiz mumkin. Insоn dunyоqаrаshi uning butun hаyоti dаvоmidа shаkllаnаdi. Bundа uzluksiz tа’lim jаr
Доказательный фрагмент
«В данной статье освещены идеи изучения социальных проблем формирования позитивного мировоззрения у студентов с помощью педагогических учений восточных ученых, а также идеи интеграции студентов в общество путем формиро…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье освещены идеи изучения социальных проблем формирования позитивного мировоззрения у студентов с помощью педагогических учений восточных ученых, а также идеи интеграции студентов в общество путем формиро… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- positive, social, adaptation, globalization, value, justice, peace, optimism, good, odillik, globallashuv, ijtimoiylashuv., ijtimoiy, adaptatsiya, nekbinlik, dunyoqarash, pozitiv, shaxs, yaxshilik, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025