Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EMOTSIYALARNING SHAXS SIFATI VA HAYOT FAOLIYATIGA TA'SIRI - SHARQ VA G'ARB MUTAFAKKIRLARI QARASHLARI TIMSOLIDA
Dostanova Kamola Alisher qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 12 · 2026
Аннотация
Sharq falsafasi azaldan inson ruhiyatini, uning ma’naviy olamini bilishga, odamlarning o‘zaro munosabatlarini anglashga e’tibor bergan. Ushbu maqolada Sharq va G'arb mutafakkirlari qarashlarida hayot faoliyatiga nazar hamda unga emotsiya-hissiyotlarning ta`siriga psixologik nazarlar qiyosiy muhokama etiladi. Kalit so‘zlar: Psixologiya, Sharq, G`arb, mutafakkir, shaxs, faoliyat, dunyoqarash, emotsiya, hissiyot, g'azab, uyat, qo'rquv. Emotsiyalar - (lotin tilidan "zarba, hayajon, to`lqinlanish" deb tarjima qilingan) shaxs hayot faoliyati davomida ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan tajribalarni yuzaga kelish jarayonida paydo bo`ladigan yoqimli' yoki yoqimsiz hislar.Insonning dunyoga va odamlarga bo'lgan munosabati, uning jarayoni va natijalari shaklida aks ettirilgan subektiv psixologik sinf.Insonning shaxsiy qadriyatlari va maqsadlari uning hissiy reaktsiyalarda namoyon bo'ladi.Inson hayotida emotsiyalarning o'rni nihoyatda muhimdir. Emotsiyalar - bu ijobiy yoki salbiy xarakterdagi kechinmalar va hislar, odamning o'zini o'rab turgan dunyoni va odamlarni, o'z harakatlari va harakatlarining natijalarini idrok etish shaklida ifodalangan sub'ektiv xarakterdagi ruhiy holatlarning o'ziga xos guruhi. Emotsiyalar odam Faoliyat va xulq-atvorini tartibga solish tizimida ob'ektiv ravishda markaziy o'rinni egallaydi.Ularning ta'siri ham faoliyat natijalarida, ham tayyorgarlik jarayonida harakatlarida va insonning o'z harakatlariga, o'ziga va atrofidagi odamlarga bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi Turli-tuman o`zgarishlarga boy bo`lgan sharoitida yashayotgan va faoliyat olib borayotgan inson har doim ham vaziyatlarni yengishga, ularga oldindan tayyorgarlik ko'rishga muvaffaq bo'lavermaydi. Uning tarbiya olgan muhiti va yashash sharoitlari ham turlicha bo`ladi. Shuning uchun inson hayotida quyidagi emotsional buzilishlar uchrab turadi: vaziyatli, o'tuvchi va barqaror, takrorlanuvchi, somatik va aqliy buzilishlarga olib keluvchi. Emotsional buzilishlarning eng o'tkir ko'rinishlari turli stressli vaziyatlar, faoliyatda produktivlikning yetishmasligi, "affekt holatida noadekvatlik" va ularning xulq shakllariga mos tarzda – agressiyaning ortishi, qarshilik ko`rsatish, negativizm, asabiylashish, tormozlanish. Aynan shu salbiy tomonlarning emotsional hayotda namoyon bo'lishi shaxs hayoti va faoliyati bilan bog`liq muammolarning paydo bo`lish sababini tushuntiradi. Ko'pgina tadqiqotlar inson xatti-harakatlari va xulq-atvorini emotsional regulyatsiyasi (tartibga solish) hodisalariga bag'ishlangan va Ko'pincha turli manbalarda emotsional regulyatsiya faoliyat va xulq-atvorni tartibga solishning hal qiluvchi deyarli eng muhimi hisoblanadi. Shu jumladan hissiy jihatlar faoliyatni ongli ravishda o'z-o'zini tartibga solish tizimini tadqiq qilish kontekstida tartibga solish, vaqt o'tishi bilan nafaqat hissiy komponentning hissasini aniqlashga yordam beradiFaoliyatni boshqarish jarayoniga emotsiyalarning ta'siri 38 muammosining turli jihatlari bir necha bor muhokama qilingan va sohaning nazariy – metodologik asoslarini tahlil qilishda ko‘plab mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilgan: Insonning emotsiyalari [Vilyunas, 1984; Simonov, 1996], faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari, ong [Leontyev,1972], muloqot [Bodalev, 1981], ehtiyoj-motivatsion soha [Elfimova, 1987], ta’lim jarayoni [Vasilev, 1977, 1998], tafakkur [Breslav, 1979], xotira [Gromova, 1980] va boshqa psixikaning aspektlari [Witt, 1981]ga bog`liqligi bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Sharq mutafakkirlari asarlarida ham emotsiyalarning shaxs faoliyati va hayot sifatiga ijobiy hamda salbiy ta’sir ko`rsatishi haqida o`zlarining fikr-mulohazalarini bayon qilishgan.Xususan Yusuf Xos Hojibning “Qudatg’u bilig” asarida muhabbat, uyat, nafrat, g’azab qilishlik hislari inson organizmiga qanchalik ta’sir o`tkazishi haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan: Yovuzdir kishiga bu qahr-u itob, Bulardan shirin jon chekadi azob. “Hasaddan yiroq tur.Uyatsiz kishidan mudom uzoq bo’l.Nomusli, uyat-andishali bilan do`st tutin”, “G`azabingni bos, doimo og`irlik qil.Sabr qilish ham – jasurlar ishi”. Tabiat bersa gar uyat – ko`z suvi, Tugal kelar unga davlat – yuz suvi. Kishiga chiroydir uyat-andisha, U asrar nojo`ya ishdan hamisha. Uyatsizning yuzi – go`shtsiz bir suyak, Uyatsiz kasaldir, tuzalmas beshak. Ushbu asarda uyatsiz insonning yuzi go`shtsiz suyakka o`xshatilgan.Go`shti shilib olingan suyak hattoki itga ham kerak emasligi ta’kidlab o`tilgan.Uyat hissi kishining yuziga suv beradi, yuziga suv tekkan inson chiroyli bo`ladi, jamiyatda obro`-e’tibori baland bo`ladi.Muhabbat hissiga ham alohida to`xtalib o`tilgan bo`lib: “Do`sting senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo`lsang, uning eng yaxshi ko`rgan narsasini so`ra, tilingda g`azab qilib yoki yuzingni tugib, ya’ni qovog`ingni solib ko`r.Shunda hamma narsa ayon bo`ladi”. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida ham: “…g`azab hayvoniy kuchning, nofaol harakatning oqibatidur, iffat(uyat hissi) mo`tadil darajadagi shahvat quvvatining oqibatid
Доказательный фрагмент
«Sharq falsafasi azaldan inson ruhiyatini, uning ma’naviy olamini bilishga, odamlarning o‘zaro munosabatlarini anglashga e’tibor bergan.»
Образец извлечения
Демо-превьюSharq falsafasi azaldan inson ruhiyatini, uning ma’naviy olamini bilishga, odamlarning o‘zaro munosabatlarini anglashga e’tibor bergan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sharq, qo'rquv., Psixologiya, g'azab, G`arb, mutafakkir, dunyoqarash, shaxs, emotsiya, faoliyat, hissiyot, uyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025