К содержанию
РецензированоUZ2026

MUSIQIY FOLKLOR BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA

Kaxarova Gulnora Sa`dullayevna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 1 · 62-63 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada xalq qoʻshiqlari vositasida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishni oʻziga xosligi va dolzarbligini tahlil asosida keltirilgan va xalq qoʻshiqlarining ijodiy qobiliyatga taʻsir koʻrsatuvchi qirralariga alohida eʻtibor qaratilgan. Kalit soʻzlar : qobiliyat, ijodiy tafakkur, ijodiy qobiliyat, taʻlim, tarbiya, musiqa, musiqa darslari, folklor, xalq qoʻshiqlari, milliy qadriyatlar. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida yosh avlodga musiqiy tarbiya berish ishlari umumdavlat ahamiyatga ega boʻlib, shaxsni shakllantirishning ahamiyatga molik vositasi hisoblanadi.Jahonda boʻlayotgan keskin oʻzgarishlar davrida bolalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, yuksak qobiliyatga ega boʻlishini taʻminlash, estetik tarbiyalash dolzarb muammoga aylanmoqda. Musiqiy taʻlimning oldida turgan turli muammolari orasida, bolalarni xalq musiqa sanʻati bilan tanishtirish masalasi eng muhim masalalardan biri hisoblanib, hozirgi kunda bolaning dunyo va atrof-muhit haqidagi asosiy tushunchalari, nutqi va tafakkuri, qobiliyatlari shakllanayotgan ilk davrlardan boshlab xalq musiqiy folklori vositalari orqali tarbiyalash, milliy musiqa sanʻtiga mehr uygʻotish bugungi kun musiqa pedagogikasini asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Musiqa sanʻati bolalarga oʻzlarini maʻnaviy ahamiyatga ega shaxs sifatida anglash, atrofdagi dunyoni badiiy, estetik va axloqiy baholash qobiliyatini rivojlantirish, madaniyatning bardavom qadriyatlarini egallash, ajdodlarning maʻnaviy tajribasini oʻzlashtirish imkoniyatini beradi. Oʻz millatining ona tilini, urf-odatlarini oʻzlashtirish jarayonida bolaning milliy madaniyati, shu jumladan musiqa hamda xalq qoʻshiqlari haqidagi ilk taasurotlari shakllana boshlaydi . Musiqa pedagogikasiga salmoqli hissa qoʻshgan, taniqli rus pedagog, musiqashunos, jamoat arbobi Nadejda Yakovlevna Bryusova boshlangʻich musiqa taʻlimini ilk davrlarida birinchi navbatda bolalar xalq qoʻshiqlaridan foydalanish zarurligini taʻkidlagandi. Har bir oʻquvchi oʻziga xos qobiliyat va isteʻdodga ega. Bolalar tabiatan qiziquvchan va yangiliklarni oʻrganishga intiluvchan boʻladilar. Ijodkorlik bolalarda juda erta namoyon boʻladi, chunki bu xislat bola normal rivojlanayotganining belgisi hisoblanadi Oʻquvchining ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish uning hayotini yanada boy va mazmunli qiladi. Maktab yoshida ijodiy individuallikni shakllantirish shaxsni yanada toʻliq rivojlantirishning muhim shartidir. Ijodga doimiy va ongli ravishda qiziqib, ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish qobiliyatiga ega boʻlgan shaxs, hayotning oʻzgaruvchan sharoitlari va talablariga yanada muvaffaqiyatli moslasha oladi, oʻziga xos individual faoliyat uslubini osongina yaratadi va oʻzini oʻzi takomillashtirish va tarbiyalashga qodir boʻladi. Ijodiy jarayon xotirani, fikrlashni, faollikni, kuzatuvchanlikni, maqsadga muvofiqlikni, mantiqni, intuitivlikni oʻrgatadi va rivojlantiradi. Musiqiy ijodda hissiy sezgirlik va fikrlash, faoliyatning ijodiy tasavvurlari, tezkor qaror qabul qilish va analitik fikrlash qobiliyatining sintezi yetakchi rol oʻynaydi. Xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilish maktab oʻquvchilarini tarbiyalashning zamonaviy sharoitida koʻp asrlik insoniy qadriyatlar tizimini, odamlar oʻrtasidagi insonparvarlik munosabatlarini saqlab qolish imkoniyatini ochib beradi, darslarda folklordan 34 foydalanish musiqa darslarini sezilarli darajada boyitadi, darslarni tashkil etishning yangi usullarini topishga imkon beradi. Sinfda folklordan foydalanish musiqa darslarini sezilarli darajada boyitadi, darslarni tashkil etishning yangi usullarini topishga imkon beradi, oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida yaxshi munosabatlarni oʻrnatishga, oʻquvchilarda oʻzgaruvchanlik, improvizatsiya, jamoaviy maʻnaviyat va boshqalar kabi xalq ijodiyotiga xos boʻlgan fazilatlarni fazilatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Xalq ijodiyoti tamoyillari asosida qurilgan musiqa darsi – sinkretizm va improvizatsiya - badiiy-xayoliy, assotsiativ fikrlashni, bolaning tasavvurini eng samarali tarzda rivojlantiradi, intonatsion ekspressiv qoʻshiq va plastik harakatlarning uygʻun kombinatsiyasiga yordam beradi. Xalq qoʻshiqlari bilan tanishish boshlangʻich sinf oʻquvchilarini xalqning musiqa va sheʻriy tili, uning majoziy va semantik tuzilishi haqidagi tushunchalarini kengaytiradi. Bolalarning maʻnaviy rivojlanishi takomillashib, ularning atrofdagi voqelikka estetik munosabati tarbiyalanadi va umumiy madaniy dunyoqarashi sezilarli darajada asta-sekin boyib boradi. Bizning davrimizda yaʻni uchinchi ming yillikda insonining maʻnaviy dunyosini shakllantirish, , oʻzbek xalqining madaniy anʻanalarini qayta tiklash va gullab-yashnash vazifasi ayniqsa dolzarbdir. Bolaning shaxsiyatini rivojlantirish vazifasini musiqa darslari, toʻgaraklar, bayramlar va koʻngilochar tadbirlar orqali amalga oshirish mumkin va bularning barchasi maktab oʻquvchilarining ijodiy rivojlanishi uchun katta imkoniyatlarga ega. Musiqa - maktab oʻquvchilarining maʻnaviy hayotinin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xalq qoʻshiqlari vositasida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishni oʻziga xosligi va dolzarbligini tahlil asosida keltirilgan va xalq qoʻshiqlarining ijodiy qobiliyat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xalq qoʻshiqlari vositasida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishni oʻziga xosligi va dolzarbligini tahlil asosida keltirilgan va xalq qoʻshiqlarining ijodiy qobiliyat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, ijodiy qobiliyat, folklor, xalq qoʻshiqlari, musiqa darslari, ijodiy tafakkur, musiqa, qobiliyat, milliy qadriyatlar., taʻlim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники