К содержанию
РецензированоUZ2026

HOZIRGI O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA RAVISH MASALASI (1-qism)

Nodirbek Nosirjon o‘g‘li Xabibillayev

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This research work is devoted to the morphemic structure of isophasic compounds, which is one of the units that are difficult to separate into content. By dividing such units into content, the author expressed his personal attitude to this controversial topic. As a result, it was revealed that extras cannot be divided into content. Basic words and phrases: isofa, isopha compound, composition, morpheme, word formation, isofa that is written by addition, isofa that is written separately. Аннотация. Данная исследовательская работа посвящена морфемному строению изофазных соединений, которое относится к числу трудноразделимых по содержанию единиц. Разделив такие единицы на содержание, автор выразил свое личное отношение к этой спорной теме. В результате выяснилось, что массовку нельзя разделить на контент. Основные слова и словосочетания: изофа, соединение изоф, состав, морфема, словообразование, изофа, которая пишется сложением, изофа, которая пишется раздельно. Izofali birikmalar bu fors va arab tillarida aniqlovchi-aniqlanmish yoki qaratqich- qaralmish munosabatidagi so‘zlar hisoblanadi. Bunday so‘zlar o‘zbek tilida ko‘plab uchraydi. Ularning tarkibga ajratilishi borasida ham bir qancha qarashlar mavjud. (Ba/mayl/i/xotir)/lik so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular mayl va xotir so‘zlaridir. Mayl so‘zi o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi va u istak, xohish kabi ma’nolarni anglatadi. Xotir so‘zi ham o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi va u o‘y, fikr, g‘oya, farosat, qalb, istak kabi ma’nolarni aks ettiradi. Ushbu so‘zning birinchi qismida kelayotgan ba- qismi fors tilida bilan ko‘makchisi o‘rnida ishlatiladi. O‘zbek tiliga fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda ushbu morfemaning ana shu mazmunda kelishini uchratish mumkin: baodob, baayni, bahamjihat, bahavo, bahaq, bahuzur… So‘zning o‘rtasida kelayotgan -i morfemasi forsiy izofa hisoblanib, ushbu so‘zda ikki leksemaning qaratqich-qaralmish munosabatida bir-biri bilan bog‘lanishi uchun xizmat qilmoqda. Hosil bo‘lgan so‘zdan -lik morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda. (Bulbul/i/go‘yo)/lik so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular bulbul va go‘yo so‘zlaridir. Ushbu ikki leksema ham o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi va ikkisi ham faol so‘zlar bo‘lganligi sababli ularning alohida tahliliga ehtiyoj yo‘q deb o‘ylaymiz. -i morfemasi haqida ham yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan -lik morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda. 18 (Mol/i/mardum)/xo‘r/lik so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular mol va mardum so‘zlaridir. Mol so‘zi o‘zbek tilida boylik, mulk, pul, kelinning kiyim-kechaklari: sep, sotiladigan narsa, buyum, tovar, hayvon kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu izofali birikma tarkibidagi mol so‘zi mulk ma’nosida kelgan. Mardum so‘zi izohli lug‘atda kishi, xalq, odamlar, el, ko‘zning qorachig‘i, gavhari ma’nolarini anglatib kelgan. Ushbu izofali birikma tarkibidagi mardum so‘zi xalq ma’nosida kelgan. -i morfemasi haqida ham yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Yemoq mazmunini beruvchi -xo‘r morfemasi ham o‘zbek tiliga fors tilidan o‘tgan. Hosil bo‘lgan so‘zdan -lik morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda. (Dard/i/sar)/lik so‘zi tarkibida ikki leksema mavjud bo‘lib, ular dard va sar so‘zlaridir. Ikkisi ham o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi. Dard so‘zi o‘zbek tilida og‘riq, kasallik, ozor ma’nolarida ishlatiladi. Sar so‘zi ham o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi va bosh mazmunini aks ettiradi. -i morfemasi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan -lik morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda. Dardisarlik so‘zi bosh og‘rig‘i mazmunini anglatadi. (Dard/i be/davo)/lik so‘zi tarkibida ham ikki leksema mavjud bo‘lib, ular dard va davo so‘zlaridir. Dard so‘zi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tdik. Davo so‘zi shifo mazmunida o‘zbek tilida faol qo‘llanadi. Be- morfemasi ushbu so‘zda so‘z yasash vazifasini bajarmoqda. -i morfemasi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan -lik morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda. Dardi bedavo so‘zi imlo lug‘atda ajratib yozilgan. Ushbu izofali birikma bedavo dard mazmunini aks ettiradi. (Bag‘r/i/tosh)/lik so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular bag‘ir va tosh so‘zlaridir. Ikkisi ham o‘zbek tilida faol ishlatiladi. -i morfemasi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan -lik morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda. Ushbu so‘z ijtimoiy hayotda qalbi qattiq insonlarga nisbatan ishlatiladi. (Vaqt/i/chog‘)/lik so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular vaqt va chog‘ so‘zlaridir. Ikkisi ham o‘zbek tilida mustaqil holatda faol ishlatiladi. Vaqt so‘zi o‘zbek tiliga arab tilidan kirgan bo‘lib zamon, muddat, on, mavsum kabi ma’nolarni bildirib keladi. Chog‘ so‘zi o‘zbek tilida to‘rt o‘rinda omonim bo‘lib kela oladi. Ushbu so‘z tarkibida xursand, shod, yaxshi ma’nosida kelgan. -i morfemasi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan -lik morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda. Vaqtichog‘lik so‘zi vaqtni shod o‘tkazish mazmunini aks ettiradi. (Vaqt/i/xush)/lik so

Доказательный фрагмент

«This research work is devoted to the morphemic structure of isophasic compounds, which is one of the units that are difficult to separate into content.»

Образец извлечения

Демо-превью

This research work is devoted to the morphemic structure of isophasic compounds, which is one of the units that are difficult to separate into content. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
so‘z tarkibi, ravish, yaxlitlanish, affikslar., kelishiklar, yasalish, daraja shakli
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники