К содержанию
РецензированоUZ2026

MA’NO KO‘CHISH HODISASINING KOREYS TILIDA IFODALANISHI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Melikova Uljon Burxonova (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada koreys tilidagi ma’no ko‘chish hodisasining ifodalanishi o‘z ma’nosi, ko‘chma ma’nosi, o‘zak, polisemiya, metafora, sinekdoxa, metonimiya, vazifadoshlik tushunchalari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: ma’no ko‘chish, bir necha ma’no, o‘z ma’nosi, ko‘chma ma’no, o‘zak, polisemiya, metafora, sinekdoxa, metonimiya, vazifadoshlik. Koreys tilida ma’no ko‘chish hodisasi 다의어1deb ataladi. 다의어 deb bir so‘zning bir necha ma’nolarda qo‘llanilib kelishiga aytiladi. Koreys tilida 중심 의미 va 주변 의미ya’ni gapning o‘z ma’nosi hamda ko‘chma ma’nolari bor. Bunga misol qilib keltiradigan bo‘lsak: 머리 – bosh so‘zi dastlabki ma’nosi inson tanasining qismi: 민주는 머리를 흔들었다 (Minju boshini qimirlatdi). Ko‘chma ma’noda –수미는 머리를 갂았다 (머리털), 윤지는 머리가 좋다 (지능)2 (Sumi sochini kesdi, Yunji qobiliyatli (kallasi yaxshi ishlaydi) ) kabi qobiliyat bilan bog‘liq bo‘lgan ma’noni anglatadi. Dastlabki holatda bosh so‘zi o‘zak, asosiy ma’noni bildirib bosh qimirlaganini ifodalab kelsa, keyingi holatlarda bosh so‘zi sochga, qobiliyat so‘zlariga almashib ma’no kengayib, boshqa ma’noga aylanib, shunga bog‘liq ma’noda ishlatilayapti. Koreys tilida polisemiya bu kabi bir-biriga aloqasi bo‘lgan ma’noning ko‘plab aloqador tomonlari bilan omonimiyadan farq qiladi. Masalan, 배3 (qorin, kema, nok daraxtining mevasi) so‘zidagi uchta ma’nosi bor, lekin, ular bir- biriga aloqasi yo‘q bo‘lib, ma’no ko‘chishini bildirgani yo‘q, ya’ni, u omonim so‘zdir. Koreys adabiyotlarida o‘zbek tili kabi polisemiyani metafora, sinekdoxa, metonimiya vazifadoshlikga bo‘lib ko‘rsatmagan. Ular faqat bir necha misollar orqali ma’no ko‘chish hodisasini ifodalab bergan. Qisqacha qilib aytganda, ular umumiy qilib berilgan. Biz koreys tilida ma’no ko‘chish hodisasini omonim bilan almashtirmasligimiz lozim. Ularda misollarni ko‘rib chiqadian bo‘lsak, bir so‘zning bir necha bir biriga aloqasi bo‘lgan ma’nolarini ko‘rishimiz mumkin, ammo, bir so‘zning aynan bir biriga o‘xshamagan ikki yoki undan ko‘p ma’no kashf etib, o‘sha ma’nolarga aloqador bo‘lgan o‘z ichidagi polisemiyasi mavjuddir. Koreys tilida ma’no ko‘chish hodisasini quyidagi misollar orqali bilib olishimiz mumkin: Koreys tilida boshqa so‘z turkumlariga nisbatan fe’l so‘z turkumiga oid bo‘lgan so‘zlarda ma’no ko‘chish hodisasi ko‘p uchraydi, ularning ko‘pchiligi metonimiyaga misol bo‘la oladi, bunga misol tariqasida quyidagilarni ko‘rib chiqamiz: 기르다 bu so‘zning tarjimasi tarbiyalamoq, parvarishlamoq deyiladi. a) O‘simlik va hayvonlarni yaxshi parvarishlamoq. 1 김춘주 .이경희 한국어 어휘 연습 TOPIK대비.-교육진흥영구회 2010년 page 85. 2교사용 지도서 문법. –교육 인적 자원부, 2007 년 page 26. 3남기심 고욤근. ‘표준 국어 문법론’ . –서울. 1985 page 67. 26 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo M: 새를 기르다. Qushni parvarishlamoq. 개를 기르다 It boqmoq. Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, 기르다 so‘zing bosh ma’nosi hayvon yoki o‘simliklarni parvarishlash, qarash ma’nolarida keladi, qolgan misollarda esa so‘zning bosh ma’nosi bilan bog‘liq tarzda ma’no ko‘chadi. Bunga misol tariqasida: b) Bolani yaxshi tarbiyalamoq. M: 아이를 기르기 위해 그녀는 직장을 그만두어야 했다. U ayol farzandini tarbiyalash uchun fermadagi ishini tashlashi kerak edi. Endigi misolimizda bu so‘z hayvon yoki o‘simlik emas balki odamga ko‘chayapti. Shu kabilarni quyidagi misollar orqali bilib olishimiz mumkin. d) Odamlarga saboq bermoq.M: 인재를기르다.Vakil tayyorlamoq 제자를 기르다. Shogird tarbiyalamoq, kabilar misol bo‘la oladi. e) Vujud yoki ruhni chiniqtirish yanada kuchaytirish. M: 인내심을 기르다. Chidamlilikni oshirmoq. 그는 체력을 기르기 위해 매일 운동을 한다. U jismoniy kuchini oshirish uchun har kuni sport bilan shug‘ullanadi. f) Soch, soqol kabilarni qirqmasdan uzun qilib o‘stirmoq. M: 수염을 기르다. Soqol-mo‘ylovni o‘stirmoq.머리를기르다Soch o‘stirmoq, kabi misollar orqali기르다 so‘zining bir biriga aloqador bo‘lgan bir necha ma’nolarini ko‘rib chiqdik. 가리다4 so‘zini olaylik, bu so‘zning birinchi ma’nosi biror narsani ko‘rinmaydigan qilib yashirmoq ma’nosini beradi misol qilib keltiradigan bo‘lsak: 손으로 눈을 가리다. Qo‘li bilan ko‘zini berkitmoq. 커튼으로 창문을 가리다. Parda bilan derazani yopmoq, ma’nolarda keladi, Ko‘chma ma’nolarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak: 1. a) Ko‘p narsaning orasida bittasini tanlash, misol uchun: 우승 팀을 가리다. G‘olib jamoani tanlamoq. b) Ko‘ngilga yoqqanini tanlab, qolganini ajratmoq. M: 음식을 가려 먹다. Ovqatni tanlab yemoq. 일을 가리지 않고 하다. Ishni ajratmasdan qilmoq. d) Notanish odamni begona qilmoq. M: 아이가 낯을 가리는 편이다. Bolalar notanish kishini begona qiladi. 놓이다5 Bu so‘z aslida 놓다 – qo‘ymoq noto‘g‘ri felidan kelib chiqqan bo‘lib, qo‘yilmoq deb tajima qilinadi va ko‘p ma’noli so‘zlarda qo‘llaniladi. Misol uchun, 4김춘주 .이경희 한국어 어휘 연습 TOPIK대비.-교육진흥영구회 2010년 page 85 5 김춘주 .이경희 한국어 어휘 연습 TOPIK대비.-교육진흥영구회 2010년 page 88 27 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo a) qo‘yilgan bo‘lmoq (o‘z ma’nosida)연필이 책상 위에 놓여 있다. Qalam stol ustiga qo‘yilgan. b)Yengillik bo‘lmoq. M:마음이 놓이다. Ko‘nglim tinchlandi. d) Nimadir qurilmoq, qo‘yilmoq M:다리가 새로 놓였다. Ko‘prik yangidan qurildi (qurish joyiga qo‘yildi ma’nosida).운명의 갈림길에 놓였다. Qismat ayriliqqa d

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada koreys tilidagi ma’no ko‘chish hodisasining ifodalanishi o‘z ma’nosi, ko‘chma ma’nosi, o‘zak, polisemiya, metafora, sinekdoxa, metonimiya, vazifadoshlik tushunchalari haqida ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada koreys tilidagi ma’no ko‘chish hodisasining ifodalanishi o‘z ma’nosi, ko‘chma ma’nosi, o‘zak, polisemiya, metafora, sinekdoxa, metonimiya, vazifadoshlik tushunchalari haqida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘z ma’nosi, bir necha ma’no, ko‘chma ma’no, metafora, polisemiya, sinekdoxa, metonimiya, vazifadoshlik., ma’no ko‘chish, o‘zak
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники