К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR TIPOLOGIYASINING PEDAGOGIK ASOSLARI

TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI · STUDENTS’ COMMUNICATIVE COMPETENCE · Bazarbayeva Azizaxon Shokirovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

In this article the typology of the effective exercises on developing students’ communicative competence and their pedagogical bases are presented. Kalit so‘zlar: Talabalar, kompetensiya, muloqotchanlik, mashqlar tipologiyasi. Key words: Students, competence, communicative competence, typology of exercises. Ta’lim jarayonini insonparvarlik ruhida tashkil qilish har bir talabaning shaxsini va o‘quv faoliyatini erkin ravishda shakllanishiga tegishli shart-sharoitlar yaratilishini taqozo qiladi. Talabalar guruhi ichida, o‘qituvchi-talabalar o‘rtasida o‘rnatilgan samimiy, erkin munosabatlar, quvnoq va shodon kayfiyat, o‘zaro hayrixohlik, beg‘araz yordam aynan ana shunday psixologik omillardir. Bunday psixologik omillardan foydalanmaslik talabani xato qilib qo‘ysa, qattiq tanqid eshitishidan qo‘rqadigan, yomon baho olsa, tengdoshlariga mazah bo‘lishdan qo‘rqadigan, tortinchoq, o‘z fikrini aytishdan uyaladigan talaba qilib qo‘yadi. Tabiiyki, bunday talabalarning nutqi ham yaxshi rivojlanmay qoladi. Talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlanishiga yo‘naltirilgan kommunikativ ta’limda qo‘yidagi psixologik omillarga asosiy e’tibor qaratiladi: 1. Talabalarga muloqot jarayonida o‘z shaxsiy fikrlarini erkin ravishda ifodalash imkoniyati beriladi; 2. Muloqotning har bir ishtirokchisi o‘z suhbatdoshining(guruh a’zolarining) diqqat e’tiborida bo‘ladi; Bunday muloqotda talabalarning noto‘g‘ri, qarama-qarshi va mantiqqa zid fikrlari ham qo‘llab-quvvatlanadi.CHunki, bularning hammasi talabalarning mustaqil fikrlayotganidan, faol o‘quv faoliyatiga kirishganidan dalolat beradi; 3. Muloqot ishtirokchilari o‘zlarini tanqid qilishlaridan, xatolarga yo‘l qo‘yishliklaridan cho‘chimaslikka o‘rganadilar; 4. Muloqot topshirig‘ini juft bo‘lib yoki guruh bo‘lib bajarishda har bir talabaning individual xususiyatlari, qobiliyati va o‘zlashtirish darajalari hisobga olinadi; 5. Juftliklararo, guruhlararo munosabatlar samimiy, do‘stona yordam, o‘zaro bir-birlariga hayrixohlik, bir-birini tushunish ruhida tashkil qilinadi; 6. Muloqot jarayonida yo‘l qo‘yilgan til normalarining buzilishi, noto‘g‘ri talaffuzlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq to‘g‘rilanmaydi va gapirishdan to‘xtatib qo‘yilmaydi. Bunday xatolar o‘qutuvchi tomonidan hisobga olib boriladi va ularni asta-sekinlik bilan bartaraf qilish choralari 34 ko‘riladi. Shunday qilib, o‘quv jarayonini insonparvarlik ruhida tashkil qilinishi salbiy ta’sir etuvchi psixologik g‘ovlarning bartaraf etilishiga va talabalarning kommunikativ kompetensiyasini shakllanishga olib keladi. Ma’lumki, har qanday maqsad ehtiyoj tufayli paydo bo‘ladi. Metodik adabiyotlarda ehtiyojni tahlil qilishda ta’lim sharoitidan kelib chiqib, obyektiv va subyektiv ehtiyojlar farqlanadi1. Obyektiv ehtiyoj: a) bo‘lajak tarjimonlarning yoshga oid psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, chet til o‘rganish layoqatlari; b) kelgusi tarjimonlik faoliyatida nutq faoliyat turlaridan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikma darajalari; v) davlat va jamiyat talabidan, ya’ni ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqib, bo‘lajak tarjimonlarning chet tildan bilim, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan dasturiy talablar haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Subyektiv ehtiyoj talabalarning: a) o‘rganilayotgan chet til va madaniyatiga munosabatlari; b) chet til o‘rganish usulari va strategiyalari; v) qaysi nutq faoliyat turlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv)ni egallashga qiziqishlari haqidagi ma’lumotlar asosida tahlil etiladi2. Obyektiv va subyektiv ehtiyojlar haqidagi tahliliy ma’lumotlar asosida ta’lim maqsadlari aniqlanadi. Talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlanishiga yo‘naltirilgan ta’limdagi psixologik omillar 1.Talabalarga muloqot jarayonida o‘z shaxsiy fikrlarini erkin ravishda ifodalash imkoniyati beriladi; 2. Muloqotning har bir ishtirokchisi o‘z suhbatdoshining(guruh a’zolarining) diqqat e’tiborida bo‘ladi; 3.Muloqot ishtirokchilari o‘zlarini tanqid qilishlaridan, xatolarga yo‘l qo‘yishliklaridan cho‘chimaslikka o‘rganadilar; 4. Muloqot topshirig‘ini juft bo‘lib yoki guruh bo‘lib bajarishda har bir talabaning individual xususiyatlari, qobiliyati va o‘zlashtirish darajalari hisobga olinadi; 5. Juftliklararo, guruhlararo munosabatlar samimiy, do‘stona yordam, o‘zaro bir- birlariga hayrixohlik, bir-birini tushunish ruhida tashkil qilinadi; 6. Muloqot jarayonida yo‘l qo‘yilgan til normalarining buzilishi, noto‘g‘ri talaffuzlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq to‘g‘rilanmaydi va gapirishdan to‘xtatib qo‘yilmaydi. 1.5-rasm. Talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishiga yo‘naltirilgan ta’limdagi psixologik omillar Talablarning kommuniktaiv kompetentligini rivojlantirish shartlaridan biri, muayyan qoidalar va talablarni bajarishdir. Ushbu qoidalarning eng muhimlari quyidagilar: 1 Edwards A., Knight P. Effective Early Years Education: Teaching Young Children. – London. Open University Press. 2001, – P: 45. 2 Brown D.H. Teaching by principles: An interactive approach to language pedagogy. – NY.

Доказательный фрагмент

«In this article the typology of the effective exercises on developing students’ communicative competence and their pedagogical bases are presented.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article the typology of the effective exercises on developing students’ communicative competence and their pedagogical bases are presented. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Students, competence, communicative competence, typology of exercises, muloqotchanlik, Talabalar, kompetensiya, mashqlar tipologiyasi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники