К содержанию
РецензированоEN2026

SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI

OSHIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI · Xakimova Go‘zal Akbar qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 277-281 · 2026

Аннотация

In this article, the general economic principle of evaluating the effectiveness of innovation is the comparison of the effect (result) and costs obtained from it. The method of calculating the effectiveness of innovations, based on the comparison of costs and results, involves making decisions about the appropriateness of innovations. Key words: integrated efficiency, innovation profitability, cost recovery, production, innovative activity, enterprises, financial stability. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda iqdisodiy rivojlanishning an’anaviy resurslarga asoslangan modelining yagona muqobil varianti bo‘lib, insonlarning intellektual salohiyatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish strategiyasi hisoblanadi. Bunda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda fan sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmoqdarni rivojlantirish, jahondagi globallashuv jarayonlar ta’sirini har tomonlama hisobga olish, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirish va ularni izchil amalga oshirishni taqozo etmoqda. Hozirgi vaqtda jahonning yetakchi davlatlari taraqqiyoti uchun sanoat rivojlanishidan keyingi bosqich xos bo‘lib, bu bosqichda iqtisodiy o‘sish omillarining roli va o‘rni o‘zgarmoqda. An’anaviy hisoblangan uch omilga, mehnat, yer va kapitalga fan-texnika taraqqiyoti omili ham qo‘shildi. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi muhim resurslari hisoblangan axborotlar va bilimlar alohida ahamiyat kasb etib, bunda inson salohiyati hal qiluvchi rolga ega bo‘ldi. Jahonda globallashuv jarayonining chuqurlashuvi va ilmni ko‘p talab qiluvchi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishning ustuvor rivojlanishi har qanday mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va turmush sifati oshishining zaruriy sharti innovatsion faollik bilan belgilanadi. Innovatsion faollik, o‘z navbatida, davlatning iqtisodiy va ilmiy-texnik 50 imkoniyatlari, uning innovatsiyaga oid siyosati va salohiyati, shuningdek, jamiyatning ma’naviy holatiga bog‘liq. Innovatsiya faoliyati umumiy boshqarishning mustaqil yo‘nalishi sifatida XX asrning 10- 20 yillarida ajralib chiqdi. Bu davr tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning texnologik va texnik bazasi vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Dunyoda global umumjahon bozori vujudga keldi. Ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibida yangi ilmiy tadqiqotlar natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ulushi oshib bordi. Texnik jihozlar ko‘pgina modellarining (radio-telejihozlar, hisoblash mashinalari, avtomobillar va x.k) hayot davri qisqardi. Iqtisodiyotda innovatsion faoliyat fan-texnika taraqqiyot yo‘nalishlari, ijodiy va amaliy ishlanmalar hamda tadqiqot natijalarini bevosita amaliyotga joriy qilishga yo‘naltirilgan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Modomiki, «innovatsiya» kategoriyasining mohiyati ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv va texnologik jihatdan ancha keng tushunchadir. Innovatsion faoliyat va yo‘nalishlar sohasi keng ko‘lamli bo‘lib, nafaqat ilmiy-texnikaviy, texnologik yangiliklar va ishlanmalardan amaliyotda foydalanishni o‘z ichiga olmasdan, balki ishlab chiqarilgan tovar- mahsulot, mehnat jarayoni, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish hamda boshqaruv jarayonidagi o‘zgarishlarni ham qamrab oladi. Ilmiy adabiyotlarda “innovatsiya” terminiga ko‘plab turlicha ta’riflar keltirilgan va keng yoritilgan hamda ushbu hodisa bilan bog‘liq jarayonlarning ko‘p xususiyatli turkumlanishi taklif etilgan bo‘lsa-da, lekin ushbu sohaning umumiy atamashunosligi va tasniflanishida umumiy yondashuv mavjud emas. Mavjud adabiyotlarda “innovatsiya” kategoriyasining mohiyati ilmiy nazariy jihatdan atroflicha talqin qilingan bo‘lib, bu jarayon bilan bog‘liq turli xil tavsifdagi jarayonlar izohi keltirilgan. Ular quyidagilardan iborat (1-jadval). 1-jadval “Innovatsiya” kategoriyasini aniqlash terminlari tavsifi Mualliflar “Innovatsiya” kategoriyasining aniqlanishi Innovatsiya - tadbirkorlik rudi bilan motivatsiyalashgan ishlab chiqarish omillarining o‘zgarishi (yangi kombinatsiyalar). Maqsadi - yangi I.Shumpeter ko‘rinishdagi tovarlarni joriy etish va foydalanish, ishlab chiqarishning yangi usul va uslublari, xom ashyoning yangi manbalari, yangi bozorlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari. Innovatsiya - ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. Bunda goyalar va ixtirolardan amaliy foydalanish orqali o‘z xususiyatlari bo‘yicha eng yaxshi B.Santo mahsulotlar, texnologiyalar yaratishga olib keladi va agarda innovatsiya iqtisodiy samara, foydaga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning bozorda paydo bo‘lishi qo‘shimcha daromad olib kelishi mumkin. Innovatsiya - bu tashkilot yoki uni bevosita qamrab olgan muhitga K.Nayt munosabat bo‘yicha u yoki bu yangisini joriy etishdir. Innovatsiyaga «har qanday goya, faoliyat yoki moddiy natija» tegishli, u X.Barnet mavjud shakldan o‘zining sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha farqida yangi hisoblanadi. 51 Yangiliklar boshqa ob’ektlarda tug‘ilish, o‘z

Доказательный фрагмент

«In this article, the general economic principle of evaluating the effectiveness of innovation is the comparison of the effect (result) and costs obtained from it.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the general economic principle of evaluating the effectiveness of innovation is the comparison of the effect (result) and costs obtained from it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
integrated efficiency, innovation profitability, cost recovery, production, innovatsiyalar rentabelligi, integral samara, moliyaviy barqarorlik., harajatlarni qoplash, innovatsion faoliyat, korxonalar, ishlab chiqarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники