К содержанию
РецензированоUZ2026

ULUGʻBEK HAMDAMNING “MUSULMON” HIKOYASIDA QAHRAMON PSEXOLOGIYASI

Ruzmurodova Rayhona

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada "Musulmon" hikoyasidagi ikki inson xarakteri:biri hayotga yaxshi va yomon koʻz bilan boqadigan, faqat oʻzini ishini maqullaydigan, foyda uchun ish koʻradigan boʻlsa, boshqasi har bir narsadan yaxshilik izlaydigan ochiq koʻngil inson obazi kontrast usulda tahlil qilinadi shuningdek syujet va voqealar tizimining oʻrni haqida mushoxada yuritidi. Kalit soʻzlar: kompozitsiya, syujet, ramz, timsol, qoliplash, obraz, peyzaj, portret. Hikoya ekspozitsiyasidan boshlanadi.Hikoya epigrafidan gʻoyasi oydinlashadi. Hikoya koʻklam tabiatini tasvirlash va ikki qushchani daraxt shoxlariga uchib kelib qoʻnishi peyzaji bilan boshlanadi. Peyzaj oʻzi nima? Peyzaj soʻzi fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib "tabiat" "jonsiz narsalarni tasvirlash" degan maʼnolarni anglatadi.[1] Hikoyadagi qushlar asar soʻngigacha ishtirok etadi. Qushlarni ramziy timsol misolida qarashimiz mumkin. Nega qushlarga ramziy timsol maʼnosida qarash kerak?, ular nimaga ishora qiladi? Bir hovlida Hasan va Husan birgalikda istiqomat qiladi. Ular madrasada taʼlim olishib diniy bilim olishadi. Ikki aka-uka egizaklar lekin, ikki xil dunyo, ikki xil xarakter.Yozuvchi qahramonlar portretini quydagicha tasvirlaydi: Hasan koʻp aql oʻrgatadigan oʻzini gapini maʼqullab boshqalarni eshitmaydigan, faqat savob uchun namoz oʻqiydigan, xuddiki jannatga yoʻllanmasi bor insondek oʻzini tutadigan, yordam qoʻlini choʻzmaydigan xudbin obrazi gavdalantirilgan.Husan esa, uning aksi boʻlib, koʻproq tabiat bilan suhbat quradigan, kuni bilan derazadan qarab daraxt shoxlariga qoʻngan qushlarni tomosha qilib oʻtiradigan, janjallarga hoxishi yoʻq, hech kimdan yordam qoʻlini ayamaydigan kishi obrazidir. Hasan Husan bilan koʻp tortishadi " Boʻsh vaqtingni qushlarni kuzatish bilan oʻtkizgincha nomozni kechiktirma"[2]-deb xitop qiladi. Koʻrinib turibdiki qahramon har bir vaqtini ibodatga sarflaydi. Husan unga faqat ibodatni bahona qilishi, biror yordam kerak boʻlsa "Avval ibodat keyin madad" degan gapida Hasanning ishga boʻlgan layoqatsizligi kimgadir yordam qoʻlini choʻzmasligi qahramon xarakteridan anglashildi. Aka-uka yashaydigan uyga qoʻshnisi Hasan va Husanni otasi kasalligi haqida xabar berib ularni ogohlantiradi. Husan darrov yoʻlga tushishni aytsa, Hasan shoshilmay borish kerakligi haqida aytadi. Yozuvchi " Musulmon" hikoyasida qoliplash usulidan foydalangan. Qoliplash oʻzi nima? Qoliplash bu -hikoya ichida hikoya soʻzlash. Qoliplash yaʼni biror asarda biror gapni yoki soʻzini isbotlash uchun, qahramon oʻzining fikrini yetkizib berish uchun hikoya ichida hikoya soʻzlab beradi. Albatta, muallif tomonidan qahramon nutqida bayon etiladi. "Musulmon" hikoyasida ham qoliplash qoʻllanilgan. Hasan Husanga nomozni vaqtida oʻqish kerakligini uqtirib shunday deydi: -" Sen bormagan kuning Abdumaʼruf aytgandila- bu bir kuni aeroportda bir kishi nomoz oʻqiyman deb pastga tushib nomozini oʻqiyotganda samolyot uchib ketibdi.U samolyotdan qolib ketibdi, ertasi kuni u samolyot qulagani barcha nobut 4 boʻlganligi haqida xabarni eshitib suyunibdi. Ana koʻrdingmi namozni qudrati bu..." Husan jiddiy turib rost gapni aytadi: " Sen hamma narsani namozga mengzayverma ajali yetgan bu dunyoni tark etaveradi u samolyotning ichida boshqa nomozxonlar, yosh bolalar, keksalar yoʻq deb, oʻylaysanmi albatta bor.Shularni oʻylamadingmi?" Shu gapiga isbot tariqasida Husan bir hikoya keltiradi: Bir tadbirkor, ish bilarmon kishi chet elga bormoqchi boʻlgan ekan, onasi qattiq qarshilik bildirib yuragi gʻashligini aytib oʻgʻlini aeroportdan olib qolibdi.Oʻgʻli noiloj xonasiga kirib yotibdi. Onasi koʻngli xotirjam boʻlib televizorni yoqsa yangiliklarda oʻgʻli uchmoqchi boʻlgan samolyot portlab ketgani haqida xabarni eshitibdi.Yugurib borib oʻgʻliga oʻgʻlim aytgandimku yuragim gʻash deb sen uchmoqchi boʻlgan samolyot... Onani gapi boʻgʻzida qolibdi. Bolasi pastda joni chiqib holsiz yotardi..." Husan oʻzini gapiga shu uslubda javob qaytarib toʻldiradi. Darhaqiqat inson qachon qaysi vaqtda bu dunyodan koʻz yumishini bilmaydi. Kelajak yoʻq, ertaga nima boʻlishini hech kim bilmaydi. Faqat bugun bor, bugun bilan yashagan idoimnson har ham koʻp narsalarga ega boʻladi. Hikoyada keltirilgan hikoyalar ham qahramon tilidan toʻgʻri bayon qilingan. Masjid imomi Joʻnayd domla ham bir qancha hikoya aytib berad. Qahramonlarimiz otasini oldiga Toshkentga borishganda shifokorlar otasini qon bosmi koʻtarilganini aytishadi. Onasi ham keksa yoshga borgan boʻlsada tinmasligini, oʻzini sogʻligʻiga oʻzi qaramasligini aytadi. Aka uka otasi tuzalguncha qolib soʻngra madrasasiga qaytgach juma nomoziga tayyorgarlik koʻrishadi. Hasan Husanni koʻp undasada Husanni koʻzlari hech bir qushga oʻxshamas antiqa qushlarni izlaydi. Xoʻsh, Husanga nega buncha qushlar yoqib qoldi, bu qushlarni nimasi oʻziga bunchalik tortar edi buni oʻzi ham bilmasdi. Juma nomoziga borguncha ham qushlar Hasan va Husanga hamroh boʻlib uchishdi. Ular hatto Toshkentga ham aka-ukalarga hamroh boʻlib borishgan edi. Masjidga kirganida hamma yigʻilgan edi. Hasan iloji bo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada "Musulmon" hikoyasidagi ikki inson xarakteri:biri hayotga yaxshi va yomon koʻz bilan boqadigan, faqat oʻzini ishini maqullaydigan, foyda uchun ish koʻradigan boʻlsa, boshqasi har bir narsadan yaxshilik…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada "Musulmon" hikoyasidagi ikki inson xarakteri:biri hayotga yaxshi va yomon koʻz bilan boqadigan, faqat oʻzini ishini maqullaydigan, foyda uchun ish koʻradigan boʻlsa, boshqasi har bir narsadan yaxshilik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
timsol, syujet, peyzaj, qoliplash, kompozitsiya, portret., ramz, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники