К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM TAHSKILOTLARI TARBIYACHILARINING OILA BILAN HAMKORLIGI

BILAN HAMKORLIGI · Yunusova Go‘zal Sultonovna

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Maktabgacha ta’lim tahskilotlari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi haqida yozilgan bo’lib, unda bolalar bog‘chasi xodimlarini oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullari to’g’risidagi psixolog olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlari hamda ilmiy qarashlari taxlil qilingan. Kalit so’zlar: maktabgacha yosh, oila, psixik jarayonlar, psixologlar, bolalar, rivojlanish,omillar, tasavvur,o’yinlar. Maktabgacha ta’limni uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich turi hisoblanib, maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan tayanch dasdturda ham ko’rsatib o’tilgan maktabgacha ta’limining vazifalaridan biri “maktabgacha yoshdagi bolalar bilim olish ehtiyojlarini o’qishga intilish, mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash, hamda bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o’zini fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish”dan iborat. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi – pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. Bolalar bog‘chasi va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda tarbiyachi pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin. Bolalar bog‘chasi xodimlaridan oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini keltiramiz.  ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining borishi, ota- onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha ta’lim muassasadagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi.  ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol javob kechalari.  ko‘rsatmali ishlar–ishning bu turlari, ko‘rgazmalar uyushtirish, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar tashkil qilish.  bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan tanishish. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:  bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib borish; 4  ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;  ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malakalardan habardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruxiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);  bola tarbiyasida oila bilan hamjixatlik, bolani to‘g‘ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi na’munalarini o‘rganish va ommalashtirish. Bola maktabgacha ta’lim muassasasida egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘llasa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlash va shu asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida xali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda tarbiyachi javobgar shaxs hisoblanadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi uslubchining rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslaxatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi vazifalaridir. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga ta

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Maktabgacha ta’lim tahskilotlari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi haqida yozilgan bo’lib, unda bolalar bog‘chasi xodimlarini oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usul…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Maktabgacha ta’lim tahskilotlari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi haqida yozilgan bo’lib, unda bolalar bog‘chasi xodimlarini oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usul… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivojlanish, o’yinlar., oila, psixik jarayonlar, psixologlar, tasavvur, maktabgacha yosh, bolalar, omillar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники