Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKISTON GENERAL GUBERNATORLIGIDA SUD TIZIMI
Xudoyorov Jaloliddin Ummat o'g'li
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
Turkiston general-gubernatorligida boshqaruv tizimining mustamlakachilik mohiyati sud tizimi, himoya va jazo institutlari faoliyatida yaqqol o'z aksini topgan. 1865 yilda qabul qilingan ―Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat nizomda viloyat harbiy gubernatori zimmasiga an‘anaviy musulmon sud muassasalarini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. Ma‘muriy va sudlov tizimini o'z qo'lida birlashtirgan harbiy gubernator huzurida harbiy-sud komissiyasi tuzilgan edi. 1865 yilgi ― nizomga asosan mahalliy aholi uchun an‘anaviy sud tizimi – o'troq aholi uchun qozilik sudi va ko'chmanchi aholi uchun biylik sudi saqlab qolindi va ularga fuqarolik va jinoiy ishlarni avvalgidek shariat qoidalari asosida ko'rib chiqish vakolati berildi, ammo qozilarni tayinlash va bo'shatish harbiy-gubernator ixtiyoriga berildi. Ushbu tezisda, Turkiston general gubernatorligida sud tizimi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Kalit so’zlar: Turkiston, sud tizimi, general gubernatorlik, fuqarolik, harbiy-sud, an’anaviy ierarxiya, Rossiya gubernatorligi. An‘anaviy sud tizimiga ko'nikkan mahalliy aholi vakili uchun bu yangi tartiblarga majburan amal qilish og'ir kechdi. Garchi diniy ulamolar sud jarayonlariga o'zgartirishlar kiritish muhimligini e‘tirof etsalar-da, amalda eski tartiblarning tiklanishini talab qila boshladilar. Rossiya savdo-sanoat doiralari manfaatlarini himoya qiluvchi (Birja xabarlari) gazetasida mustamlaka hukumatining sud tizimini isloh qilish harakatlari tanqidga uchradi. Unda rus hukumati musulmon ruhoniylarini o'ziga qarshi qo'yayotganligi, mahalliy aholining an‘analari va qonunlariga aralashuv katta norozilik keltirib chiqarganligi alohida qayd etilgan edi. Xonlik davrida qozilik lavozimiga tayinlash jarayonida eng layoqatli nomzod sinchkovlik bilan tanlab olinib, undan shariat va odat qonunlarini yaxshi bilish darajasini aniqlash uchun imtihon olingan, ya‘ni nomzodlarning chuqur bilimga ega ekanligini hisobga olish mezoni mavjud bo'lgan. Ammo mustamlaka tuzum joriy qilgan tartiblarga ko'ra boshlang'ich saylanish huquqi va qozilik lavozimiga nomzodlarning ilmiy darajasiga hech qanday talab qo'yilmagan. Bunday siyosat natijasida ―xalq sud‘yalari ya‘ni, qozilar lavozimiga ko'pincha musulmon huquqidan etarli bilimga ega bo'lmagan, turli darajadagi suiste‘mollarga va noqonuniyliklarga yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan shaxslar tasdiqlanganlar. Ko'p hollarda qozilik kursisi pulga sotib olinganligi 23 «Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya mahalliy tilda chop etilgan davriy nashrlarda qattiq tanqid qilingan. Qozilarni tayinlashda ularning bilimi hisobga olinmay, saylov natijalarini tasdiqlovchi mustamlaka hukumatining nomzodlarga qanchalik xayrixohligi, ularning ―naqadar ishonchga sazovorligi bosh mezon bo'lib xizmat qilgan. Qozilar tomonidan yo'l qo'yilgan suiste‘molliklar xalqning haqqoniy noroziligiga, turli idoralarga shikoyatlar, iltimosnoma va xatlar bilan murojaat qilishiga sabab bo'lgan, ammo bu murojaatlar yillab javobsiz qolib ketgan, zero hukumat o'zi o'rnatgan tartiblarni bekor qila olmagan. Sud‘yalar tomonidan yo'l qo'yilgan suiste‘molliklar xalqning haqqoniy noroziligiga, turli idoralarga shikoyatlar, iltimosnoma va xatlar bilan murojaat qilishiga sabab bo'lgan va u yerda yillab javobsiz qoldirilgan. Hukumat o'zi o'rnatgan tartiblar, xususan, qozilarni tayinlashda ularning hukumatga ―sadoqatli bo'lishini asosiy mezon sifatida baholash tartiblari saqlanib qoldi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – an‘anaviy sud tizimidan mustamlaka tuzum manfaatlari yo'lida foydalanish edi. Yangi sud tizimining oliy instansiyasi Peterburgdagi Senat hisoblangan. Rossiyada Aleksandr II tomonidan 1864 yilda sud nizomlarining joriy etilishi munosabati bilan imperiya sud tizimida ma‘lum o'zgarishlar sodir bo'ldi. Muvaqqat harbiy-sud komissiyalari tomonidan aholi huquqlarining buzilishi, turli lavozimdagi amaldorlarning o'ldirilishi, rus aholisi tomonidan sodir etilgan talonchilik, o'g'rilik va boshqa og'ir jinoyatlar, hukumatga qarshi jinoiy harakatlar va tartibbuzarliklar ko'rib chiqilgan. Viloyat boshqarmalarida tashkil qilingan sud bo'limlari viloyat harbiy gubernatori nazoratida amalga oshirilgan. Sud ishlari bo'yicha xech qanday bilim vaamaliy tajribaga ega bo'lmagan harbiy gubernatorning bunday vakolatga ega bo'lishi sud ishiga katta zarar etkazgan, juda ko'p tushunmovchilik va chalkashliklarga olib kelgan. Bu anglashilmovchiliklarni hal etish uchun murojaatlar qabul qiluvchi yuqori instansiya – Turkiston general gubernatori bo'lib, u ham etarli bilim va amaliy tajribaga ega bo'lmagan holda juda ko'p masalalarni o'z xolicha hal etgan. U xatto sud tizimidagi amaldorlarning huquq va burchlari haqidagi qoidalarni ham o'zi istagancha o'zgartirganligi taftish jarayonlarida aniqlangan. Turkiston general gubernatori bu borada Rossiyadagi adliya vaziridan ham ko'proq vakolatga ega edi. Sud tizimi va hokimiyatning qo'shilib ketishiga olib kelgan. Bunday holat Rossiyani
Доказательный фрагмент
«Turkiston general-gubernatorligida boshqaruv tizimining mustamlakachilik mohiyati sud tizimi, himoya va jazo institutlari faoliyatida yaqqol o'z aksini topgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюTurkiston general-gubernatorligida boshqaruv tizimining mustamlakachilik mohiyati sud tizimi, himoya va jazo institutlari faoliyatida yaqqol o'z aksini topgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- general gubernatorlik, Turkiston, sud tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024