К содержанию
РецензированоRU2024

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АРАБСКОГО И ПЕРСОНО-ТАДЖИКСКОГО ЯЗЫКОВ В ТУРЕЦКИХ ЯЗЫКАХ

Shamsudinova Iqbol · Abdurayimova Lobar · Usmonova Muxlisa

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article shows the use and characteristics of lexical units related to Arabic and Persian-Tajik languages in Turkic languages. The acquisition of Arabic words and their reasons, lexical aspects specific to Persian-Tajik languages are mutually analyzed. Key words: Turkic languages, Persian-Tajik language, Arabic language, acquired layer, lexicon. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АРАБСКОГО И ПЕРСОНО-ТАДЖИКСКОГО ЯЗЫКОВ В ТУРЕЦКИХ ЯЗЫКАХ Аннотация. В данной статье показано использование и характеристика лексических единиц, относящихся к арабскому и персидско-таджикскому языкам, в тюркских языках. Взаимно анализируются процессы усвоения арабских слов и их причины, лексические аспекты, характерные для персидско-таджикских языков. Ключевые слова: тюркские языки, персидско-таджикский язык, арабский язык, приобретенный слой, лексика. Turkiy tillarni bitta til oilasiga birlashtirgan va boshqa til oilalaridan farqlaydigan xususiyat bu, leksik tarkibning bir-biriga yaqin ekanligi va grammatik qurilishning mushtarakligi sanaladi. Tilning lugʻat tarkibi o’z qatlam va oʻzlashgan qatlam natijasida boyib boradi. Turkiy tillar lugʻat tarkibida boshqa tillarga oid, xususan, arab, fors-tojik, rus, moʻgʻul va boshqa tillarning elementlari uchraydi. Arab tilidan oʻzlashtirilgan so’zlar VIII asrdan boshlanib IX-X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan soʻz o’zlashtirilishiga olib kelgan omillar: Arablar istilosi, islom dinining keng tarqalishi,arab yozuvining qo’llanila boshlaganligi, madrasalarda arab tilining oʻqitilishi, turkiy arab tilining tarkib topganligi, olimlarning arab tilida ijod qilganligi va boshqalar.O’zbek tilidagi arabcha soʻzlar asosan ot va sifat turkumiga tegishli boʻlib, ularning belgilari quyidagilar: 1) ikkita unli yonma-yon keladi. Masalan, doim, shoir, muomala, shijoat, shuur kabi. 2) ikkinchi belgisi tutuq belgisi (‘) ishtirok etadi: ma’no,,qal’a 3) uchinchi belgisi -iy, -viy qo’shimchalarini olib yasalgan bo’ladi; asabiy, oilaviy tarzida. Arab tilining o’zlashtirilishi barcha turkiy tillarda har xil kechgan va ikki xil tarzda amalga oshirilgan. Ozarbayjon, Eron, Qrim xonliklari, Turkiya, Qozon, Astraxan kabi o’z yozuvi, yozma adabiyoti mavjud, fan taraqqiy etgan hududlarda yozuv va yozma nutq orqali oʻzlashtirilgan 7 47 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bo’lsa, yozuviga ega boʻlmagan xalqlar uchun og’zaki nutq shaklidan foydalangan va arab tili o’sha davrda arablar tomonidan istilo qilingan xalqlarning tiliga aylangan. Hozirgi turkiy tillarda arab tilidan olingan so’zlarni ma’nolariga koʻra oltita guruhga ajratish mumkin: Diniy tushunchalarni anglatuvchi atamalar :охираm//акыраm; Aллa; иман//имон kabi Ilmiy abstrakt atamalar:дунё//дуйна; гайраm//кайраm; давлаm//давлеm Iqtisodiy ishlab chiqarish atamalari:мол//мал; қассоб//қассап; фойда//пайда Ijtimoiy-siyosiy atamalar: ариза//арзан//арзы;золим//залым//зулум;жамияm//жамийаm; Grammatik maʼno ifodalovchi atamalar: ва//ве; асло//асла//хасла; албаmmа//албеmmе; Aniq atamalar: arab.сумбуле – оzarb.сумбул; turk.сумбула; turkman. суммул; boshqa tillarda бошоқ//масақ//баш kabi. Turkiy tillar va fors-tojik tillari o'rtasidagi munosabat qadim davrlardan mavjud. Ma'lumotlarga koʻra buning sababi Markaziy va Oʻrta Osiyo hamda Eron Ozarbayjonida oʻzbek, ozarbayjon va fors-tojik xalqlarining birga yashaganligidir. Bu ularning iqtisodiy turmush tarzida, fan, texnika , madaniyat sohalarida ham umumiylik kasb etgan. Oʻzbekistonning bir nechta viloyatlarida Termiz, Buxoro, Samarqand, Fargʻona vodiysi kabi hududlarida oʻzbek va tojik xalqining birga yashaganligi yoki bundan bir necha asrlar oldin Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Muqimiy, Muhyi, Sadriddin Ayniylar oʻrtasida boʻlgan hamkorlik aloqalari va zullisonaynlik kabilar har ikki tilning ham fonetik ham leksik ravnaqiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Fors-tojikcha soʻzlar bir nechta oʻziga xos xususiyatlarga ega va bular: 1) ch, l, g, z kabi undoshlar bilan boshlanadigan soʻzlar forscha-tojikcha soʻzlar hisoblanadi. Misol: chechak, lola, gavhar, ziynat kabi soʻzlar forscha-tojikcha soʻzlardir. 2) -xo’r, -noma, - bon, -xon, -shunos, -dor, -boz, -ser qoʻshimchalari forscha-tojikcha boʻlib, sharobxo’r, mehribon, xonadon kabilar misol boʻladi. Yomgʻir Abdirasulovning "Turkiy tillarning qiyosiy -tarixiy grammatikasi" asarida keltirilishicha fors-tojik olinmalari hamma turkiy tillarda bir xil emas, asosan ozarbayjon, boshqird, qoraqalpoq, qirgʻiz, turk, oʻzbek, uygʻur tillarida uchraydi.Masalan, fors-tojikcha "osmon", " бечора", "гул" soʻzlari turli turkiy tillarda quyidagi koʻrinishda uchraydi: qozoq tilida: аспан, гул, бичара qirgʻiz tilida: асман , гул, turk tilida: асмон, гул oʻzbek tilida: осмон, гул, бечора uygʻur tilida: осмон, гул, бичаре va boshqalar. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, turkiy tillar tilning turli sathlarida turli xil farqli va o'xshash tomonlariga ega.Ayniqsa, o'xshashlik tomonlari leksik sathda ko'proq ahamiyatli

Доказательный фрагмент

«This article shows the use and characteristics of lexical units related to Arabic and Persian-Tajik languages in Turkic languages.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article shows the use and characteristics of lexical units related to Arabic and Persian-Tajik languages in Turkic languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkic languages, Persian-Tajik language, Arabic language, acquired layer
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники