К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK GAZETALARI TILI

O‘ZBEK GAZETALARI TILI · Bozorova Ibodat Ramazonovna · Shodiyeva Iroda Sa’dulla qizi · Bozorova Ibodat (2Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi) · Shodiyeva Iroda (2Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The comprehensive development and expansion of the language of modern Uzbek newspapers can be explained by the development of the period, the growing level of our people. Over the past period, many high-level journalists have emerged. Daily newspapers have become the collocutor of the people. These factors have opened the way for the effective use of the internal potential of our language, as well as the integration of lexical means from other languages into written speech. Now the norms of our literary language have been carefully worked out. As a result, the language of the newspaper has developed in every way, both in the use of words and in the use of grammatical adjectives and sentences. The range of content and topics of modern newspapers has expanded, the method of expression has improved, technically improved, and their appeal 7 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya has increased. They are diverse in content, elegant in form, clear in language and style, and popular. Kalit so‘zlar: gazeta tili, hozirgi gazetalar, publitsistik usul, ijtimoiy omil. Keywords: newspaper language, contemporary newspapers, journalistic method, social factor. Ommaviy aloqaning eng faol vositasi – gazeta tili jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Xalq hayotining barcha jabhalaridagi o‘zgarishlar yangi tipdagi solnomamiz – gazetalarda keng miqyosda aks etib boradi. U xalq xo‘jaligi taraqqiyotini, xalqimizning fidokorona mehnatini, yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib turuvchi kundalik faoliyat oynasidir. Demak, gazeta ijtimoiy hayot bilan hamisha chambarchas bog‘liq. Xuddi ana shu jarayon, ana shu bog‘liqlik gazeta tilini xalq tili bilan tutashtiradi, gazetada xalq tilining barcha xususiyatlarini aks ettirishga olib keladi. Bu, bir tomondan, gazetani ommaga yanada yaqinlashtiradi, ularga yaqindan ko‘mak beruvchi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi bir maslahatchiga aylantiradi, ikkinchi tomondan, xalq tili muhim xususiyatlarining butun yozuv tizimiga singib borishi va shu tariqa adabiy tilning xalqchillashishiga, og‘zaki va yozma nutqni bir-biriga tobora yaqinlashtirishga imkoniyat hozirlaydi. Gazetaning kundalik faoliyati uchun xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan biri ifoda usulining aniqligi va oddiyligidir. Har qanday muhim masalani, har qanday ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisani aniq, oddiy, ravon va ommabop qilib ifoda eta olish gazeta nutqida xalqchillikni ta’minlashning muhim shartlaridandir. Shuning uchun undagi ommaviylikni ta’minlovchi omillar, xususan, aniqlik va oddiylik, soddalik va ravonlik, katta mazmunni kichik hajmda, ixcham tasvirda aks ettira olish kabi til imkoniyatlaridan o‘rinli va unumli foydalanishga katta e’tibor beriladi. Gazeta tilining ilk tadqiqotchilaridan bo‘lgan G.Vinokur qayd etganidek, gazeta juda katta auditoriyaga, til bilimi jihatdan betaraf muhitga, ya’ni turli darajadagi lisoniy-uslubiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan gazetxonlarga mo‘ljallangandir. Binobarin, so‘zning aniq, nutqning ravon bo‘lishi gazeta tilining zarur shartlaridandir.1 Endilikda gazeta xalq tilidan o‘rganish bilan birga, unga o‘z ta’sirini o‘tkazib, ham o‘rgatib, adabiy tilning, nutq madaniyatining targ‘ibotchilaridan biri 1 Винокур Г.О. Культура языка.−М.,1925.− С.105; В.Г.Костомаров. Стилистические «смешения» в языке газеты // Вопросы культуры речи.№8.−М.,1967.− С.20. 8 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya sifatida faol xizmat qilib kelayotganligini aniq his etamiz. Gazeta nutqida ommaviylik, xalqchillik, soddalik, aniqlik, ravonlik va ixchamlik asosiy xususiyat, yetakchi omil bo‘lib qoldi. Nolisoniy zaminlarda ro‘y beruvchi ijtimoiy omillarning o‘zgarishi va rivojlanishi publitsistik uslubning taraqqiyotiga ham turtki bo‘ldi. Demak, publitsistik uslubning, jumladan, gazeta publitsistikasining rivoj topishi, eng avvalo, ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Ammo, shu bilan bir qatorda, tilning o‘z ichki omillari, ya’ni til hodisalaridagi o‘zgarishlar (masalan: uslubiy an’analar va til siyosatidagi ommaviylik harakatlari) ham bu uslubning taraqqiyotida alohida omil bo‘lib xizmat qildi.2 Yana shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili, uning uslublari, shu jumladan, gazeta tili, uning janrlari ham har jihatdan rivoj topdi, ifoda imkoniyatlari kengaydi. Gazeta publitsistikasi yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Gazeta nutqini ifodalovchi vositalarning munosibini topishga intilish, mazmundorligiga va tezkor-ta’sirchanligiga diqqat qilishga katta ahamiyat berildi. Insonlar faoliyatining turli ko‘rinishlaridagi holat-vaziyatlarga mos keladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan funksional-uslubiy vazifalarga bog‘liq tarzdagi nutqiy mezonlar va me’yorlar yuzaga keldi. “Bu subyekt faoliyatining borliq bilan munosabati zaminida ro‘y berdi. Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu nutqning, u yoki bu uslubning shakllanishi muomala-munosabatning ma’lum maqs

Доказательный фрагмент

«The comprehensive development and expansion of the language of modern Uzbek newspapers can be explained by the development of the period, the growing level of our people.»

Образец извлечения

Демо-превью

The comprehensive development and expansion of the language of modern Uzbek newspapers can be explained by the development of the period, the growing level of our people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
newspaper language, contemporary newspapers, journalistic, hozirgi gazetalar, ijtimoiy omil, gazeta tili, publitsistik usul
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники