Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
O’ZBEKISTONNING TURKIY KENGASHDAGI FAOLIYATI VA ISHTIROKINING STARTEGIK ISTIQBOLLARI: TURKIY KENGASHNING BOSHQA MINTAQAVIY TASHKILOTLARDAN FARQLI JIHATLARI (QIYOSIY TAHLIL ASOSIDA)
Jiyanov Sardor Shuxratovich · Tashev Farrux Muzaffarovich · Ozarbayjonning Naxichevan shahrida Ozarbayjon · Qirgíziston va
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1992
Аннотация
Muallif tomonidan ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining Turkiy Kengashdagi faoliyati istiqbollari, mamlakatning kengash a’zosi sifatida ishtiroki natijalari, shuningdek tashkilotning boshqa tashkilot va birlashmalardan farqli xususiyatlari yoritib beriladi. Kalit so’zlar: turkiy tillar, tinchlik va xavsfsizlik, Naxichevan kelishuvi, ratifikatsiya, xalq manfaatlari, qardoshlik, innovatsiya, venchur jamg’armalari, kotibiyat, vazirlar kengashi Turkiy Kengash – turkiy tilli mamlakatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi – kengashga a’zo mamlakatlar o’rtasidagi ishonch va aloqalarni yanada mustahkamlash, savdo, iqtisodiyot, transport, energetika turizm va madaniy-ma’rifiy sohada hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash sa’y harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat. 1992-yilda ilk bor Turkiyaning marhum prezidenti Turg’ut O’zal tashabbusi bilan “Turkiyzabon davlatlar sammiti bo’lib o’tdi. 2009-yilning 3-oktyabr kuni Ozarbayjonning Naxichevan shahrida Ozarbayjon, Qozogíston, Qirgíziston va Turkiya o’rtasida “Naxichevan kelishuvi” imzolandi va “Turkiy kengash” xalqaro tashkilotiga asos solindi. Tashkilot kotibiyatining bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi. Tashkilotning rasmiy tillari: inglizcha, turkcha, o’zbekcha, qozoqcha, ozarbayjoncha va qirg’ízcha. 2019-yil 14-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qildi. Prezident tomonidan Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisida ma'qullangan “Turkiy tilli davlatlar hamkorligi Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini 16 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya (Naxichevan, 2009 yil 3 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi. O’zbekiston Respublikasining Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo’lishi yirik strategik ahamiyat kasb etgan voqe’lik bo’ldi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida ishtiroki ushbu tashkilotning a'zo-davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, huquq-tartibot, tabiatni muhofaza qilish, madaniy, ilmiy-texnikaviy, ta'lim, energetika, transport, kredit-moliya va o‘zaro manfaatli boshqa sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga ko‘mak ko‘rsatadi. O’zbekiston turkiy tilli mamlakatlar o’rtasida aholi soni bo’yicha dunyoda Turkiyadan so’ng ikkinchi o’rinni egallaydi. Bu esa Turkiy tilli davlatlar kengashi O’zabekiston tashkilotga a’zo bo’lgunga qadar to’la-to’kis shakllanmaganligidan dalolat beradi. O’zbekiston Respublikasining tashkilotga a’zo bo’lishi tashkilotning boshqa a’zolari tomonidan anchayin iliq kutib olindi. Rasmiy shaxslar, ekspertlar xalqimizning turkiylar tarixidagi oʻrni, bugungi salohiyati va ahamiyatini eʼtirof etdi. O’zbekiston Respublikasining tashkilotga a’zo bo’lishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turkiy Kengashga aʼzolik xalqimizning tub manfaatlariga toʻla javob beradi. Bugungi kunda oʻrtamizda nafaqat madaniy-maʼnaviy aloqalar, balki savdo-iqtisodiy munosabatlar ham yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Oxirgi uch yilda davlatlarimizning oʻzaro savdo hajmi salkam ikki barobarga oshdi, mingdan ortiq yangi qoʻshma shirkatlar ochildi. Transport qatnovlari kengaymoqda, vizasiz tartib asosida turistlar oqimi tobora koʻpaymoqda, xalqlarimizning qardoshlik rishtalari mustahkamlanmoqda” – deya o’z fikrini bildirib o’tdi. Bugungi kunda tashkilotda quyidagi sohalar faoliyat yuritmoqda: Istanbul kotibiyati Prezidentlar kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashi Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi Bokudagi parlament assambleyasi Ostonadagi turkiy akademiya Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti 17 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya O’zbekiston Respublikasining Turkiy kengashga qo’shilishi kutilgan va tabiiy jarayon edi. 2017-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasining Turkiy kengash ishtirokchi davlatlari bilan ikki tomonlama savdo aylanmasi yiliga o’rtacha 30% ga oshib bormoqda. Shuningdek, Turkiy kengash a’zosi hisoblangan Turkiya, Ozarbayjon kabi iqtisodi yaxshi rivojlangan, va strategik jihatdan ancha qulay sharoitda joylashgan mamlakatlar bilan yaqindan aloqalar Respublika uchun yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. Yaxshi bilamizki bugungi kunga kelib tashkilot xaritasi ancha kengaygan. A’zo mamlakatlardan tashqari rivojlangan yevropa davlati bo’lgan Vengriya kuzatuvchi maqomini. Shuningdek Turkmaniston va Shimoliy Qibris turk respublikalarining tashkilotga a’zo bo’lishi kutilmoqda. O’zbekiston Respublikasi uchun tashkilot doirasida aloqalarni mustahkamlash mamlakat iqtisodiyotida sezilarli ijobiy o’zgarishlarga olib keladi. Quyidagi jadval orqali kengashga a’zo mamlakatlar iqtisodiy salohiy
Доказательный фрагмент
«Muallif tomonidan ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining Turkiy Kengashdagi faoliyati istiqbollari, mamlakatning kengash a’zosi sifatida ishtiroki natijalari, shuningdek tashkilotning boshqa tashkilot va birlashm…»
Образец извлечения
Демо-превьюMuallif tomonidan ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining Turkiy Kengashdagi faoliyati istiqbollari, mamlakatning kengash a’zosi sifatida ishtiroki natijalari, shuningdek tashkilotning boshqa tashkilot va birlashm… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- venchur jamg’armalari, turkiy tillar, Naxichevan kelishuvi, innovatsiya, xalq manfaatlari, vazirlar kengashi, kotibiyat, qardoshlik, tinchlik va xavsfsizlik, ratifikatsiya
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026