Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAFQATSIZ QATAGʻON XRONIKASI
SHAFQATSIZ QATAGʻON XRONIKASI · Ozodova Ullibibi Jumanazar qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В статье на основе документальных архивных материалов анализируется, как проводились репрессии в бывшем СССР и кто за ними стоял. Сделаны выводы о последствиях этих чудовищных преступлений. Даются комментарии о том, как этот процесс оставил свой след в истории и общественной жизни народов и как он отражен в национальной литературе. Ключевые слова: репрессивная политика, архивные материалы, репрессии и литература Annotation. Based on documentary archival materials, the article analyzes how the repressions were carried out in the former USSR and who was behind them. Conclusions are drawn about the consequences of these heinous crimes. Comments are given on how this process left its mark on the history and social life of peoples and how it is reflected in national literature. Key words: repressive policy, archival materials, repression and literature Inson uchun Mustaqil va Ozod yurtda dunyoga kelishning nechogʻlik katta baxt ekanligini, mustamlaka oʻlkada tugʻilib, “qullik” zahmatini chekkan odam yaxshiroq tushunsa kerak. “Qullik” bu faqat jismoniy mehnatga jalb qilinishgina emas, balki , fikrlash, fikr bildirish huquqidan ham mahrum boʻlish va buyrulganlarini soʻzsiz “oʻylab ham oʻtirmay bajarish”dir. Tarixdan ma’lumki, bizning yurtimiz ham uzoq muddat ayni shu “qullik“ davrini boshidan oʻtkazdi. Bu shunday davr ediki, odamlar hukumat tepasidagilarning kayfiyati yaxshi boʻlishini duo qilib tong ottirardi, bu shunday davr ediki, Sharq sivilizatsiasi markazi boʻlgan 19 «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya davlatlar uchun taraqqiyot darvozalari berkitib qoʻyildi va oqibatda Yevropa va Gʻarb mamlakatlaridan taraqqiyotda ancha orqada qolib ketish kuzatildi. Sovet davlati tarixi – bu siyosiy qatagʻonlarning uzluksiz tizimidan iborat: Inqilob va Fuqarolar urushi, Polshaga bostirib kirish, “bosmachilik”ka qarshi kurash, Afg'onistonga birinchi tajovuz (1928-y.), “kollektivlashtirish”, “quloqlashtirish” Leningrad va Ozarboyjondan deportasiya qilish, “Katta qirg'in” 1939 va 1941- yil 25-iyunida Finlyandiyaga bostirib kirish, Polshaga ikkinchi tajovuz (1939-y), Ikkinchi jahon urushi, xalqlarning deportatsiya qilinishi (qrim tatarlar, koreyslar va boshqalar), kosmopolitizmga qarshi kurash, Vengriya (1956-y) va Chexoslovakiyaga (1968- y) bosib kirish, dissidentlarga qarshi kurash, Afgoniston urushi, sovet harbiylarining Yaqin Sharq, Vetnam, Laosdagi qurolli ziddiyatlardagi ishtiroki, “O'zbeklar ishi” yoki “paxta ishi” va boshqalar.[1] Sovet davlatining ichki va tashqi urushlari natijasida xalqning turmush darajasi avvalgidna tang ahvolga kelib qolgan edi. Bundan tashqari, o'zbek xalqi boshiga mislsiz darajada katta fojialarni keltirgan, yuz minglab begunoh vatandoshlarimizning yostig'ini quritgan - 1937- 1938-yillardagi “Katta qirg‘in”ni esa shubhasiz “XX asr vabosi” deb atash mumkin. Sovet hukumati “Katta qirg'in” davrida zamon va makonga insoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan munosabatda bo'luvchi, hur fikrlaydigan, totalitar tizimga qarshi chiquvchi o‘z dushmanlarini shafqatsizlarcha mahv qildi.(oʻsha manba) SSSR Ichki ishlar xalq komissari Nikolay Yejov tomonidan 1937-yil 30- iyuldagi “Sobiq quloqlar, jinoyatchilar va boshqa sovetlarga qarshi unsurlarni qatagʻon qilish operatsiasi toʻgʻrisida” gi 00447-sonli mutlaqo maxfiy operativ buyruqqa muvofiq 1937- yil 10-avgustdan 1938- yil 1- yanvargacha boʻlgan vaqtda Oʻzbekiston boʻyicha jami 10700 kishi qamoqqa olingan, ulardan 3613 kishi otuvga, 7087 kishi 8- 10 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. 1-toifa bo‘yicha otuvga hukm qilinganlarning 1376 nafari sobiq quloqlar, 952 nafari jinoyatchilar va 1285 nafari boshqa aksilinqilobiy unsurlar bo‘lgan. 2-toifa bo‘yicha hukm qilinganlarning 4548 nafari sobiq quloqlar, 727 nafari jinoyatchilar, 1812 nafari boshqa aksilinqilobiy unsurlar bo‘lgan.[2] 1937-1939-yillaming o'zidagina O'zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD)ning (“troyka”) “uchlik”lari tomonidan 41 ming nafardan ko'proq kishi qamaldi. Shulardan 37 ming nafardan ko‘prog‘i sudlandi, 6920 kishi 20 «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya otib tashlandi. Asossiz qamalib, jinoiy javobgarlikka tortilgan kishilar orasida partiya, sovet, xo'jalik xodimlari, harbiylar, ziyolilar va kolxozchilar juda ko‘p edi.1 Shu oʻrinda bu “qirg’in operatsia” larini olib borgan, buyruqqa muvofiq tuzilgan (“troyka”) “uchlik” larga toʻxtalsak, SSSR NKVD troykalari yoki SSSR NKVD respublika, o`lka va viloyat uchliklari - SSSR NKVD respublika, o`lka va viloyat boshqarmalari huzuridagi ma'muriy (suddan tashqari) repressiya organlari. 1937- yil avgustdan 1938-yil noyabrgacha SSSRda "antisovet elementlarini" bostirish bo'yicha operatsiya o`tkazish maqsadida tashkil etilgan. Ular uch kishidan - boshliq, viloyat qo'mitasi kotibi va prokurordan iborat bo`lib, nomlanishi shundan kelib chiqqan. 1937-yil 5-avgustdan barcha respublikalar, o‘lkalar va viloyatlarda sobiq quloqlar, faol a
Доказательный фрагмент
«В статье на основе документальных архивных материалов анализируется, как проводились репрессии в бывшем СССР и кто за ними стоял.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье на основе документальных архивных материалов анализируется, как проводились репрессии в бывшем СССР и кто за ними стоял. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- repressive policy, archival materials, repression and literature, arxiv materiallari, qatagʻon (repressiya) siyosati, repressiya mavzusi va adabiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024