К содержанию
РецензированоUZ2026

TURKİSTON JADİDCHİLİK HARAKATİNİNG BONİYSİ MAHMUDXO'JA BEHBUDİY

Aliyeva Nilufar Qo'chqar qizi · boshlaganlar. Mulla Olim Abulqosimov · Sattorxon Abdulgʻafforov · chiqdi. Bular: Ismoil Obidiy · Mahmudxoʻja Behbudiy · Abdulla Avloniy · Ubaydulla Asadullaxoʻjayev · Abdurauf Fitrat · Saidrizo Alizoda · Ashurali Zohiriy · Haydarxoʻja Mirbadalov

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi bo'lgan Mahmudoxo'ja Behbudiy haqida ma'lumotlar yoritib berilgan. Kalit so'zlar: Turkiston, publitsistlar, jadidchilar, Mahmudxo'ja Behbudiy, "Padarkush", drama , milliy fojia. Turkistonda matbuot yuzaga kelishi bilan jurnalistikaga qiziquvchilar, ilk xabarchilar (muxbirlar) ham paydo boʻldi. Mahalliy aholidan chiqqan dastlabki jurnalistlar asosan, "Turkiston viloyatining gazetasi"ga yozishdan boshlaganlar. Mulla Olim Abulqosimov, Sattorxon Abdulgʻafforov, Ibnaminbek Xudoyorxonov, Furqat kabi dastlabki publitsistlarning qalami shu tarzda charxlandi. XX asrning boshiga kelib milliy matbuot paydo boʻlgach, musulmon qavmlarilan koʻzga qoʻringan publitsistlar bilan birga, muharrirlar ham yetishib chiqdi. Bular: Ismoil Obidiy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarkori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Abdurauf Fitrat, Ahmad Zaki Validiy, Ahmadjon Bektemirov, Mahmudov, Kabir Bakir, Ibrohim Tohiriy, Hamza, Saidrizo Alizoda, Ashurali Zohiriy, Haydarxoʻja Mirbadalov, Husayn Makayev va boshqalar. Ayni paytda, milliy matbuotning taraqqiy topa borishi jarayonida Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli (Choʻlpon), Hoji Muin. Mirmuhsin Shermuhamedov, Shokirjon Rahimiy, Abdulla Qodiriy, Xolid Said, Gʻozi Yunus, Moʻminjon Muhammadjonov (Toshqin), Fansurullobek Xudoyorxonov, Akobir Shohmansurzoda kabi isteʼdodli publitsistlar ham shakllandi. Qardosh tatar-boshqird xalqlarining Ismoil Obidiy, Ahmad Zaki Validiy, Noʻshiravon Yevushev, Rauf Muzaffarzoda, Shokir Muxtorov, Ibrohim Tohirii, Ahmadjon Bektemirov, Husayn Makayev, Kabir Bakir, Fotih Bakir kabi, qondosh Ozarbayjon xalqining Muhammad Amin Afandizoda, Jalol Yusufzoda, Piriy Mursalzoda singari fidoyi vakillari ham oʻzbek publitsistikasining taraqqiysiga munosib hissalarini qoʻshdilar. Mahmudxoʻja Behbudiy, Mirmuhsin Shermuhamedov, Choʻlpon, Moʻminjon Muhammadjonov, Bahrombek Davlatshoyev kabi qalam sohiblari Turkistonda chiqadigan gazeta va jurnallarga yozish bilan birga, oʻlkadan tashqarida chiqadigan "Shoʻro", "Vaqt" singari nashrlarda ham turli janrlardagi publitsistik asarlari bilan ishtirok etdilar. 1 «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 9-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Ulamolarning katta avlodiga mansub Saidahmad Vasliy, Abdurahmon Siddiqov (Sayyoh), Taqsudxoʻja domla, Fazlulvahhob qori, Toʻlagan Xoʻjamiyorov (Tavallo) ziyolilar ham publitsistik asarlari bilan jamoatchilik eʼtiboriga sazovor boʻlishdi. Oʻzbek ayollaridan chiqqan ilk qalamkashlar Podshoxonim Jalilova, Nozimaxonim, Salomat Mahfuz va boshq.) asriy jaholat zulmatini yorgan nur kabi koʻzga tashlandilar. Rus tilida chiqqan gazeta va jurnallarda ham talaygina iqtidorli publitsistlar ijod qilishdi. Ular orasida yirik ijodkorlar Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Abdulla Avloniy, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va Fitrat oʻzbek publitsistikasiga asos soldilar. Mahmudxoʻja Behbudiy 1875 yili 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida tavallud topdi. 18 yoshidan qozixonada imom-xatiblik qila boshlaydi. 1903 yildan matbuotda oʻz hxabarlari, maqolalari bilan qatnasha boshladi. Mahmudxoʻja Behbudiy oʻz maqolalarida hodisalarning ijtiomiy mohiyatini ochib berishga intilgan. Uning "Tiyotru nadur?" sarlavhali maqolasida buni yaqqol koʻrish mumkin. Muallif "Tiyotru nadur?" deya savol bergach "Tiyotir ibratnamodur", "Tiyotir vazxonadur, tiyoti taziri adabiydir", deya unga timsolli taʼrif beradi. Ayni paytda, teatrning jamiyat aʼzolariga saboq beruvchilik xususiyatini ham qayd etadi: "Teatrxona sahnalarinda qoʻyulatturgʻon sarlar fojea, yaʼni qaygʻulik, mazahga yaʼni kulgu drama, yaʼni hagomalik bir voqea va hodisani tasvir etib haloyiqgʻa koʻrsatilur. Ul voqeadagi yomonlik va yaxshilikni paydo boʻlgani va sababini har kim koʻrub, anglab, ibrat olur va yamonlikdan qoʻshib, yaxshilik va harakat qilmoqgʻa, tiyotirda koʻrsatilgʻon voqealar sabab boʻlur".millat farzandlaridan turli sohalar uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlash kerak, deydi. Agar biz bu yoʻlni tutmasak, boyliklarimiz, mulklarimiz, asboblarimiz boshqa millatlar qoʻliga oʻtib ketadi. Mahmudxoʻja Behbudiy boylarga murojaat etar ekan, bordi-yu, oʻn nafar boy bir yilda ming soʻmdan berishsa, 25 nafar bolani Toshkentda "diniy va zamonaviy" bir "pansion" ochsa boʻladi, kechki va kunduzgi mukammal maktab tashkil qilib, har yili hukumat maktabida 50 bola tayyorlab chiqarsa boʻladi, deya aniq takliflar kiritadi. "Oʻn yilda bulardin ...-deb yozadi u,-200 muhandis, duqtur, huquqshunos, muallim, zamona tojiri, valloh... chiqar va bizni zamon odamlari qatorida qoʻyarlar va davlat ishiga kirarlar". Publitsist oʻz maqolasida xalqning rus tilini, qonunlarni bilmaganligi uchun haqhuquqini, manfaatini himoya qila olmasligidan kuyunib gapiradi. Rus tilida bemalol gaplasha oladigan, qonunlarni yaxshi biladigan yuristlarimiz paydo boʻlsa, deb orzu qiladi. "Sud mahkamalarinda, davlat doiralarinda kirib, har huquqshunos oʻ

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi bo'lgan Mahmudoxo'ja Behbudiy haqida ma'lumotlar yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi bo'lgan Mahmudoxo'ja Behbudiy haqida ma'lumotlar yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkiston, publitsistlar, jadidchilar, Mahmudxo'ja Behbudiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники