Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUQUQBUZARLIKKA MUROSASIZ YOSHLARNI TARBIYALASH-DAVR TALABI
Mirjavharova Feruza Usmonjonovna · Tel: . E_Pochta. Mirjavharovaferuzaxon@gmail.com
Современная наука и исследования · 1 · 2023
Аннотация
This article provides information on what to pay attention to when raising young people who do not tolerate crime. Key words: Rule of law, Juvenile justice, legal consciousness, legal culture, honesty vaccine. ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЕЖИ БЕЗ ТЕРПИМОСТИ К ПРЕСТУПНОСТИ - ТРЕБОВАНИЕ ВОЗРАСТА Аннотация. В данной статье представлена информация о том, на что следует обращать внимание при воспитании молодежи, нетерпимой к преступности. Ключевые слова: Верховенство права, ювенальная юстиция, правосознание, правовая культура, вакцина честности. Mamlakatimizda yoshlarni huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Chunki yoshlarning huquqiy savodxonligi, qonunlarga amal qilishi va ulardan o‘z manfaatlarini himoya qilishda foydalana olishi mamlakat taraqqiyotiga bevosita ta’sir etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish to‘g‘risida”gi 1-ustavor yo‘nalishining Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash maqsadida yuvenal adliya tizimini shakllantirish belgilangan. 530 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 “Yuvenal yustitsiya” deganda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ximoya qilish bo‘yicha maxsus (alohida) sud-huquq tizimi tushuniladi. Shu bois yurtimizda voyaga yemaganlarning huquqbuzarliklarini barvaqt oldini olishni taʼminlash, jamiyatda ularni huquqiy madaniyatini va huquqiy bilimlarini yuksaltirish, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat va qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik munosabatini singdirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “Shaxs-oila-mahalla - ta’lim muassasasi-tashkilot-jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 09.01.2019 yildagi PF-5618-sonli farmonida belgilab berilgan. Mazkur prinsip asosida 5 yildan ortiq muddat voyaga yemagan shaxslar bilan ishlab kelingan va ushbu prinsip asosidagi islohotlar davom ettirilmoqda. Yoshlarimizda huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantish huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga xizmat qiladi. “Shaxs - oila - mahalla - ta’lim muassasasi - tashkilot - jamiyat” prinsipida markaziy o‘rinni ta’lim muassasi egallaydi. Shu sababli ham xurmatli yurtboshimiz har bir murojaat va chiqishlarida peddagoglarga alohida e’tibor berib keladilar. Ta’lim muassasasi, shu jumladan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida voyaga yetmagan shaxslar shaxs sifatida shakllanadi va aynan shu ta’lim dargohida ular asosiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Amaldagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida huquq ta’lim olishda mavjud bo‘lgan bo‘shliq Prezidentimizning 24.05.2024 yildagi PF-80-sonli Farmoni bilan to‘ldirilgan. Xozirda umumiy o‘rta ta’limdagi xolat yoshlarni kerakli huquqiy bilimlarni egallashiga yetarli bo‘lmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi o‘quvchi yoshlarni huquqiy bilimlarni mukammallashtirishga ko‘mak berishi shubhasizdir. Mazkur farmonga muvofiq maktablarda “Huquq olamiga sayohat” o‘quv dasturlari joriy etilishi, “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasini tashkil e‘tilishi, yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan online huquqiy savodxonlik maktabi tashkillanishi, qolaversa 2 080 ta 531 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 maktabda “Huquq sinfi” va huquq fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etilishi yoshlarimizda qonunlarga hurmat, mamlakatga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytiradi hamda huquqiy savodxonlikni oshishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda barcha yoshlarni davlat kelajagiga befarq bo‘lmasligiga undaydi. Zero ma’nan yetuk, barkamol, huquqbuzarlikka murosasiz yoshlarni tarbiyalash-davr talabi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20.01.2020 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik v
Доказательный фрагмент
«This article provides information on what to pay attention to when raising young people who do not tolerate crime.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on what to pay attention to when raising young people who do not tolerate crime. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Rule of law, Juvenile justice, legal consciousness, legal culture, honesty, Ushbu maqolada huquqbuzarlikka murosasiz yoshlarni tarbiyalashda nimalarga e‘tabor qaratish kerakligi haqida ma‘lumot berilgan.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026