К содержанию
РецензированоRU2023

XORIJIY INVESTITSIYALAR TASNIFI VA TURLARI

Xayitboyev Behzod Xamidulla o’g’li

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

This article covers the classification and types of foreign investment using foreign and local literature. The article also mentions the factors affecting foreign investments. Key Words: Investment, foreign investment, direct foreign investment, portfolio investment, control package of shares. КЛАССИФИКАЦИЯ И ВИДЫ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ Аннотация. В данной статье рассмотрена классификация и виды иностранных инвестиций с использованием зарубежной и отечественной литературы. В статье также упоминаются факторы, влияющие на иностранные инвестиции. Ключевые слова: инвестиции, иностранные инвестиции, прямые иностранные инвестиции, портфельные инвестиции, контрольный пакет акций. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy o’sish va iqtisodiyotni rivojlantirishni ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Har bir davlatning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib xorijiy investitsiyalarni jalb qilish asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o’sishga erishishda, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda, aholi turmush darajasini yaxshilashda xorijiy investitsiyalarning roli kattadir. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida “Chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi”. 584 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Xorijiy investitsiyalarning umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947-yil AQShda chop etilgan tashqi savdo lug’atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: “Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport qilingan investitsiyalar”. Sh.Q. Fozilchayev va N.G’. Xidirovlarning “Investitsiya va lizing asoslari” kitobida xorijiy investitsiyaga quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir”. “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi qonunga ko’ra O’zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo’lishi mumkin: • Chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari; • Davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub’ektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar; • Chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyishmalar; • Chet el davlati fuqarolari bo’lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari. Xorijiy investitsiyalarga asosan ikki guruh omillar ta’sir ko’rsatadi: 1) Iqtisodiy omillar: • ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarining bir maromda ushlab turilishi; • jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi); • ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi; • jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o’sib borishi; • ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi; • xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar. 2) Siyosiy omillar: • kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlari va boshq.); • rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish; 585 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 • iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash); • bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar 2 turga, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va portfel investitsiyalarga bo’ladi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar - bu kapitalni to’g’ridan-to’g’ri eksporti bo’lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi. Xalqaro Valyuta Fondi ta’rifi bo’yicha, agar xorijiy mulkdor aksioner jamiyatini ustav kapitalini kamida 25 % ega bo’lsa unda bu to’g’ridan-to’g’ri investitsiya hisoblanadi. Ya’ni, x

Доказательный фрагмент

«This article covers the classification and types of foreign investment using foreign and local literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers the classification and types of foreign investment using foreign and local literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Investment, foreign investment, direct foreign investment, portfolio investment, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya, xorijiy investitsiya, aksiyalar nazorat paketi., portfel investitsiya, Investitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники