К содержанию
РецензированоUZ2024

BOLALARDA PNEVMONIYA KASALLIGINING SABALARI, BELGILARI VA DAVOLASH USULLARI

DAVOLASH USULLARI · Davronova Charos Luqmonovna

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

Pneumonia is a serious infectious disease involving inflammation of the lungs, which is common in children and can sometimes be life-threatening. Every year around the world, many children get sick or die from pneumonia, especially in developing countries. Pneumonia can be caused by bacteria, viruses, or fungi. This thesis discusses the causes, symptoms, methods of diagnosis and treatment, and preventive measures of pneumonia in children. Key words: preventive measures, lung inflammation, treatment methods, pneumonia. ПРИЧИНЫ, СИМПТОМЫ И МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ ПНЕВМОНИИ У ДЕТЕЙ Аннотация. Пневмония — тяжелое инфекционное заболевание, сопровождающееся воспалением легких, часто встречающееся у детей и иногда опасное для жизни. Ежегодно во всем мире множество детей заболевают или умирают от пневмонии, особенно в развивающихся странах. Пневмония может быть вызвана бактериями, вирусами или грибками. В данной диссертации рассматриваются причины, симптомы, методы диагностики и лечения, а также меры профилактики пневмоний у детей. Ключевые слова: профилактические меры, воспаление легких, методы лечения, пневмония. 494 Oktabr, 2024-Yil 1. Bolalarda pnevmoniyaning sabablari Pnevmoniya turli xil patogen mikroorganizmlar tomonidan kelib chiqadi. Kasallik asosan bakteriyalar, viruslar yoki zamburug‘lar orqali yuqadi. 1.1. Bakterial pnevmoniya Bolalarda pnevmoniyaning keng tarqalgan sabablaridan biri bakterial infeksiyadir. Eng ko‘p uchraydigan bakteriya bu Streptococcus pneumoniae bo‘lib, u bolalar orasida pnevmoniyaning asosiy qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, Haemophilus influenzae va Staphylococcus aureus kabi bakteriyalar ham kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. 1.2. Virusli pnevmoniya Virusli pnevmoniya ko‘pincha kichik yoshdagi bolalarda uchraydi. Bolalar o‘rtasida keng tarqalgan viruslar – gripp virusi, respirator sinsitial virus (RSV) va adenoviruslar pnevmoniyaga sabab bo‘lishi mumkin. Virusli pnevmoniya odatda bakterial shakldan yengilroq kechadi, ammo ba’zida jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. 1.3. Immun tizimining zaiflashishi Immuniteti zaif bolalar, ayniqsa, tug‘ma immun tanqisligi bo‘lgan yoki boshqa surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bolalar pnevmoniyaga tezroq chalinadi. Shuningdek, qashshoqlik va noto‘g‘ri ovqatlanish ham immun tizimining zaiflashishiga va kasallik xavfining oshishiga sabab bo‘ladi. 2. Pnevmoniyaning klinik belgilari Bolalarda pnevmoniyaning belgilarini vaqtida aniqlash va tashxislash kasallikning davosini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun muhimdir. Pnevmoniyaning asosiy simptomlari quyidagilardan iborat: •Yuqori harorat: Pnevmoniyada bolada harorat ko‘tarilishi kuzatiladi. Haroratning keskin oshishi yoki doimiy ravishda yuqori bo‘lishi odatiy hol. •Yo‘tal: Pnevmoniyaning asosiy belgilardan biri – yo‘tal. U quruq yoki balg‘amli bo‘lishi mumkin. Virusli pnevmoniyada yo‘tal quruq bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. •Tez nafas olish va nafas olish qiyinligi: Nafas olishning tezlashishi va nafas olish qiyinligi o‘pka yallig‘langanligidan dalolat beradi. •Ko‘krakda og‘riq: Ba’zi hollarda bola ko‘krak qafasida og‘riqdan shikoyat qilishi mumkin, bu esa nafas olishda kuchayadi. •Ishtaha yo‘qolishi va charchoq: Bolada ishtaha pasayadi, u tez charchaydi, zaiflik va loqaydlik kuzatiladi. 3. Pnevmoniyani tashxislash usullari 495 Oktabr, 2024-Yil Pnevmoniya tashxisini qo‘yish uchun shifokor bir nechta tekshiruvlar va diagnostika usullaridan foydalanadi. Pnevmoniyani to‘g‘ri tashxislash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: 3.1. Klinik tekshiruv Birinchi bosqichda shifokor bolaning tibbiy tarixini va klinik simptomlarini o‘rganadi. Ko‘krakni tinglash orqali o‘pka yallig‘lanishi yoki boshqa o‘zgarishlarni aniqlash mumkin. Nafas olishda o‘pka sohasida tovush o‘zgarishlari (pufakli tovushlar) pnevmoniyadan darak beradi. 3.2. Rentgen tekshiruvi Pnevmoniyani aniqlashda eng muhim vositalardan biri rentgenografiya hisoblanadi. Ko‘krak rentgeni orqali o‘pkadagi o‘zgarishlar va yallig‘lanish o‘choqlarini ko‘rish mumkin. 3.3. Laboratoriya tekshiruvlari Balg‘amni tahlil qilish orqali kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlash mumkin. Shuningdek, qonda leykotsitlar miqdorining oshishi bakterial infeksiyaga ishora qiladi. 4. Pnevmoniyani davolash usullari Bolalarda pnevmoniya aniqlanganda, davolash muolajasi kasallikning turiga, qaysi patogen tomonidan qo‘zg‘atilganiga va bola holatining og‘irligiga qarab belgilanadi. 4.1. Antibiotiklar Agar pnevmoniya bakterial tabiatga ega bo‘lsa, shifokor antibiotiklarni buyuradi. Streptococcus pneumoniae keltirib chiqargan pnevmoniyani davolashda penitsillin yoki boshqa keng spektrli antibiotiklar ishlatiladi. Antibiotiklarni faqat shifokor tavsiyasi bilan qabul qilish kerak. 4.2. Antiviral preparatlar Agar pnevmoniya virusli bo‘lsa, antiviral preparatlar buyurilishi mumkin. Virusli pnevmoniya odatda yengilroq kechadi, ammo gripp virusi kabi ba’zi virusli infektsiyalar uchun maxsus antiviral dorilar qo‘llaniladi. 4.3. Qo‘shimcha muolajalar Kasallik davomida bola ko‘p suyuql

Доказательный фрагмент

«Pneumonia is a serious infectious disease involving inflammation of the lungs, which is common in children and can sometimes be life-threatening.»

Образец извлечения

Демо-превью

Pneumonia is a serious infectious disease involving inflammation of the lungs, which is common in children and can sometimes be life-threatening. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
preventive measures, lung inflammation, treatment methods, pneumonia, davolash usullari, pnevmoniya., profilaktika choralari, o’pka yallig’lanishi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники