К содержанию
РецензированоUZ2024

O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNING O`RNI VA AHAMIYATI

Hakimova Musharraf Fozilovna

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

In this article, one of the important issues facing pedagogues in the current era of globalization, the role, importance and place of pedagogical skills in the development of mature, competent and expert personnel of our society is interpreted. Key words: pedagogue, pedagogical skill, ability, mature person, mature generation, mature staff, educational process, activity, technique. МЕСТО И ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАВЫКОВ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ Аннотация. В данной статье трактуется один из важных вопросов, стоящих перед педагогами в современную эпоху глобализации, роль, значение и место педагогического мастерства в развитии зрелых, компетентных и экспертных кадров нашего общества. Ключевые слова: педагог, педагогическое мастерство, способности, зрелая личность, зрелое поколение, зрелый коллектив, образовательный процесс, деятельность, методика. Oliy ta’lim tizimida pedagogik mahorat sirlari maxsus dastur asosida o‘rgatiladi. Oliy ta’lim tizimida pedagogik mahorat sirlari quyidagi yo‘nalishlarda o‘rgatib boriladi: 1. pedagogika va psixologiya mashg‘ulotlarida; 2. pedagogik mahorat kursini o‘tish jarayonida; 3. o‘z ixtisosligini egallash jarayonida (pedagogik amaliyot davrida); 466 Oktabr, 2024-Yil 4. mustaqil tayyorgarlik davrida. Oliy ta’limdan keyingi davrda pedagogik mahorat sirlari tayanch doktorant, doktorant hamda mustaqil ilmiy tadqiqotchilar tomonidan o‘z tanlagan mavzularini ta’limning u yoki bu turida ommalashtirish jarayonida egallanib boriladi, bunda ularning rahbar va maslahatchilari yetakchi rolni o‘ynaydi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining bu sohadagi ustunligi shunday iboratki, ta’lim tizimining mazkur turi bevosita pedagogik mahorat sirlarini o‘rganish, targ‘ib qilish va ommalashtirish bilan shug‘ullanadi. Pedagogik mahoratni oilada ommalashtirish nihoyatda mushkul vazifa bo‘lib, buning sababi ota-onalarning yosh, tarbiyaviy tajriba, kasb-hunarlari orasida tafovut mavjudligi, dunyoqarashlarining rangbarangligi bilan izohlanadi. Masalan, savdo xodimining bolani tarbiyalashga bo‘lgan munosabati, ziyoli oilasining bolani tarbiyalashga bo‘lgan qarashidan mutlaqo farq qiladi. Vrach, injener, mexanizator, agronom, suvchining munosabatlari ham bu sohada har xil. Shuning uchun ham pedagogik mahoratni ota-onalar orasida ommalashtirish, mahalla faollari ishtirokida va bevosita yordamida o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun mahalla faollarida kattagina imkoniyatlar mavjud. Bular quyidagilar: 1.Mahalla oilaning barcha to‘y, janoza kabi marosimlarning tashkilotchisi; 2.Mahalla ommaviy tarbiyachi; 3.Mahalla kam ta’minlangan oilaning himoyachisi; 4.Mahalla oila va hokimiyatni bog‘lab turuvchi mexanizmlar. Uning ana shu funksiyalari ta’lim – tarbiyaning og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy metodlari bilan birgalikda oilada pedagogik mahorat sirlarini ommalashtirish imkonini berishi tabiiydir. Pedagogik mahorat sirlarini jamoatchilik orasida yoyishning eng ta’sirchan vositasi bu ommaviy axborot vositalaridan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishdir. Pedagogik mahoratga bag‘ishlangan ommabop 8 maqola, o‘quv-uslubiy tavsiyalarni vaqtli matbuot sahifalarida chop etish, turli-tuman mavzularda pedagogik mahorat sirlarini omma orasiga yoyish, vaqtli matbuotning kundalik rejasiga kiritilishi lozim va bu katta samara beradi. Pedagogik mahoratning asosiy poydevorini kasbga doir bilimlar tashkil etadi. Bunday bilimlar mazmuni esa, o‘qitilayotgan fan mazmuni metodikasi, pedagogikasi va psixologiyasiga doir bilimlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida (44- modda): “Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, boy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega”, deb ta’kidlangan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablarini bajarish pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishdir. Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahoratni shakllantirishni zamon talab etadi. O‘qituvchilik 467 Oktabr, 2024-Yil kasbi sharafli va o‘ziga xos murakkab bo‘lib, pedagogik mahoratni chuqur egallamasdan yaxshi pedagog bo‘lish qiyin. Pedagogik mahorat fanini esa ilg‘or o‘qituvchilar va olimlarning amaliy va nazariy bilimlarining yig‘indisi desak adashmaymiz. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega bo‘lib, nazm mulkining sultoni A. Navoiy, A. Jomiy va boshqalarning asarlarida nutq, notiqlik san’ati, madaniyati haqida, so‘z va uning inson ruhiyatiga ta’siri haqida juda ko‘p qimmatli durdona fikrlari mavjud. XV asrda Hirotda yashagan atoqli yozuvchi Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy” nomli risolasida va’z (ma’ruza) o‘qiladigan joyni “maraka joyi” deb nomlaydi va “marakaning asosi nima?” – degan savolga “fayz berish va fayz olish” deb javob beradi. “Marakani o‘tkazuvchi qanday xislatlarga ega bo‘lishi kerak?”- degan savolga: “Birinchidan, ochiq yuzli bo‘lsin, tabassum qilib tursin, ikkinchidan, harakatlari yengil, yoqimli bo‘lsin, uchinchidan, kinoyali, e’tirozli gaplar gapirmasin, h

Доказательный фрагмент

«In this article, one of the important issues facing pedagogues in the current era of globalization, the role, importance and place of pedagogical skills in the development of mature, competent and expert personnel of…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, one of the important issues facing pedagogues in the current era of globalization, the role, importance and place of pedagogical skills in the development of mature, competent and expert personnel of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogue, pedagogical skill, ability, mature person, mature generation
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники