К содержанию
РецензированоRU2024

ТЕХНОЛОГИЯ ПОЛУЧЕНИЯ САЖЕНЦЕВ ЯБЛОНИ ИЗ ВЕГЕТАТИВНО РАЗМНОЖАЮЩИХ КОРНЕЙ

PAYVANTAGLARDAN YETISHTIRISH TEXNALOGIYASI · Toshpo‘latovAbdumalik Soat o‘g‘li · Rayimova Zilola Lutfillo qizi · PROPAGATIVE ROOTS

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The technology of growing apples on weakly growing vegetatively propagated cuttings. Establishment of intensive gardens. When the bud is grafted, the cultural variety. Weld the shield. Key words: Apple weak, graft, intensive, bud, pen, fairy term. ТЕХНОЛОГИЯ ПОЛУЧЕНИЯ САЖЕНЦЕВ ЯБЛОНИ ИЗ ВЕГЕТАТИВНО РАЗМНОЖАЮЩИХ КОРНЕЙ Аннотация. Технология выращивания яблок на слаборастущих вегетативно размножаемых черенках. Создание интенсивных садов. При прививке почки культурный сорт. Приварить щит. Ключевые слова: Яблоня слабая, привитая, интенсивная, бутон, перо, сказочный срок. Olmani kuchsiz o‘suvchi vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan payvandtaglarda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor payvandtaglar rivojlanishining biologik xususiyatlarini o‘rganishga, kurtak payvand qilish davrida payvandtag-payvandust o‘simliklarida kechadigan o‘suv jarayonlarining fiziologik va biokimyoviy faolligini hisobga olgan holda payvand qilishning qulay muddatini aniqlashga, shuningdek yuqori sifatli standart ko‘chatlar olish uchun qo‘llaniladigan boshqa agrotexnik tadbirlarga qaratiladi [1; 14 – 15-b.]; [3; 23 – 25-b]. Intensiv bog‘lar barpo etilishi uchun mevali o‘simliklarning ko‘chatlari hozirgi kunda asosan klon payvandtaglarini parxishlari yoki ularni ildiz ottirilgan qalamchalaridan hosil qilingan o‘simliklarga tegishli navlarni payvandlash yo‘li bilan yetishtirilmoqda. Bunday ko‘chatlarni yetishtirish agrotexnikasi ma’lum bir o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib (yuqoriroq kurtak payvand, qishki payvandlarni chuqur ekish va ularga turli o‘stiruvchi moddalar va mikroelementlarni qo‘llash [2; 69 – 77-b.], shakllantirish dalasiga ko‘chatlarni birmuncha zich joyllashtirish, shox-shabbalarni shakllantirish balandligini pasaytirish), urug‘idan o‘stirilgan payvandtaglarda ko‘chat yetishtirishdan juda kam farq qiladi Kurtak payvand qilinganda, madaniy nav bir kurtagi (ko‘zi) bilan payvandtagni yaxshilash jarayonini ifodalaydi. Bunda madaniy navning bir vegetatsiya davrida shakllangan novdasidan 6 23 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ kurtakli qalqoncha kesib olinadi va u payvandtagning po‘stlog‘i ostiga joylashtiriladi. Qalqoncha payvandtag bilan birikib ketadi, kurtakdan esa madaniy nav rivojlana boshlaydi. Kurtak payvand ko‘chatzorda amalga oshiriladigan barcha ishlardan ko‘ra qo‘l mehnatini ko‘proq talab qiladigan tadbir hisoblanadi. Uning muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan uni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazishga bog‘liqdir. Kurtak payvand qilish muddati payvandtag kambiy to‘qimalarining faolligi, payvandust qalamchalarining holati va biologik hususiyatlari hamda agrotexnika va iqlim sharoitlariga ko‘ra belgilanadi. Rossiyaning aksariyat hududlarida kurtak payvand qilishga 15-20 iyuldan keyin kirishiladi. Volga bo‘yida ko‘pgina o‘simliklarni kurtak payvand qilish muddati 20 iyuldan 20 avgustgacha bo‘lgan vaqt hisoblanadi. Ertagi muddatlarda (iyun – iyul boshi) payvand qilingan ko‘zlar iyul oxiri va avgustda payvand qilinganlarga nisbatan qishga chidamliroq bo‘lib chiqqan. Qishki yo‘qotishlar ertagi muddatlarda payvand qilinganda yillar bo‘yicha 2-8 %, iyul oxiri va avgustda payvand qilinganda esa – 25-35 % chegarasida o‘zgargan. Bu vaqtda kechki muddatda payvand qilngandagi yo‘qotishlar 60-70% ga yetgan va 45 % dan pasaymagan. Mualliflar ertagi muddatda payvand qilingan kurtaklarning qishga yuqori chidamliligini shu bilan bog‘lashadiki, ular qish davrigacha yetarli miqdorda uglevod to‘plashga ulguradi. Bundan tashqari, iyun oxirida shu vegetatsiya davrida o‘sayotgan novdalardagi kurtaklar gul kurtaklarga tabaqalanishga ulgurmaydi va asosan vegetativligicha qoladi. Bunda tutgan kurtaklar orasidagi «gullovchilar» miqdori odatdagi muddatda payvand qilingandagisida 27,6- 31,0 % dan ertagi muddatda payvand qilinganda 0,5-3,5 % gacha tushadi. Pirovard natijada ertagi muddatda payvand qilishda bir yillik standart olcha ko‘chatlarining chiqishi 1,5-3 marta ortadi. Ertagi muddatda kurtak payvand qilishning yana bir afzalligi – uni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish imkoniyatlarining yuqoriligi. Odatda kurtak payvand ildiz bo‘g‘zi yaqiniga qilinadi. So‘ngi yillarda birmuncha yuqoriroq (15-20 sm) kurtak payvand qilish afzal ko‘rilmoqda [3; 114 – 117-b.]. Yuqoriroq kurtak payvand qilishning afzalliklari quyidagilar: payvandust kurtaklar namga kamroq bo‘kadi, o‘sgan novdalar shamoldan kamroq sinadi, kurtak payvand ishlari osonlashadi, payvandtagni kurtak ustidan kesib tashlashni qor yoqqanda ham amalga oshirish mumkin. Ko‘zlar tutmagan hollarda qalamcha payvand qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. May o‘rtalari – iyun boshida olmaning klon payvandtaglariga bahorgi kurtak payvand qilish tavsiya etiladi Ko‘chatzorlar amaliyotida ko‘zlarning kuzgi payvandlarini tutuvchanligi har doim 90% dan ortiqdir. Ko‘chat chiqishi esa jami payvand qilingan o‘simliklarga nisbatan 50 % dan kamroq bo‘ladi. Buning boisi shundaki, qor yog‘magan qattiq sovuqli qish

Доказательный фрагмент

«The technology of growing apples on weakly growing vegetatively propagated cuttings.»

Образец извлечения

Демо-превью

The technology of growing apples on weakly growing vegetatively propagated cuttings. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Apple weak, graft, intensive, bud, pen, fairy term
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники