Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НЕКОНСТРУКТИВНЫЕ ФРАГМЕНТЫ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ИСКУССТВА
Maxmudova Sevinch Abduxoliq qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In linguistics, non-constructive clauses have been analyzed by many scientists. In the course of their analysis, we turned to examples of artistic creations. The article focuses on the role of non-constructive pieces in fiction and how these pieces enrich the work. Key words: Non-constructive units, motivation, introduction, introductions, form of reference. НЕКОНСТРУКТИВНЫЕ ФРАГМЕНТЫ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ИСКУССТВА Аннотация. В лингвистике неконструктивные предложения анализируются многими учеными. В ходе их анализа мы обратились к примерам художественных произведений. В статье рассматривается роль неконструктивных произведений в художественной литературе и то, как они обогащают произведение. Ключевые слова: Неконструктивные единицы, мотивация, введение, введения, форма обращения. Xalqimizda bir gap bor: “Gap-isboti bilan go‘zal”. Shunday ekan, bizning nutqimizda va badiiy asarlarimizda ifodalilik hamda ta’sirchanlikning o‘rni katta ahamiyatga egadi. Tilning asosiy vazifasi muloqotdir. So‘zlashuv jarayoni murojatsiz kechmasligi tabiiy. Shuning uchun tilshunoslikda muloqot jarayonida murojaatning psixologik jihatlari, murojaat ifodalash vositalari doimo tadqiq etib kelingan. (7,3). Kimdir bilan suhbatlashsangiz, avvalo uning nutqiga, so‘z boyligiga e’tibor qaratasiz, albatta. Suhbatdoshingizning nutqi ravon va ajoyib, ko‘ngilga yoqadigan bo‘lsa, siz uni eshitganingiz sari yana va yana eshitishni xohlayverasiz. Shuningdek, badiiy asarlarda ham shu kabi holatni kuzatsak, kitobxon asarni o‘qiyotganida asar qahramonlarining qay ahvolda,qanday muhitda ekanligini tez anglab oladi. Said Ahmadning “Jimjitlik’’romanida ham nokonstruktiv birliklarning o‘rni yo‘q emas, albatta. V.V.Vinogradov, V.V.Babaytseva, L.Y.Maksimov, A.I.Efimov, B.M.Golovin, V.M.Aplatov kabi rus olimlari ishlarida murojaatning nutq jarayonidagi o‘rni haqida fikrlar bildirilgan.(7,4) Nokonstruktiv birliklar o‘z ichiga kirish, kiritma hamda undalmalarni oladi. Undalma-so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni bildirgan so‘z yoki so‘z birikmasi. U bildirayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi. (1.222) U yig‘iq holda ham yoyiq holda ham kela oladi. (3.159-160) Masalan “Jimjitlik’’romanida: Cho‘qqilar jilvasiga ko‘pam mahliyo bo‘laverma, bolam. Bu yerda qashqirlar bor. (2.3) 6 16 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu jumlada “bolam’’ degan undalma qatnashgan. Bu gapda undalma shaxsga murojaat qiladi va uning diqqatini tortish uchun xizmat qilyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbek tilshunosligida murojaat shakli birliklari tilshunos olimalar Nargiza Axmedova va Zuhro Akbarovalar tomonidan o‘rganilgan. A.R.Sayfullayevning ilmiy-tadqiqot ishida murojaatning undalma sifatidagi ko‘rinishi, undalmaning umumiy tavsifi, leksik-semantik o‘ziga xosliklari, morfologik-sintaktik ifodalanishi hamda strukturasi bayon etilgan. (7,4-5) -Afsuski, Tolibjon ko‘z yosh to‘kib yig‘lolmasdi. (2.3) Bu gapda esa “afsuski’’ kirish so‘zi qo‘llangan. Afsuski, esiz, esizgina, attang kabi kirish so‘zlar achinish ma’nolarini bildiradi. (3.159) Kirish so‘z va kirish birikma so‘zlovchining o‘zi bayon qilayotgan fikriga yoli uni ifodalash usuliga bo‘lgan munosabatini bildiruvchi so‘z va so‘z birikmasiga aytiladi.(1.223) Yuqoridagi parchada Tolibjonning ko‘z yosh to‘kib yig‘lay olmasligini kirish so‘z bilan ta’sirchan ifodalab bergan. Shunchaki, “Tolibjon ko‘z yosh to‘kib yig‘lay olmasdi” deb hech qanday kirish so‘zlarsiz yozganda kitobxon asar qahramonining holatini tasavvur qila olmas edi. Murojaat birliklari qatoriga kiruvchi undalmalarni Usmon Azim she’riyati misolida tahlilga tortdik. Usmon Azim she’riyatini jо‘shqin, ta’sirchan etgan sintaktik omillardan biri undalmalardir. Albatta, ularni shoirning – lirik qahramonning uslub tarzi, odamlar, narsa- hodisalarga bо‘lgan kо‘tarinki ruhdagi kayfiyati taqozo etadi. Ilk ijodidan boshlab to hozirgacha yaratilaѐtgan she’rlarida undalmalar ishtiroki ustuvor vositalardan biridir. Shoirda о‘zgalarda kam uchraydigan bir xususiyat borki, bu ham bо‘lsa, bevosita undalmalarga daxldor. Ya’ni, Usmon Azim lirik ― meni undalmalari nafaqat insonga, uning muayyan tuyg‘ulari, masalan, muhabbatga, balki nabotot, maxluqot, mavjudot, tabiat hodisalariga ham qaratiladi va bu uning asarlari pafosiga alohida kо‘tarinkilik, teranlik bag‘ishlaydi. Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, Usmon Azim lirikasida murojaat motivi hamma vaqt yetakchi ifoda usullaridan bо‘lib kelgan. Undagi undalma qо‘llashning ѐrqin va kо‘p hollari quyidagi yо‘nalishlarda kuzatiladi: - Insoniy his-tuyg‘ular, holatlar, a’zolar va qadriyatlarga qaratilgan undalmalar: odam, g‘ussa, sog‘inch, g‘am, sevgi, xotira, hasad, havas, anduh, baxt, qadr kabilarga; - Nabotot olami narsalariga qaratilgan undalmalar: tabiat, kuz, qish, bahor, ѐz, maysa, chinor, terak, arg‘uvon, gul, tol va hokazolar; - Odamdan boshqa maxluqot vakillariga: tulpor, ot, it, kapalak, oy, quѐsh,
Доказательный фрагмент
«In linguistics, non-constructive clauses have been analyzed by many scientists.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn linguistics, non-constructive clauses have been analyzed by many scientists. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Non-constructive units, motivation, introduction, introductions, form of
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026