К содержанию
РецензированоRU2024

МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ РЕЧИ НА УРОКАХ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Baxronova Sarvinoz Akbar qizi · Qurbonova Malika Jo‘rabek qizi

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article discusses the methodology and technology of speech development in primary school reading classes. Key words: speech, thinking, primary class, lesson, methodology, synthesis, comparison, analysis, work, genre features. Nutq tafakkur bilan bog'liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog'liq holda oʻstiriladi. Darsda oʻqilgan asarni oʻquvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g'oyasini anglab yetishi uchun lahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qoʻllanadi. Oʻqilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, oʻqituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni oʻquvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo oʻqituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni soʻraydi. Natijada oʻqituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi tuziladi. Oʻqituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi. Shunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish oʻquvchilardan ongli ishlashni, ya'ni voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini tahlil qilishni talab etadi. Oʻqish bilan bog'liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablasha boradi. 424 Oktabr, 2024-Yil Boshlang'ich sinflarning oʻqish darslarida oʻquvchilar nutqining oʻsish darajasi toʻg'ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida toʻliq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang'ich sinf oʻquvchilari uchun matnni toʻliq yoki inatnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda oʻqilgan hikoya mazmuni yuzasidan oʻqituvchining savoli hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar oʻrtasidagi bog'lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar sujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol oʻynaydi. Oʻquvchilar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususi-yatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. Oʻqituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida soʻzlab berishga, voqcalami izchil bayon qilinishga va oʻzaro bog'liqligini yoritishga yunaltirilishi lozim. Oʻquvchi oʻqilgan asar mazmunini oʻqituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar oʻzaro bog'lanadi (sintezlanadi), bir- biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi. Koʻpincha boshlang'ich sinf oʻquvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba'zan notoʻg'ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. Shuning uchun ham oʻqituvchi savolni juda oʻylab tuzishi, u bolani fikrlashga, oʻylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog'lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni oʻzaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yor-dam beradigan boʻlishi lozim. Oʻquvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq koʻz oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi. Oʻqilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda oʻquvchi hikoyani tarkibiy qismlarga boʻladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga oʻtiladi, ya'ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida oʻqilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratliligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida oʻylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, oʻquvchilar topgan sarlavhani jamo-aviy muhokama qilish, reja tuzish jarayonining oʻzi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda oʻz mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarnt oʻqish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja xattaxtaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni 425 Oktabr, 2024-Yil berilgan izchillikda oʻzlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash oʻqituvchi savoliga lavob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning xiyla mustaqil shaklidir. Oʻqilgan asar mazmunini oʻzlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2—3 qismga boʻlinadigan, bu boʻlimlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga oʻrgatish quyidagicha uyushtiriladi: oʻqituvchi hikoyaning oldindan belgilab qoʻygan qismini oʻqiydi va oʻquvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda oʻquvchilar ba'zan asardagi soʻzlardan I'oydalanadilar. Bu oʻquvchilarga qiyinlik qilsa, boʻlimdagi asosiy fikrni oʻz soʻzlari

Доказательный фрагмент

«This article discusses the methodology and technology of speech development in primary school reading classes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the methodology and technology of speech development in primary school reading classes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech, thinking, primary class, lesson, methodology, synthesis, comparison
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники