Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТРЕНИРОВКА И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЮНЫХ КИКБОКСЕРОВ КОМБИНИРОВАННЫМ ТЕХНИКАМ
YOSH KIKBOKSCHILARNI KOMBINATSION USULLARGA · O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH · ТРЕНИРОВКА И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЮНЫХ КИКБОКСЕРОВ · КОМБИНИРОВАННЫМ ТЕХНИКАМ · COMBINATION TECHNIQUES · Egamberdiyev Muhammad Nizomiddin o‘g‘li (ALFRAGANUS UNIVERSITY)
Международный научный журнал «ALFRAGANUS» · 2026
Аннотация
Представлены выводы по обучению юных кикбоксеров комбинаторным методам и обоснование методики ее совершенствования и ее эффективности на опыте, результаты исследований и выделены соответствующие практические рекомендации. Ключевые слова: показатель, технико-тактический, кикбоксинг, быстрота, удар. Annotation. In this thesis, conclusions are presented on the methodology of training young kickboxers in combination methods and its improvement, as well as experimental justification of its effectiveness, research results are presented, and relevant practical recommendations are highlighted. Keywords: indicator, technical-tactical, kickboxing, quickness, strike Tadqiqotning dolzarbligi Hozirgi kunda O‘zbekistonda ommaviy sport turlarining rivojlanishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Jismoniy tarbiya va sportni moliyalashtirishning murakkab sharoitlariga qaramasdan aholini sog‘lomlashtirish, yoshlarni barkamol ruhda tarbiyalash, iqtidorli yosh sportchilarni saralash va ularni turli musobaqalarga tizimli tayyorlash kabi vazifalar ustuvor hisoblanadi [1]. Tadqiqot maqsadi: mashg‘ulot janglari va rasmiy musobaqalarda harakat turlarining qo‘llanilish va kombinatsiya ko‘rsatkichlarini hisobga olish asosida ishlab chiqilgan 14-15 yoshdagi kikbokschilarning texnik-taktik tayyorgarligini optimallashtirish metodikasini nazariy jihatdan hamda tajribada asoslab berishdan iborat. Ilmiy yangiligi: - kikboks jangini olib borish taktik manevrini hisobga olingan holda turli xil malakaga ega bo‘lgan yosh kikbokschilarning texnik va jismoniy tayyogarligi metodikasi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan; - yosh kikbokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi strukturasi tarkibining omillarga bog‘liq o‘ziga xos jihatlariga aniqlik kiritilgan, shuningdek maxsus jismoniy qobiliyatlar ko‘rsatkichlari ixtisoslashtirilishi amalga oshirilgan; - harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlari tipologiyasi asosida yosh kikbokschilarning sport iste’dodiga samarali tashxis qo‘yish imkoniyatlari ochib berilgan, yosh kikbokschilarni jang olib borish taktik maneralari bo‘yicha o‘zaro farqlanuvchi sportchilarida maxsus jismoniy tayyorgarlikning o‘ziga xos jihatlariga aniqlik kiritilgan, ushbu sportchilar kontingenti uchun samarali hisoblangan mashg‘ulotlar vositalari ishlab chiqilgan. Maxsus jismoniy tayyorgarlik kikboksda yuqori natijalarga erishish asosi hisoblanadi. U kikbokschining jismoniy sifatlari, shuningdek, organizm shakllari va funksiyalarining ma’lum darajada rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Organizm qancha mustahkam va ishga qobiliyatli bo‘lsa, u mashg‘ulot yuklamalarini shuncha yaxshiroq, qabul qiladi, unga tezroq, moslashadi hamda uzoq, vaqt davomida mashqlanganlik holatida turadi. Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor-kuch sifati hal qiluvchi muhim manbaa bo‘lib hisoblanadi. Tezkorlik sportchining umumiy va maxsus tezkorligi ajratiladi. Tezkorlik sifatini tarbiyalashda asosiy vosita sifatida sakrash va sakrovchanlik mashqlari hamda umumrivojlantiruvchi mashqlardan keng foydalaniladi. Sportchining sport mahorati va malakasi o‘sib borgan sari umumiy rivojlantiruvchi mashqlardan maxsus mashqlarga mashqlanganlikning "ko‘chishi" kamayadi. Shuning uchun mashg‘ulot jarayonida umumiy tezkorlikni tarbiyalovchi vositalardan kikbokschining maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirish maqsadida foydalanish sportchining boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘zini oqlaydi. Sportchining sportdagi natijalari va mashqlanganligi ortib borgan sari tezkorlikni yanada takomillashtirish shunday yo‘ldan borishi kerakki, koordinasiya jihatdan asosiy maxsus mashqlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlarni oqilona va qunt bilan tanlab olish lozim. Yosh kikbokschilarni tayyorlashda ularga tezkor – kuch sifatini paydo bo‘lishi va maxsus jismoniy tayyorgarlikni ahamiyati katta. Hozirgi vaqtda ko‘pgina ilmiy ishlarda har xil testlar orqali kikbokschilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlari ularning musobaqa vaqtidagi organizmidagi holati haqida ma’lumotlar beriladi (4,13,16). Kikboksda olib boriluvchi janglarda ushbu tezkorlik shakllarining kompleks holda namoyon bo‘lishiga duch kelinadi (bittalik va seriyali zarbalar, siljishlar tezkorligi, himoyaga o‘tish tezkorligi). Kikbokschining aytib o‘tilgan tezlik shakllari orasida mashqlanganlikning ko‘chishi mavjud emas. Bitta shakl harakatlarida tezlik imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulot boshqa shakllarga taalluqli bo‘lgan harakatlarning bajarilish tezligiga ham ta’sir qiladi. Masalan, bittalik zarbaning tezligini oshirish maksimal ravishda tez-tez bajariladigan seriyali zarbalarning tezkorligida, reaksiya vaqtida va kikbokschining siljib yurish tezligida deyarli aks etmaydi. Musobaqa jangining sharoitlari esa raqiblardan hamma aytib o‘tilgan shakllarning tezlik sifatlarini bir vaqtning o‘zida maksimal tarzda namoyon qilishni taqozo etadi. Kikbokschi tezkorligini analitik uslub yordamida tarbiyalash asosida tezkorlikning alohida
Доказательный фрагмент
«Представлены выводы по обучению юных кикбоксеров комбинаторным методам и обоснование методики ее совершенствования и ее эффективности на опыте, результаты исследований и выделены соответствующие практические рекоменда…»
Образец извлечения
Демо-превьюПредставлены выводы по обучению юных кикбоксеров комбинаторным методам и обоснование методики ее совершенствования и ее эффективности на опыте, результаты исследований и выделены соответствующие практические рекоменда… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- indicator, technical-tactical, kickboxing, quickness, strike, texnik-taktik, показатель, tezkorlik, удар., кикбоксинг, технико-тактический, ko‘rsatkich, kikboks, быстрота, zarba
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025