К содержанию
РецензированоUZ2023

KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIYLASHISH JARAYONINI TO’G’RI TASHKIL ETISH SHARTLARI

Sipatdinov Arman Sharafatdinovich · Mambetiyarova Venera Reyimbaevna

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

This article talks about the process of socialization of children of pre-school age and its characteristics, as well as the conditions for the proper organization of the socialization of children in this period and practical advice necessary for it. Key words. Preschool period, socialization, the concept of leading activity, role-playing games, places of socialization. УСЛОВИЯ ПРАВИЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ПРОЦЕССА СОЦИАЛИЗАЦИИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНИКА Аннотация. В данной статье говорится о процессе социализации детей дошкольного возраста и его особенностях, а также об условиях правильной организации социализации детей в этот период и необходимых для этого практических советах. Ключевые слова. Дошкольный период, социализация, понятие о ведущей деятельности, ролевые игры, места социализации. Hozirgi bizning yashayotgan globallashuv davrimizda ko’pchilik ota-onalarni maktabgacha yo’shdagi farzandlarining tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va ularning ijtimoiylashuv jarayoning o’ziga xos qonuniyatlari bilan bog’lik masalalar o’ylantirib kelmoqda. Chunki, 269 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 bolalarga to’g’ri tarbiya berish va ularning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat va yo’lga qo’yilayotgan amaliyotlar, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar ham buning yaqqol timsolidir. Xususan, 2022-yil 15-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalari bo‘yicha jahon konferensiyasiga muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari o’z nutqida «Bu borada, avvalambor, yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish orqali kelajakda ularning o‘zligini to‘la namoyon etishiga mustahkam zamin yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q», - deya ta’kidladilar. Bu masalani davlat siyosati darajasiga ko’tarish va unga samarali yo’ndashish maqsadida bu bo‘g‘inga alohida e’tibor qaratib, barkamol avlodni aynan kichik yoshdan tarbiyalash siyosatini belgilab berdi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi farmoniga muvofiq, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Bog‘chalar qurish va ta’mirlash, ilg‘or tarbiya uslublari va metodikalarini joriy etish bo‘yicha ko‘p ishlar boshlandi. Natijada so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalari soni 6 barobarga ko‘paydi. Tarbiyachi va pedagoglar soni ham 3 barobarga o‘sib, 160 mingga yetdi. Shu tariqa, bog‘cha yoshidagi 2 million 800 ming nafar boladan 2 million nafari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi. Shu va shu kabi boshqa ko’rsatgichlar bolalarni davlatimiz ravnaqiga hissa qo’shuvchi yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga mamlakatimizning ham befarq emasligidan dalolatdir. Ijtimoiylashuv – biron-bir voqea-hodisa, shaxs yoki harakatning ijtimoiy mohiyat kasb etib, ko'pchilikka daxldor bo'lib, ijtimoiy munosabatlar mujassamiga aylanib borishini anglatadigan tushuncha. Ijtimoiylashuv tushunchasidan birinchi bo’lib amerikalik sotsiolog olim F.G.Keddings o’zining 1987-yili nashr qilingan “Ijtimoiylashuv nazariyasi” asarida foydalangan. U “Ijtimoiylashuv – individ xususiyatlari yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlash bosqichidir”, – deya ta’kidlab o’tgan. Inson ijtimoiylashuv bosqichida jamiyatga qoshilib yashash va shu jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishdan iborat bo’lgan jarayonlarni boshidan kechiradi. Katta maktabgacha yosh davri – bu 6-7 yoshdagi bolaning aqliy rivojlanish bosqichidir. Bu bosqich rivojlanishning ijtimoiy holati bola va kattalar o'rtasidagi birgalikdagi faoliyatning parchalanishi bilan tavsiflanadi. Bu davrda rolli o’yinlar asosiy etakchi faoliyat deb topiladi. Ular rolli o’yinlar orqali o’z pozitsiyasini, dunyo va munosabatlarni idrok etishlari 270 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 mumkin. Hozirgi davrda ko’pchilik ota-onalar katta maktabgacha yoshdagi farzandlarida o’qishga bo’lgan xohish-istakning kamligi to’g’rsidagi savollar bilan psixologlarga murojat qilishmoqda. Psixologlarning ta’kidlashicha bu, albatta, tabiiy holdir. Chunki, yuqorida aytib o’tkanimizdek, bu davrda bolalardagi asosiy etakchi faoliyat rolli o’yinlar hisoblanadi. Bola rolli o'yinlar orqali insoniy munosabatlar dunyosini kashf etadi. O'yinda bola kattalarning harakatlarini takrorlaydi va shu bilan kattalar kabi bo'lish va harakat qilish tendentsiyasini tushunadi. Ushbu o’yinlar orqali bolalarda muhim shaxslar doirasi asta-sekin kengayib boradi va ular endi tengdoshlarga o'yin sheriklari sifatida qaray boshlaydilar. Katta maktabgacha yosh davri katta o'zgarishlar va bol

Доказательный фрагмент

«This article talks about the process of socialization of children of pre-school age and its characteristics, as well as the conditions for the proper organization of the socialization of children in this period and pr…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the process of socialization of children of pre-school age and its characteristics, as well as the conditions for the proper organization of the socialization of children in this period and pr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Preschool period, socialization, the concept of leading activity, role-playing, ijtimoiylashuv maskanlari., ijtimoiylashuv, rolli o’yinlar, Maktabgacha yosh davri, etakchi faoliyat tushunchasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники