Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ГЕНДЕРНЫЕ АСПЕКТЫ ИЗУЧЕНИЯ ФРАЗЕОЛОГИИ В АНГЛИЙСКОЙ ЛИНГВИСТИКЕ
Torebaeva Firuza
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
In the field of world linguistics, determining the expression of national-cultural and gender characteristics is considered one of the important tasks, and this article is devoted to the gender aspect of the research of English phraseology. Key words: language, discourse, gender, phraseology, linguistics, grammar, style. Til birliklarning (frazeologik) gender tadqiqotlari, lingvistik vositalarning u yoki bu jinsga xosligi jihatda qo‘llanilishi, shuningdek, tillarda milliy-madaniy va gender xususiyatlarning ifodalanishni aniqlash dunyo tilshunoslari oldida turgan muhim vazifadir. Til – axborotning muhim manbai. Biz aholining keng qatlamlari uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bergan klassik va zamonaviy madaniy qadriyatlarimizga ehtiyotkorona munosabat bildirishga o‘rganishimiz lozim. Qolaversa, O‘zbekistonning jahon mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalari rivojlanishi bilan xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga yanada chuqur integratsiyalashuvini ta'minlash maqsadida chet tillarni, xususan, ingliz tilini o‘qitishning kompleks tizimi yaratilib, amalda keng joriy etilmoqda. 361 Oktabr, 2024-Yil Frazeologik birliklarning genderli belgilarini tadqiq qilish shunisi bilan dolzarbki, jamiyat u yoki bu jins vakillarining lisoniy vositalarni qo‘llashdagi hususiyatlari va madaniy-ijtimoiy omillari o‘ziga xosliklarga ega bo‘lib, ushbu jihatlar muloqotlarning to‘g'ri tashkil etilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Genderli kontseptsiyalash jarayonini tadqiq qilish, genderli kontseptlarni shakllantiruvchi asosiy sathlar va tarkibiy qismlarni aniqlash, ularni vujudga keltiruvchi omillarni va parametrlarni belgilash, bunda milliy-madaniy, etimologik, tarixiy xususiyatlarni yoritish dolzarbdir. Shuningdek, ingliz tilidagi frazeologik olam tasavvurida erkak va ayollarga xos stereotiplarni qiyoslab o‘rganish, ulardagi genderli assimetriya va konnotatsiyalarni aniqlash muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bunday tadqiqot natijalari ingliz tilidagi genderli bo‘yoqli frazeologik birliklarning leksikografik bayoni uchun asos vazifasini bajarishi va ularning kontekstlarda adekvat izohlanishiga xizmat qilishi mumkin. Gender lingvistik tushuncha emas, biroq uning mazmuni til strukturasi tahlili vositasida yoritilishi mumkin, bu esa jinsning madaniy tavsiflanishini lingvistik tadqiq etishni taqozo qiladi1. Hozirgi vaqtda tilshunoslar, sotsiologlar, psixolog va faylasuflarning tadqiqotlari ko‘payib borayotganligini inobatga olib, ishonch bilan kognitiv frazeologiya taraqqiyoti haqida ham gapirsa bo‘ladi. Ilk marta kognitiv frazeologiya atamasi fanga rus tilshunoslari tomonidan kiritilib, ularning metodologik hamda lingvistik asoslari aniqlandi. Kognitiv frazeologiya doirasida milliy frazeokontseptlarni yoritish, muayan madaniyat egalarining mental makonlarini qiyoslash, lisoniy strukturada hissiy va tafakkur kategoriyalarining o‘zgarish mexanizmlarini tadqiq etish, u yoki bu tildagi frazeologizmlarning mental mohiyatini o‘rganish kabi imkoniyatlar aniqlandi3. Bu jarayonda Frazeologik birliklarning kognitiv tabiati, u yoki bu hodisa, predmetni shunchaki nomlab qo‘ymasdan, balki munosabat bildirishi, frazeologizm mazmunini shakllantiruvchi axborotni ifodalashi isbotlandi. Ijtimoiy-maishiy bilimlarga ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy-maishiy munosabatlar, ijtimoiy rolni ifodalovchi quyidagi frazeologik birliklarlarni kiritish mumkin: cut somebody off with a shilling – kimnidir merosdan mahrum qilish, good wine needs no bush – yaxshi mayga yorliq nega kerak, rob Peter to pay Paul – kimga foyda, kimga ziyon, birovdan olib boshqasiga berish (qarzni), sit above the salt – jamiyatda yuqori martabaga ega bo‘lish va sit below the salt – jamiyatda kamtarona martabaga ega bo‘lish va h.k. Frazeologik birliklarning mazmun strukturasida diniy bilimlarning ulkan zaxirasi mavjud: cast the first stone at somebody – birinchi tosh otmoq, birinchi bo‘lib birovni qoralamoq (Injildan). Frazeologik birliklarning kognitiv tabiati tarixiy bilimlarning boy salohiyatini ham aks ettiradi: The best of British luck to you. 362 Oktabr, 2024-Yil Metaforalashuv jarayoni asosida borliqning aksiologik tasviri yotadi, zero “eng fundamental madaniy qadriyatlar ushbu madaniyatning asosiy tushunchalarining metaforik strukturasi bilan muvofiqlashgan”. Metaforalashuv emotsional baholovchi frazeologik mazmunni hosil qilish usullaridan biri bulib, u ingliz tili vakillarining kognitiv faoliyatini milliy-madaniy xususiyatlari bilan aloqasini ifodalash vositasidir. O‘zgaruvchi-erkin birikmalarning majoziy- metaforik idrok etish – har qanday tilning, jumladan, ingliz tilining frazeologiyasini boyituvchi muhim manbadir. Metaforalar o‘xshashlikning har-xil turlariga asoslanadi: - holat o‘xshashligi: babies (yoki children) in the wood; - inson yoshining o‘xshashligi: babies and sucklings; - rang-tus o‘xshashligi: pea - soup fog; - ta'mni his qilish o‘xshashligi: a bitter pill to swallow.
Доказательный фрагмент
«In the field of world linguistics, determining the expression of national-cultural and gender characteristics is considered one of the important tasks, and this article is devoted to the gender aspect of the research…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the field of world linguistics, determining the expression of national-cultural and gender characteristics is considered one of the important tasks, and this article is devoted to the gender aspect of the research… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- language, discourse, gender, phraseology, linguistics, grammar, style
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026