К содержанию
РецензированоRU2024

ОТНОШЕНИЯ И ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА ЭМИРАТОВ С ХАНЬЯМИ В ПРОБЛЕМНЫЙ ПЕРИОД

Rahmonov Oybek Ravshan o‘g‘li · E- Pochta: buxara@gmail.com · ПРОБЛЕМНЫЙ ПЕРИОД

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

В данной диссертации приводятся некоторые сведения о внешних связях и взаимополитических связях династии Мангит с Кокандским ханством, Хивинским ханством, Россией и другими зарубежными странами. Ключевые слова: Oтношения с Коканским ханством, отношения с Хивинским ханством, отношения с Россией, отношения с европейскими странами. XIX asrda Buxoro davlatchiligi tarixi mang‘itlarining navbatdagi hukmdori Amir Haydar (1800-1825) podshohligi bilan boshlandi. U o‘z sulolasidan bo‘lgan boshqa tojdorlarga nisbatan ko‘p jihatlari bilan o‘zbek milliy davlatchiligi tarixida sezilarli iz qoldirgan, mang‘itlar hukmronligini mustahkamlash, ichki va tashqi muxoliflarga qarshi kurashda qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga erishgan. Bu hol, ayniqsa, uning tashqi siyosatida o‘z davridagi g‘oyat murakkab xalqaro munosabatlarni to‘g‘irlab ola bilishida yorqin namoyon bo‘ldi. Amir Haydar hukmronligining dastlabki o‘n yili ichida Buxoro davlati olib borgan tashqi siyosiy diplomatik munosabatlarning ayrim qirralari haqida haqqoniy va yangi ma’lumotlar beruvchi safarnomalar bugungi kunda davlatchilik tarixi masalalarini yanada chuqurroq tadqiq etishga imkon tug‘diradi. 1805-yilda Rossiya tashqi ishlar vazirligi boshqarmasining boshlig‘i knyaz Adam Charteriyskiy ko‘rsatmasiga binoan maxsus karvonda savdogar qiyofasida Orenburgdan Buxoroga rus konfidentlaridan biri Habibulla Abdulov (bundan oldin ham bir necha maxfiy topshiriq bilan bu yerga kelib ketgan) yuboriladi. U bu yerda rasman soxta pul yasashda ayblangan 356 Oktabr, 2024-Yil va Buxoroga qochib kelgan rus fuqarolari teptyar-totorlarni Rossiyaga topshirish haqida muzokaralar yuritadi, ammo aslida unga yuklatilgan asosiy vazifa Nodirshohning Buxoroda yashashi taxmin etilgan nevarasini rus imperatori panohiga olib ketish va undan Rossiyaning O‘rta Sharqdagi mustamlakachilik siyosatida foydalanish bo‘lgan. Ayni vaqtda unga “buxoroliklarning Xiva va Eron bilan bo‘lgan munosabatlarining darajasi haqida xufya ma’lumotlar yig‘ish, bu ishlarga boshqa Yevropalik davlat vakillari aralashayotani yo‘qmi, degan masalani ham aniqlash” yuklatilgan edi. 1809-yilda Rossiyadan Buxoroga maxfiy suratda yana bir konfident poruchik Adilnosir Subhonqulov yuboriladi. Savdo karvoni bilan kelgan bu “vakil” ham Buxoroning ichki va tashqi ahvoli haqida, uning harbiy quvvati to‘g‘risida batafsil materiallar to‘playdi va bu ma’lumotlar tartibga solinib, Orenburg gubernatori tomonidan Peturburgga jo‘natiladi. 1812-yilda Ost-Indiya kompaniyasi Peshovardan Afg‘oniston orqali Buxoroga o‘z vakili Hofiz Muhammad Fozilxon ismli kimsan elchi sifatida Amir Haydar huzuriga yo‘llaydi. O‘sha yili u Buxoroga kelib uning hukmdori qabulida bo‘ladi va amirga kompaniya rahbariyati hamda Buxoroga Kashmir orqali inglizlar yuborgan asosiy elchi – Mir Izzatulloh nomidan bitilgan nomalarni topshiradi. Hofiz Fozilxon o‘z taassurotalrini fors tilida bitilgan “Buxoro manzillari tarixi” safarnomasida bayon qilgan. Xuddi shu yili yana Ost-Indiya kompaniyasi Hofiz Fozilxondan keyin Buxoroga o‘zlarining asosiy elchilarini safarga otlantiradi. Bu elchilikka Said Mir Izzatulloh boshchilik qiladi. Ular Kashmirdan o‘tib, sharqiy sarhadlardan Buxoro amirligi tuprog‘iga kirib keladilar. Izzatulloh Buxoro amiri bilan ko‘rishgach, bu yerdan Markaziy Osiyoning boshqa shaharlariga ham safar qiladi. U ham Fozilxon singari barcha taassurotlarini maxsus hisobot tarzida yakunlab, Ost-Indiya rahbarlariga topshiradi. Ammo Said Mir Izzatullohning safar esdaliklari Fozilxonning “Buxoro manzillari tarixi” asaridan farqli o‘laroq, oradan sal fursat o‘tgach qisqartirilgan holda avval fransuz, so‘ngra to‘la ravishda ingliz tillariga tarjima qilinib, kitob holida chop etiladi. O‘tgan asrning dastlaki o‘n yili ichida Buxoro amirligiga kelib ketgan ana shu “sayyohlar”ning qoldirgan safar taassurotlari mazmuni shuni ko‘rsatadiki, bu o‘zbek xonligi o‘sha yillarda nafaqat O‘rta Sharq mintaqasida, balki jahon miqyosida ko‘tarilgan muhim xalqaro muammolar bilan aloqador bo‘lgan. Podsho Rossiyasi bosqinidan oldin O‘rta Osiyo hududidagi xoniklar, xususan, Buxoro amirligi O‘rta Osiyodagi eng boy va qudratli davlatlardan biri hisoblanar, uning davlat qurilishi hamda diplomatiyasi qo‘shni davlatar siyosatiga yuqori darajada ta’sir o‘tkazib kelar edi. Shu bois ham ayni kunda bu davrdagi diplomatik munosabatlar, elchilik bordi-keldilariga oid nodir 357 Oktabr, 2024-Yil qo‘lyozmalarni tadqiq etish – xalqimizga o‘zining haqiqiy o‘tmishini qaytarib berish muhim vazifalarimizdan biridir. Tariximizning o‘qilmagan sahifalariga ko‘z yuritish natijasida shunga amin bo‘lish mumkin: 1860-yilda Buxoro taxtiga Amir Muzaffarning o‘tirishi bilan amirlikning xalqaro aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Chunki xudi shu davrda Rossiya imperiyasining Turkiston sarhadlariga tajovuz xavfi yanada ortdi. Aynan 1860 yildan boshlab Qo‘qon xonligi tasarrufidagi Oqmachit (hozirgi Qizil O‘rda), Pishpek (Bishkek), Avliyo ota (Jambul), Turkiston shaharlarini birin-ketin bosi olina boshladi. A

Доказательный фрагмент

«В данной диссертации приводятся некоторые сведения о внешних связях и взаимополитических связях династии Мангит с Кокандским ханством, Хивинским ханством, Россией и другими зарубежными странами.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной диссертации приводятся некоторые сведения о внешних связях и взаимополитических связях династии Мангит с Кокандским ханством, Хивинским ханством, Россией и другими зарубежными странами. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Oтношения с Коканским ханством, отношения с Хивинским
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники