К содержанию
РецензированоRU2024

СОТСИАЛНО-ЭКОНОМИЧЕСКАЯ СИТУАТСИЯ В ПЕРИОД ДОВЕРИЯ

Rahmonov Oybek Ravshan o‘g‘li · E- Pochta: buxara@gmail.com

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

ю В данной диссертатсионной работе даются подробные сведения о сотсиално-экономическом положении мангитской династии в свое время, сотсиално- экономическом положении населения в мангитский период, положении на рынках, сотсиално-экономическом положении ремесленников. и государственные служащие. Ключевые слова: Мангитская династия, сотсиално-экономическое Оположение в эпоху Мангита, экономическое положение населения, экономика страны. XIX asrda amirlik chegarasi Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo viloyati Tojikistonnining Panjikent Hisor vodiysi,Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari, Zarafshon daryosining yuqori oqimi hududlarini, hozirgi Afg‘onistonning bir qismi, Turkmanistonning Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan qismi, Qozog‘istonning Turkmanistongacha bo‘lgan barcha hududlarini o‘z ichiga oladi va 200 ming kmni tashkil etadi. Binobarin, amirlik hududi Ashtarxoniylar davridagiga nisbatan bir necha martaga kengayadi. XVIII asrning ikkinchi yarimdan boshlab amirlik iqtisodiyotida rivojlanish yuz berganligi, o‘z navbatida, aholi sonining oshishiga sabab bo‘ldi.XIX asrning birinchi yarmida amirlik aholisi 2 million kishidan iborat edi. Aholing aksariyat qismini o‘zbeklar tashkil etgan. Amrlikda o‘zbeklardan tashqari tojik, turkman, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, fors, arab,yahudiy va boshqa xalqlar yashashgan. Aholining katta qismi o‘troq hayot kechirgan. Aholining ijtimoiy tarkibini hukumron zodagonlar, ulamolar, diniy va dunyoviy muassasalar xizmatchilari, savdogarlar, hunarmand va dehqonlar tashkil etgan. Amirlik iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoq edi. 90 foiz aholi shu tarmoqda mehnat qilardi. Sug‘oriladigan yerlarning 75 foiziga paxta ekilgan. Qolgan yerlarda bog‘, poliz va sabzavot mahsulotlari tog‘larda esa butun Osiyoda mashhur tog‘ pistasi yetishtirilgan. Chorvachilik ham juda rivojlangan.Uning asosini 353 Oktabr, 2024-Yil qo‘ychilik tashkil etgan. Mavlakat yaylovlarida 12 million qo‘y boqilar edi. Ayniqsa, husundor jingalak, qimmqtbaho teri beradigan qorako‘l qo‘ychiligi nihoyatda rivojlangan edi. “Qorako‘l qo‘ylari” deb ataladigan qo‘yning vatani Qorako‘l bekligi bo‘lgan. O‘rta Osiyo sharoitida hamma zamonlarda sun’iy sug‘orishlarsiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirib bo‘lmagan.Umuman olganda barcha sulolalarda qishloq xo‘jaligi sun’iy sug‘orishga asoslangan. Mang‘itlar davrida mehnat qurollari nihoyatda sodda bo‘lgan. Omoch asosiy dehqonchilik quroli hisoblangan. Ot, ho‘kiz, tuya, eshak dehqonning suyanchig‘i hisoblangan. Amirlikda yer egaligining davlat, mulk, vaqf shakllari saqlanib qolgan. Yerlarning suvsiz dasht yerlari ko‘chmanchi aholiga bo‘lib berilgan bo‘lib ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga malum miqdorda soliq to‘lagan. Davlat yerlaring boshqa bir qismi hukumron sulola a’zolariga davlat oldidagi xizmatlari uchun suyurg‘ol tarzida bo‘lib berilgan. Lekin mang‘itlar hukumronligi davrida suyurg‘ol egalari Ashtarxoniylar davridagidek mavqedan mahrum etildi. Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi hamda oliy hukumdorning chaqirig‘iga ko‘ra, zarur holatlarda o‘z qoracherigi bilan ishtirok etishi lozim edi.Mang‘itlar davrida tanho in’om etish kuchaydi. Tanhodor yerga emas, mansabining darajasiga qarab shu yerdan olinadigan soliqning ma’lum qismiga egalik qilar edi. Xazinaga eng ko‘p soliq ham shu yerdan tushar edi.Vaqf yerlarimasjid, madrasa, xonaqoh, maktabxona va maqbaralar uchun ajratiladigan yerlar edi. Bu yerlar musodara qilingan davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga vujudga kelar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf xarajatlari, shuningdek talaba, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulkini mutavvali tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan edi. Mang‘itlar davrida soliqlar nihoyatda ko‘payib ketganidan, mamlakat aholisi qiyin va og‘ir hayot kechirardi. Hatto aholi qish uchun ham don dun to‘plashga qiynalar edi. Ammo xalq benohoya katta kuch bilan ishlardi. Buning sababi esa soliqlarni to‘lash uchun pul jamlash edi. Afsuski bu kabi og‘ir soliqlar xalqning tinka madorini quritdi. Shuning uchun ham bir qancha qo‘zga‘alonlar amalga oshirildi oddiy xalq tarafidan. Bulardan biri 1821—25- yillarda amir Haydarning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar ko’targan Miyonqol qo’zg’oloni edi. Bu qo‘zg‘olonni juda katta qiyinchilik bilan bostirdilar. To‘g‘ri sulola davrida aholining ijtimoiy ahvoli yaxshi bo‘lmagan ammo, amir Haydar davrida ilm- fanga bo‘lgan e’tibor nihoyatda yuqorilab, aholiga ta’lim berishga katta e’tibor qaratilgan. Ahmad Donishning yozishicha, Haydar hukmronlik qilgan davrda Buxoroda ilm-fan, xususan, tarix va islom ilmlari rivojlangan. Haydar madrasalarda tahsil olib borish uchun Istanbul, 354 Oktabr, 2024-Yil Qobul va boshqa shaharlardan ko’plab qo’lyozma kitoblarni oldirgan. Uning o’zi muntazam ravishda saboq bergan, madrasalarda dars o’tgan. Haydar «al-Fa-void al-alfiya» nomli fiqhning xanafiya mazhabiga oid asar ham yozgan. Unin

Доказательный фрагмент

«ю В данной диссертатсионной работе даются подробные сведения о сотсиално-экономическом положении мангитской династии в свое время, сотсиално- экономическом положении населения в мангитский период, положении на рынках,…»

Образец извлечения

Демо-превью

ю В данной диссертатсионной работе даются подробные сведения о сотсиално-экономическом положении мангитской династии в свое время, сотсиално- экономическом положении населения в мангитский период, положении на рынках,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Мангитская династия, сотсиално-экономическое Оположение в
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники