К содержанию
РецензированоRU2024

MATBAA VA QADOQLASH JARAYONLARI HAQIDA

Zarifova Diyora Nodir qizi · “Akademnashr NMM” MChJ Verstalchi (tuzuvchi).

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

In this thesis, the processes of printing and packaging are discussed and analyzed. Key words: printing, packaging, product, printed product. О ПЕЧАТНЫХ И УПАКОВОЧНЫХ ПРОЦЕССАХ Аннотация. В данной диссертации обсуждаются и анализируются процессы печати и упаковки. Ключевые слова: полиграфия, упаковка, изделие, печатная продукция. Hozirgi kunda mahsulotlarni qadoqlash nafaqat mahsulotlarni saqlash, uni buzilishdan himoya qilish, tashish uchun qulay, balki iste'molchilar e'tiborini jalb qilish va ushlab turish uchun ham xizmat qiladi. Zamonaviy dunyoda qadoqlash yakuniy iste'molchining mahsulotga bo'lgan afzal munosabatini shakllantirishning qo'shimcha vositasidir, chunki u marketingning asosiy vazifalaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonadaqaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va mahsulotlardir Bugungi kunda mahsulotni qadoqlashsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Mahsulot uchun qadoqlash himoya, reklama, mahsulot sifatini saqlash rolini o'ynaydi. Shuningdek, u mahsulotni iste'molchiga tegishli shaklda yetkazib berish uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarishning ajralmas qismidir. Bosma mahsulot tayyorlashning butun majmuasi ketma-ket bajariladigan ikki bosqichdan iborat bo'ladi. Oldin nashriyotda asl nusxa matni va rasmlari tahrir qilinganidan keyin matbaa vositalari bilan ulardan nusxalar olishning texnologik jaraycni loyihalanadi. Tayyorlovchi korxonada bajariladigan ikkinchi bosqich nashming kerakli miqdoridagi nusxasini olish ishlarini bajarishdan iborat. 365 Oktabr, 2024-Yil Birinchi guruh jarayonlarining vazifasiga biror usul bilan bosma qolip tayyorlash kiradi, qolipning sirtida qog'oz yoki boshqa materialga o'tkaziladigan tasvirlar bo'ladi, qolipning tasvir hosil qilingan va bo'yoq beriladigan qismlari bosiluvchi elementlar deb, tasvirsiz qismi esa oraliq (probel) elementlari deb ataladi. Bitta bosma qolip tayyorlash uchun, odatda, juda ko'p turli ishlami bajarishga to'g'ri keladi, bu ishlaming hammasi birgalikda qolip tayyorlash jarayonlari deb ataladi. Bosma mahsulot - ommaga bilim berish, ilmiy bilimlarni tarqatish, madaniyatni yuksaltirish, dunyoqarashni shakllantirishning qudratli quroli hisoblanadi. Hozirgi kunda turli bosma mahsulotlar juda keng tarqalgan bo‘lib, jamiyat faoliyatining hamma jihatlarini qamrab olgan. Bir odamning yoki butun-butun jamoaning hamma uchun oddiy, biroq shu bilan birga, zarur bo’lgan kitob, gazeta va jurnallar, darslik va daftarlar, kubiklar, kalendarlar, geografiya xaritalari, plakat va afishalar, transportda yurish uchun pattalar, yorliqlar, konfetlarning rangli o'rovi, shuningdek, biz hayotga kelishimiz bilan har birimizni o‘rab turgan yana ko‘p narsalarsiz yashashni tasavvur qilish qiyin. Konvertlar, pochta markalari, turli hujjatlarning qog'ozlari, qolaversa, qogloz pullarni ham matbaachilar tayyorlashadi. Matbaa jarayonlarini qoplash yo’li bilan texnik chizmalaming nusxalari, televizor va radio priyomniklar uchun bosma platalar tayyorlanadi, mikro elektronika va robot texnikasi ehtiyojlari uchun detallar ishlab chiqariladi, mebellaming sirti ko‘rkamlashtiriladi, turli-tuman materiallarga gulqog‘ozlar bosiladi. Xalq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan aholi hamda san’at ehtiyojlari uchun matbaa usullari va vositalaridan foydalanish yanada kengayadi. Uning tarkibiga ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqarish va material-texnika ta’minoti bo'limlari, ilmiy muassasalar va nihoyat, kadrlar tayyorlanadigan o‘quv yurtlari kiradi. Tashkilot va korxonalaming har biri muayyan aniq vazifalami bajaradi hamda ayni vaqtda bir-biri bilan o‘zaro aloqada ishlaydi. Ishlab chiqarish bo’linmalari jumlasiga matbaa korxonalari kiradi, ular nashriyotlar bilan uzviy aloqada ishlaydi. Nashriyotlar mualliflardan olingan asl nusxalami matbaa vositalari bilan ko‘paytirish uchun tayyorlash ishlarini olib boradi. Nashriyotlaming asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: tematik rejalar ishlab chiqish va ulaming o'z vaqtida bajarilishini ta’minlash, mualliflar bilan ishlash, mualliflardan olingan qo’lyozmalami tahrir va taqriz qilish, adadlarini bosishga buyurtmalar berilgan korxonalar bilan doimiy aloqada bo'lish, shuningdek, bu korxonalami ish uchun zarur bo'lgan ashyolar - qog'oz, karton va matolar bilan ta'minlash. Bozor iqtisodiyoti qonunlari shakllanishi munosabati bilan bu vazifalar doimo o'zgarib turadi. 366 Oktabr, 2024-Yil Respublikamizda juda ko'p nashriyotlar faoliyat olib borayotgan bo'lib, ular o‘z vazifasiga ko'ra markaziy va mahalliy, davlat, idora va boshqa jamoat tashkilotlarining nashriyotlariga bo'linadi. Chop etiladigan mahsulotning turiga qarab gazeta, jumal, tasviriy va nota nashrlariga bo'linadi. Biroq nashriyotlar ko'pincha aralash va turli-tuman mahsulotlar ch

Доказательный фрагмент

«In this thesis, the processes of printing and packaging are discussed and analyzed.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, the processes of printing and packaging are discussed and analyzed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
printing, packaging, product, printed product, mahsulot, qadoqlash, matbaa, bosma mahsulot.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники