Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAHABIYA TASAVVUF TARIQATI
ZAHABIYA TASAVVUF TARIQATI · Hafizov Siyovash Oqiljon o‘g‘li
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The “Zahabiyyah” sect is one of the Sufism sects, which is widespread among the people who believe in the Shia sect of Islam. In this scientific study, some information about this sect, including the conditions of its emergence, poles, founder, laws and Sufi paintings, were analyzed on the basis of sources in different languages. Key words: Zahabiya, Burzishabadi, Shia, tariqat. ЗАХАБИЯ СЕКТA СУФИЗМА Аннотация. Секта «Захабия» - одна из сект суфизма, получившая широкое распространение среди людей, исповедующих шиитскую секту ислама. В данном научном исследовании на основе источников на разных языках были проанализированы некоторые сведения об этой секте, в том числе об условиях ее возникновения, полюсах, основателе, законах и суфийских картинах. Ключевые слова: Захабия, Бурзишабади, шииты, секта. “Zahabiya” tariqati islom dinining shia mazhabiga doir tariqatlardan biri bo‘lib, ushbu tariqatga ergashuvchilarni Eron va boshqa davlatlarda uchratishimiz mumkin. Ushbu tariqatning paydo bo‘lish sanasini sh-q. III asrda yashab o‘tgan Abumahfuz Ma’ruf ibn Feruz Kuhiyga bog‘lashadi. Ammo ba’zi bir tadqiqotchilar ushbu tariqatning sh-q. IX asrda vujudga kelib, Safaviylar sulolasi hukmronligi davrida dastavval Xuroson, keyinchalik Sheroz hududlarida rivoj topganiga ishonishadi. “Zahabiya” tariqatiga ergashuvchilar ilhom oladigan mashhur shayxlar qatorida Junayd Bag‘dodiy, Sari Saqatiy, Ahmad G‘azzoliy va Najmiddin Kubrolarni keltirishimiz mumkin. Hozirgi kunda Eron Islom Respublikasining Fors, Xuroson, Ozarbayjon, Xuziston va boshqa viloyatlarida “Zahabiya” tariqatiga ergashuvchilar tarqoq holda umrguzaronlik qilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Sh-q. IX asrda “Zahabiya” tariqati dastavval Sayyid Abdulloh Burzishobodiy Mashhadiyning muridlari1 orasida keng tarqaladi. Eronda Safaviylar davlati tashkil topgandan 1 Madelung Vilfred, Islom firqalari. Abulqosim Sariy tarjimasi. Asotir nashriyoti. Tehron. 2002-yil. – 91. B. 2 87 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ so‘ng ushbu tariqat keng tarqalib, keyinchalik undan ko‘plab yangi firqalar ajralib chiqdi. Shu sababdan ham “Zahabiya” tariqatini istilohda “Tariqatlar onasi”2 (اهه لسلس ردام) deb nomlashadi. Ba’zilarning fikricha, “Zahabiya” tariqatining idizi “Hamadoniy Kubraviya” sufiylariga borib taqaladi. Yana bir guruh tasavvuf olimlarning nazdida ushbu tariqat silsilasi “Kubraviya” tariqati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ba’zilar “Zahabiya” tariqatini Burzishobodiydan oldin sunniy mazhabiga oid tariqat sifatida talqin qilishadi. Ammo Burzishobodiydan so‘ng bu tariqat shia mazhabiga e’tiqod qiluvchilar orasida keng tarqaldi va ushbu mazhab tariqatlaridan biriga aylandi3. “Zahabiya” tariqatining asoschisi haqida to‘rtta qarash mavjud. Bular: Birinchisi, ushbu tariqatning asoschisi Abdulloh Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy Xorazmiy4 . U milodiy 1221-yilda vafot etgan. Uning ko‘niyasi “Abduljanob”5 dir. U Ahmad Najmiddin Kubro nomi bilan tanilgan bo‘lib “Zahabiya” tariqati silsilasida o‘n ikkinchi shayx hisoblanadi. Najmiddin Kubro xalq orasida shayx Valiytarosh, Kubro va Toma al-Kubro nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan. Shu sababdan ham “Zahabiya” tariqati keyinchalik “Zahabiya Kubroviya” nomi bilan insonlar orasida tarqalgan6 . Najmiddin Kubroning “Toma al-Kubro” (“qiyomat kuni, katta balo”) laqabi haqida quyidagi fikr mulohazani keltirishimiz mumkin: “U (Najmiddin Kubro) qaysi olim bilan bahslashmasin, albatta g‘olib chiqardi. Keyinchalik iste’molda “Toma” qismi tushib qolib “Kubro” qo‘llaniladigan bo‘ldi”7. Abdurahmon Jomiy uning “Valiytarosh” laqabi haqida quyidagicha bayon qilgan: “Vujudi ustidan g‘alaba qozongani uchun kimgaki muborak nazari tushsa valiylik darajasiga yetgan”8. Uning izdoshlari orasida Majididdin Bag‘dodiy (vaf. sh-q. 608-yil), Saadiddin Hamaviy (vaf. sh-q. 649-yil), Bobokamol Junaydiy, shayx Rizoiddin Ali (vaf. sh-q. 646) va qozi Nurulloh Shushtariy9 kabi mashhur sufiylarni sanab o‘tish mumkin. Qozi Nurulloh Shushtariy “Majolis al-muminin” kitobida Najmiddin Kubro izdoshlaridan o‘n ikkitasinining nomini zikr qilib, shunday deydi: “Cunki uning (Najmiddin Kubroning) haqiqiy muridlari o‘n ikki nafar edi. Umri davomida shu o‘n ikki nafar muriddan boshqa murid qabul qilmadi. Ammo ulardan (o‘n ikki muriddan) har birlari “buyuk avliyo” edi”10. Najmiddin Kubro Ruzbahon Fasoyiyning kuyovi bo‘lib ikki nafar o‘g‘il farzandning otasi edi. Ikkinchi nazariyaga ko‘ra, “Zahabiya” tariqatining asoschisi Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniy bo‘lib, u sh-q. 740-yil (mil. 1339-yil) dunyoga keladi va 40 yil davomida insonlarni hidoyatga chorlab, sh-q. 826-yil (mil. 1423-yil) vafot etadi. U Mir Sayyid Ali Hamadoniyning shogirdi va kuyovi bo‘lib, Abdulloh Burzishobodiy uning o‘n ikkita mashhur shogirdidan biri edi11. Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniyning o‘limi quyidagicha bayon etiladi: “Sayyid Muhammad Nurbaxsh Xurosoniy isyoni davrida Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniy Temuriylar imperiyasiga qarshi isyonning 2
Доказательный фрагмент
«The “Zahabiyyah” sect is one of the Sufism sects, which is widespread among the people who believe in the Shia sect of Islam.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe “Zahabiyyah” sect is one of the Sufism sects, which is widespread among the people who believe in the Shia sect of Islam. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zahabiya, Burzishabadi, Shia, tariqat, tariqat., Burzishobodiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014