К содержанию
РецензированоUZ2024

QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I, UNING ZARURIYATI VA IJTIMOIY AHAMIYATI

Sapayev Jahongir Maxsudbekovich

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article presents the value added tax, its place in the tax system of our republic, and the stages of its development. The influence of the value-added tax on the competitiveness of the economy, its essence, socio-economic necessity is explained by interpreting the scientific and theoretical literature and analyzing the international experience. Key words: Value, indirect taxes, value added tax, consumer, invoice, reporting period, value added tax. НАЛОГ НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ, ЕГО НЕОБХОДИМОСТЬ И СОЦИАЛЬНАЯ ЗНАЧИМОСТЬ. Аннотация. В статье представлен налог на добавленную стоимость, его место в налоговой системе нашей республики, этапы его развития. На основе интерпретации научно-теоретической литературы и анализа международного опыта объясняется влияние налога на добавленную стоимость на конкурентоспособность экономики, его сущность, социально-экономическая необходимость. Ключевые слова: Стоимость, косвенные налоги, налог на добавленную стоимость, потребитель, счет-фактура, отчетный период, налог на добавленную стоимость. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida egri soliqlarning asosiy turlaridan biri – qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i – har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab- chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi. 3 43 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat budjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya budjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta fransuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy etildi. XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy YYevropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiyasosi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me‘yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa tortishning ob‘ekti bo‘lib, nafaqat ichki bozordagi tovar oborot, balki mamlakat korxonalarining tashqi bozorlaridagi Tovar oboroti ham hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad manbai sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2018 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti daromadlari tarkibidagi salmog‘i 35,4 foizni, egri soliqlar tarkibida esa 65,9 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjet daromadlarining asosiy manbai ekanligini bildiradi. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq stavkalari. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi qonun xujjatlariga asosan ushbu soliqni budjet oldida hisob-kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan: 1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; 2) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar; 3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar (o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normal

Доказательный фрагмент

«This article presents the value added tax, its place in the tax system of our republic, and the stages of its development.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents the value added tax, its place in the tax system of our republic, and the stages of its development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Value, indirect taxes, value added tax, consumer, invoice, reporting period, bilvosita soliqlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i., hisob varaq-faktura, iste’molchi, Qiymat, hisobot davri, qo‘shilgan qiymat solig‘i
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники