К содержанию
РецензированоUZ2024

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING YOZMA NUTQDAGI KAMCHILIKLARNI KORREKSIYALASH USULLARI VA YO’LLARI

Shoymatova Gulnoza

Современная наука и исследования · 3 · 62-63 · 2024

Аннотация

This article discusses the importance of didactic exercises in eliminating the shortcomings of students' written speech. And information is provided about the correct and effective use of the methods and methods used in improving their literacy. Key words: speech, written speech, oral speech, sounds, speech development, meaningfulness of speech, logic of speech, independent thinking. МЕТОДЫ И СПОСОБЫ ИСПРАВЛЕНИЯ НЕДОСТАТКОВ ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ УЧАЩИХСЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье рассматривается значение дидактических упражнений в устранении недостатков письменной речи учащихся. А также предоставляется информация о правильном и эффективном использовании методов и методов, применяемых при повышении их грамотности. Ключевые слова: речь, письменная речь, устная речь, звуки, речевое развитие, осмысленность речи, логика речи, самостоятельное мышление. Hozirga qadar yoshlarga ta’lim – tarbiya berishda amaliy yordam beruvchi, bilim berish jarayonini soddalashtiruvchi bir qancha ilmiy ishlar, nomzodlik dissertatsiyalari, qo’llanma va maqolalar yaratilganligi ma’lum. Biroq o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularni mustaqil ravishda bilim olishga, mustaqil ishlashga qaratilgan ilmiy ishlar, ularning yozma nutqi kamchiliklari xususida olib borilgan ilmiy ishlar hozirgi vaqtda dolzarb mavzulardan biri bo’lib qolmoqda. O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish, yozma nutqini rivojlantirish orqali ularni mustaqil ishlashga, mustaqil fikrlashga, mustaqil tajriba o’tkazishga, mustaqil xulosa chiqarishga undaydi hamda o’quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, tafakkurini kengaytiradi, ilmiy solohiyatlarini oshiradi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil ishlashga, savodli yozishga o’rgatishning ahamiyati juda ham kattadir. Nutq – fikr bayon qilish vositasi bo’lib, og’zaki va yozma shaklda ifodalanadi. Tafakkur nut yordamida ro’y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar. Og’zaki nutq pauza, urg’u, intonatsiya va tovushlar orqali tinglovchiga borib yetsa, yozma nutq harf va so’zlarning ma’lum qonuniyat asosida o’zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar, gaplarni 2 76 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ grammatik jihatdan aniq va tovushlarni bayon qilish orqali yetib boradi. Og’zaki nutqning yozma nutqdan yana bir farqi shuki, og’zaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni ko’ramiz va o’qiymiz. Yozma nutq murakkab jarayon bo’lib, u ko’p vaqt mehnat talab qiladi. Sintaksis jihatdan qaraganda yozma nutq eng to’liq va mukammal nutqdir. Bu nutq ixtiyoriy fikrimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutq og’zaki nutq asosida rivojlanadi. Og’zaki nutq hayotda kishilar bilan munosabatda bo’lish, ularga taqlid qilish yo’li bilan rivojlanib, boladan maxsus o’qish va o’rganishni talab etmaydi. Yozma nutq esa harfalar va belgilar yordami bilan tovushlar, so’zlar, gaplarni ko’z bilan idrok qilishga, qo’l bilan yozishga mo’ljallangan nutqdir. Nutq – kishi faoliyatining turi, til vositasi (so’z, so’z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar, o’z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. Nutq o’stirish nima? Agar o’quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko’zda tutilsa, nutq o’stirish deganda tilni har tomonlama (talafuzi, lug’ati, sintaktik qurilishining, bog’lanishli nutqni) faol amaliy o’zlashtirish tushuniladi. Agar o’qituvchi ko’zda tutilsa, nutq o’stirish deganda, o’quvchilar tilning talafuzi, lug’ati, sintaktik qurilishi va bog’lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo’llash tushuniladi. Shuning uchun ham grammatik va imlo dasturi tovushlar va harflar, so’z, gap, bog’lanishli nutq kabi qismlarini o’z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo’limlari: “Xat-savod o’rgatish va nutq o’stirish”, “o’qish va nutq o’stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o’stirish” deb nomlangan. Nutq faoliyati uchun, shuningdek o’quvchilar nutqini o’stirish uchun bir necha shartga rioya qilishi zarur: 1.Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo’lishi kerak. O’quchilar nutqini o’stirishning metodik talabi o’quvchi o’z fikrini, nimanidir og’zaki yoki yozma bayon xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2.Har qanday nutqning mazmuni, material bo’lishi lozim. Bu material qanchalik to’liq, boy qimmatli bo’lsa uning bayoni shunchalik mazmunli bo’ladi. Shunday ekan, o’quvchilar nutqini o’stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida, bola nutqini mazmunli bo’lishi uchun g’amxo’rlik qilish hisoblanadi. 3.Fikr tinglovchi tushunadigan so’z, so’z birikma, gap, nutq axborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo’ladi. Shuning uchun nutqni m

Доказательный фрагмент

«This article discusses the importance of didactic exercises in eliminating the shortcomings of students' written speech.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the importance of didactic exercises in eliminating the shortcomings of students' written speech. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech, written speech, oral speech, sounds, speech development, nutqning mazmundorligi, mustaqil fikrlash., tovushlar, og’zaki nutq, nutqning mantiqiyligi, nutq o’stirish, nutq, yozma nutq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники