К содержанию
РецензированоUZ2023

FUTBOLCHILARNING TEXNIK VA TAKTIK TAYYORGARLIGI

Beknazarov Zokir Qurbonnazar oʻgʻli

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

This article talks about the processes of technical and tactical training of players individually and in groups. Also, the main elements of the football game, the mental and physical training of the players were discussed in the article. Conclusions and suggestions are given at the end of the article. The topic has a scientific consistency and is widely covered. Key words: technical and tactical training, physical training, basic elements, football game. ТЕХНИЧЕСКАЯ И ТАКТИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА ИГРОКОВ Аннотация. В данной статье рассказывается о процессах технико-тактической подготовки игроков индивидуально и в группе. Также в статье были рассмотрены основные элементы футбольной игры, психическая и физическая подготовка игроков. Выводы и предложения приведены в конце статьи. Тема имеет научную последовательность и широко освещена. Ключевые слова: технико-тактическая подготовка, физическая подготовка, базовые элементы, футбольная игра. Futbol bu «oyoqtо‘pi» degan ma’nodagi inglizcha sо‘z bо‘lib, Fransiya, Ispaniya, Rossiyada shu nom saqlanib qolgan. Nemislarda u «fusbol», Venriyada «labduragosh», Italyanlarda «kalchio», Yugoslavlarda «nagomet», Amerikada «sokker» deyiladi. Futbolning xalq, ommasini jismoniy rivojlantirishning, uning salomatligini mustahkamlashning eng ommabob, vositasidir. Bu kattalarga ham, о‘smirlarga ham, bolalarga ham birdek ma’qul bо‘lgan chinakam 171 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 о‘yin. U tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Futbolchi о‘yin paytida haddan tashqari kо‘p ish bajaradi. Bu esa odamning funksional imkoniyatlari darajasini oshirishga, ma’naviy, irodaviy hislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Futbol о‘ynash umumiy jismoniy tayyorgarlik kо‘rishda yaxshi vosita bо‘lib xizmat qila oladi. Yо‘nalishni о‘zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, struktura jihatdan turlicha gavda harakatlari, tо‘pni tepish, tо‘xtatib olish va olib yurish, maksimal tezlikda harakat qilish, irodaviy xislatlarning, taktik tafakkurning kamol topishi kabilar, futbolni har qanday ixtisosdagi sportchiga zarur bо‘lgan kо‘pgina muhim hislatlarni о‘stiradigan sport о‘yini deb hisoblash imkoniyatini beradi. Futbolchilarning oʼyindagi asosiy elementlaridan biri hisoblangan ularning texnik va taktik tayyorgarligidir. Texnik va taktik tayyorgarlik asosan oʼyinchilarga jismoniy va aqliy sifatlarini birlashgan natijalari yuzasidan namoyon boʼladi. Texnik tayyorgarligi-bu futbolchilarning toʼpni oshirish, olib yurish, toʼxtatish, zarbalar berish kabi sifatlarining jamlanmasidir. Taktik tayyorgarlik esa bu futbolchilarning oʼyin davomida murabbiy tamonidan berilgan maydondagi vazifalarining bajarilishidir. Futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligini toʼpsiz va toʼp bilan amalga oshirilib bunda asosan yugurishlar, yurishlar, sakrashlar, toʼxtashlar va burilishlar uning asosini tashkil etadi. Futbolchilar maydonda asosan asosiy oʼyin oʼynash holatlarini turish-yugurish, almashinib yugurish, harakatni tezda oʼzgartirish, yoʼnalish tezligini har-xilligi joydan va yugurib kelib balandga sakrash, oʼz gavda ogʼirligi bir oyogʼidan ikkinchisiga tezda almashtirish, tezda toʼxtash va joydan tezkor chiqib ketish, start tezligini oshirish, joyidan va yugurib ketayotib toʼxtash va burilishlar shular jumlasiga kiradi. Yakka tartibda texnik va taktik tayyorgarligi bu har bir futbolchi shu texnik holatlarni mukammal egallagan boʼlishi shartdir. Taktik tayyorgarligida esa murabbiy tamonidan berilgan vazifalarni toʼliq bajarishi lozim. 1) har bir maydonda oʼynayotgan futbolchi oyoqlarida va boshida kelayotgan toʼpni, yumalab va havodan kelayotgan toʼpni, har xil balandlikda, har xil tezlikda, toʼgʼri, aniq va kuchli zarba bilan yoʼnaltirish, darvozaga hamda jamoadoshlariga yetkazib berishi; 2) oyoqlarida toʼpni toʼxtatishlari, kelayotgan toʼpni xavodan, yumalab, tezkor, burmalatib uchishda toʼxtatishlari; 3) toʼpni olib yurish davomida yoʼnalishini tezda oʼzgartirish, tezligini almashtirishi harakatlari; 4) raqibidan toʼpni egallab olishda toʼpni oshirish paytida, toʼpni qabul qilishi paytida ham toʼpni olib yurishi davomidagi harakatlari; 172 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 5) toʼpni maydonga avutdan tashlash; 6) aldamchi harakatlari darvozaga zarba berishidagi, toʼpni jamoadoshiga oshirishdagi, toʼpni olib yurishi paytidagi hamda toʼpni egallash paytidagi harakatlari texnika harakatlari yigʼindisi boʼlib hisoblanadi. Futbolchilar mana shu texnik harakatlarni mukammal egallagan boʼlishlari shartdir. Toʼpga zarba berishdagi texnik harakatlari ham shu futbolchining zarbadagi texnik koʼrsatkichlarini belgilaydi. Аyniqsa bu koʼrsatkich xujumchilarning oʼng va chap oyoqlarini bir xil zarbalar kuchini belgilaydi. Toʼpning havodagi uchish tezligi, bu oyoqning tezkor harakatining kuchli oyoqdagi siltanishining tezligiga bogʼliqdir va shu oyoqning

Доказательный фрагмент

«This article talks about the processes of technical and tactical training of players individually and in groups.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the processes of technical and tactical training of players individually and in groups. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
technical and tactical training, physical training, basic elements, football, texnik va taktik tayyorgarlik, futbol o’yini., jismoniy tayyorgarlik, asosiy elementlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники