К содержанию
РецензированоEN2021

Feeding Montbelyard cows with different production types

SIGIRLARNI OZIQLANTIRISH · Erdanova Go‘zal Mirulug‘ovna · Ruziev Raxmonqul Istamovich

Перспективы кролиководства: проблемы и решения · 2021

Аннотация

During 305 days of lactation, cows with milk-meat, external body structure consumed an average of 4773.9 kg of feed units, 6150.04 kg of EOB, 6054 kg of dry matter, and 694.6 kg of digestible protein. -milk by 145.6 kg or 3.03% by average feed unit, by 189.2 kg or 3.08% by EOB, by 195.8 kg by dry matter compared to cows with external body structure or 3.28%, digestible protein was 24.4 kg or 3.51% more Mavzusining dolzarbligi va zarurati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, qoramolchilikni rivojlantirish, sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun imkoniyat yaratmoqda. Keyingi ikki yil mobaynida sut va go‘sht ishlab chiqarish tegshlicha 9,6% va 10,7%-ga ko‘paydi. 2021 yilda qoramollar sonini 13825 ming, sigirlarni 5065 ming bosh, sut ishlab chiqarishni 11882,5 ming, go‘shtni 2433,5 ming tonnaga etkazish topshirig‘i hamda Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning oqilona rahbarligida tadbirkor chorvadorlarimiz va fidoyi olimlarimiz mehnati bilan chorachilikda katta ijobiy o‘zgarishlar va ulkan zafarlarga erishishdir. Chorvachilikni rivojlantirish va yangi marralarga erishish ko‘proq chorvador – tadbirkorlar va bilimdon, ishbilarmon, fidoyi va tashabbuskor shogirdlarimizga bog‘liq. Shu boisdan ularga har tomonlama ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatishimiz zarur. Sigirlarning sut mahsuldorlik darajasi, zotidan qat’iy nazar, ko‘plab omillar qatorida kelib chiqishiga, ya’ni genotipiga bog‘liq. Mahsuldorligi bo‘yicha yuqori irsiy salohiyatga ega ajdodlardan olingan avlodlar 171 Международная научно-практическая конференция «ПЕРСПЕКТИВЫ КРОЛИКОВОДСТВА: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ» odatda yuqori darajadagi mahsuldorlikni yuzaga chiqaradilar. Buni ko‘plab olimlarning tadqiqotlarining natijalarini tahlil qilish natijasida shakllangan xulosalarida ham ko‘rish mumkin. [129-31; 2.39-43; 3.361-363; 4 №12.18-21] xulosalariga qaraganda, zotni takomillashtirishda sigirlarning genotipi muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsuldorligi bo‘yicha yuqori irsiy imkoniyatlardagi ajdodlarga ega sigirlarning sut mahsuldorligida nasldor buqalar bo‘lgan otalarining hissasi 41%ni, onalarining hissasi esa 33%ni tashkil etadi. Tadqiqotlarning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi keskin o‘zgaruvchan iqlim sharoitida monbelyard zotli sigirlardan olingan avlodlarining tana tuzilishiga bog‘liqlikdagi sut mahsuldorligi, sut sifati ko‘rsatkichlarini ilmiy asosda o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning obi’ekti bo‘lib turli ishlab chiqarish tiplariga ega avlodlarini II, III laktatsiya davomida monbelyard zotli sigirlar hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti turli ishlab chiqarish tipidagi chetdan olib kyelingan monbelyard zotli sigirlardan olingan avlodlarini, II va III laktatsiyadagi sut mahsuldorlik, eksterer, yelin, fiziologik, gematologik ko‘rsatkichlari Tadqiqotning natijalari Evropa davlatlaridan keyingi yillarda respublikamizni turli xududlariga sut mahsuldorligi bo‘yicha yuqori irsiy salohiyatga ega qoramol zotlarining g‘o‘najinlari olib kyelindi. Ular tuqqanidan keyin turli laktatsiya davrlarida yuqori sut mahsuldorligini namoyon etib, ulardan olingan avlodlaridan foydalanib sermahsul va mahalliy sharoitga moslashgan podalar yaratilmoqda. Ulardan qarindosh zotlarni takomillashtirishda foydalanish muhim o‘rin egallaydi. SHunday zotlardan biri Fransiya davlatidan olib kyelingan sut tarkibida yuqori yog‘ va oqsil saqlovchi pishloq mahsuloti tayyorlashda juda maqul bo‘lgan zot monbelyard zoti hisoblanadi. Ularning turli tana tuzilishiga ega avlodlarining mahsuldorlik, biologik va moslashish xususiyatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy ishlar etarlicha emas. Tajriba uchun o‘xshashlik belgilari talablari asosida kelib chiqishi, yoshi, tirik vazni, onalarining sut mahsuldorligi va bizning sharoitimizda moslashish davomiyligini hisobga olgan holda 2 ta guruh Fransiyadan keltirilgan sigirlardan olingan monbelyard zotiga mansub avlodlari laktatsiyadagi sigirlar tanlab olindi. Tuqqanidan keyin berayotgan sut mahsuldorligini, tirik vaznini, fiziologik holatini hisobga olgan holda oziqlantirish me’yor va ratsion asosida tashkil etildi. Biz turli tana tuzilishidagi sigirlarning laktatsiyasi davomida sarflangan ozuqalar miqdori va ularning to‘yimliligini o‘rgandik, uning natijalari 1-jadvalda keltiriladi. 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, 305 kunlik laktatsiya davomida sut- go‘sht, eksterer tana tuzilishga ega bo‘lgan sigirlarga o‘rtacha 4773,9 kg ozuqa birligi, 6150,04 kg EOB, 6054 kg quruq modda, hamda 694,6 kg hazmlanuvchi protein sarflangan bo‘lsa, tengqurlari go‘sht-sut eksterer tana tuzilishiga ega bo‘lgan sigirlarga nisbatan o‘rtacha ozuqa birligi bo‘yicha 145,6 kg-ga yoki 172 Международная научно-практическая конференция «ПЕРСПЕКТИВЫ КРОЛИКОВОДСТВА: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ» 3,03%-ga, EOB bo‘yicha 189,2 kg-ga yoki 3,08%-ga, quruq modda bo‘yicha 195,8 kg-ga yoki 3,28%-ga, hazmlanuvchi protein 24,4 kg-ga yoki 3,51%-ga ortiqcha bo‘ldi. Ozuqa tarkibidagi etishmagan makro va mikro e

Доказательный фрагмент

«During 305 days of lactation, cows with milk-meat, external body structure consumed an average of 4773.9 kg of feed units, 6150.04 kg of EOB, 6054 kg of dry matter, and 694.6 kg of digestible protein.»

Образец извлечения

Демо-превью

During 305 days of lactation, cows with milk-meat, external body structure consumed an average of 4773.9 kg of feed units, 6150.04 kg of EOB, 6054 kg of dry matter, and 694.6 kg of digestible protein. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oziqa birligi, milk yield, external body structure, monbelyard zoti, Montbelyard breed, o‘xshashlik belgilari, порода Монбельярд, продолжительность лактации, food unit, exchangeable energy, sut mahsuldorligi, пищевая единица, laktatsiyasi davomiligi, signs of similarity, eksterer tana tuzilishi, dry matter, признаки сходства, молочная продуктивность, обменная энергия, quruq modda, Almashinuvchi energiya, внешнее строение тела, duration of lactation, сухое вещество
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники